Marketing nazorati tushunchasi


Marketing xarajatlari va chiqim aloqadorlik tahlili


Download 22.71 Kb.
bet4/5
Sana24.12.2022
Hajmi22.71 Kb.
#1064061
1   2   3   4   5
Bog'liq
Marketing nazorati tushunchasi

Marketing xarajatlari va chiqim aloqadorlik tahlili. Yillik reja nazorati korxona o‘z maqsadiga erishish yo‘lida ko‘p xarajat qilmayotganligining aniqligini talab qiladi. Marketing xarajatlari va savdo hajmi ustidan doimiy nazorat korxonaning marketing xarajatlarini iqtisod qilinishini ta’minlaydi.
Mijozlar harakatini kuzatish. Sezgir korxonalar mijozlari, dilerlari va boshqa marketing tizimi ishtirokchilarining kuzatishda har xil usullardan foydalanadilar. Boshqaruv organi korxona faoliyatidagi o‘zgarishni aniqlab bu o‘zgarish savdoga ta’sir etmasdan oldin kerakli choralarni amalga oshirishi mumkin.
Mijozlarning harakatini nazorat qilishda quyidagi usullardan foydalaniladi: da’vo va takliflar tizimini yaratib berish, iste’molchilar paneli va mijozlar fikrini bilish.
Hatoliklarni moslashtirish harakatlari.
Amaldagi ko‘rsatkichlar belgilangan yillik reja ko‘rsatkichlaridan keskin farq qilganda korxonalar xatolarini moslashtirish harakatini amalga oshiradi. Quyidagi holatni ko‘rib chiqamiz.
O‘g‘it ishlab chiqaradigan korxonaning savdo hajmi ko‘rsatkichlari nazorat ko‘rsatkichlaridan farq qiladi. Bu tarmoq faoliyatida ishlab chiqarish kuchining kamayishi va narxlarning keskin pasayishi kuzatiladi. Bu holatlarni to‘g‘rilash uchun korxona bir qancha keskin chora-tadbirlarni amalga oshirdi:
1. Ishlab chiqarishni qisqartirish buyrug‘i berildi;
2. Baho pasaytirishni ta’minlash boshlandi;
3. Savdo hajmirejasini bajarishi uchun o‘z xodimlariga talablar qo‘yildi.
O‘z mijozlariga mahsulotlarni ko‘proq sotib olishini yoki bo‘lmasa yilning oxirigacha shu mahsulotlarni sotib olishni talab qildilar. Bunda:

    1. Korxona o‘z xodimlarining malakasini oshirishga, reklama xarajatlariga, xayriya tadbirlariga mablag‘lar ajratilishini to‘xtatdi;

    2. Korxona xodimlarini vaqtincha va doimiy ishdan bo‘shatish, pensiyaga chiqarish ishlari boshlandi;

    3. Buxgalteriya hisobida ham har xil qonunga xilof ishlar olib borildi;

    4. Asosiy vositalarni yangilarini sotib olishga ajratilgan mablag‘lar qisqartirildi;

    5. O‘z mahsulotlarini boshqa firmalarga sotish boshlandi;

    6. Korxonani butunlay sotish yoki boshqa kompaniyaga birlashtirish yo‘llari ko‘rila boshlandi.

Korxonalarda amaldagi ko‘rsatkichlar yillik rejadagi ko‘rsatkichlardan keskin farq qilganda korxonalar to‘g‘ri va soddaroq yechimlar topishlari kerak.

Download 22.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling