Marketing nazorati tushunchasi
Download 22.71 Kb.
|
Marketing nazorati tushunchasi
Bu nazoratlarni quyida ko‘rib chiqamiz: Yillik rejalarni bajarish ustidan nazoratidan maqsad - bu korxonaning rejalashtirgan aniq savdo ko‘rsatkichlariga, daromad va boshqa maqsadli ko‘rsatkichlarga erishganligiga ishonch hosil qilishdir. Nazoratning bu turi o‘z ichiga 4 bosqichni oladi: Birinchidan, yuqori boshqaruv organi nazorat ko‘rsatkichlarini yillik rejaga oylar va choraklarga taqsimlab chiqishi kerak; Ikkinchidan, yuqori boshqaruv organi korxonalarni bozor faoliyatidagi ko‘rsatkichlarini aniq ko‘rsatib berishi lozim; Uchinchidan, yuqori boshqaruv organi korxona faoliyatidagi jiddiy xatoliklarni aniqlab berishi lozim; To‘rtinchidan, yuqori boshqaruv organi reja va amaldagi ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi nomutanosibliklarni oldini olish va to‘g‘rilash choralarini amalga oshirishi lozim. Bu esa faoliyat dasturini o‘zgartirishni talab etishi mumkin. Boshqaruv organi qanday yo‘llar va usullar bilan rejalarni nazorat qilishi mumkin? Nazoratning to‘rtta asosiy usullari quyidagilardan iborat: mumkin bo‘lgan chiqim tahlili, bozor ulushining tahlili, marketing xarajatlari va savdo hajmi aloqadorlik tahlili hamda mijozlar harakatini kuzatish. Agarda bu usullardan birortasidan foydalanilganda yetishmovchiliklar paydo bo‘lsa, shu vaqtning o‘zida ularni to‘g‘rilashga choralar ko‘riladi. Download 22.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling