Marketing tadqiqotlari uslublari va turlari Reja: Marketing tushunchasi va uning mohiyati Marketingning asosiy tamoyillari


Download 26.77 Kb.
bet1/5
Sana22.02.2023
Hajmi26.77 Kb.
#1221349
  1   2   3   4   5
Bog'liq
4-mavzu


Marketing tadqiqotlari uslublari va turlari
Reja:
1.Marketing tushunchasi va uning mohiyati
2.Marketingning asosiy tamoyillari
3.Marketingning vazifalari

Marketing tushunchasi va uning mohiyati.
Bozor munosabatlarining ravnaq topishida, erkin raqobat va aholi turmush farovonligini ta’minlashda marketing faoliyati muhim ahamiyat kasb etadi.
Marketinga turli-tuman ta’riflar berilgan bo’lib, ulardan ko’pchiligi marketing - xaridorlarning aniq guruhlari ehtiyojlarini qondirish, bozor muammolarini yechishga har tomonlama yondashish, ehtiyojlarni ayirboshlash yordamida qondirishga qaratilgan faoliyat turi ekanligini ifodalaydi, shuningdek, boshqa bir qancha umumiy qoidalarni qamrab oladi.
Marketing - bozorda vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlarni faollashtirish uslublarini, tovarlarni ishlab chiqarish hamda sotish muammolarini yaxlit, tizimli yechish uslublarini, bozorda vujudga keladigan o’zgarishlarga tezda moslashish, iste’molchilarga tabaqali yondashish, raqobatbardosh yangi tovarlarni vujudga keltirish va ularni ishlab chiqarishni tashkil etish, kon’yunkturani o’rganish va bashorat qilish hamda ta’sirchan reklamani rivojlantirish masalalarini o’rganishni o’z oldiga maqsad qilib qo’ygandir.
Talab bilan taklifni o’zaro ta’siri - bu alohida shaxslar yoki guruhning xohish-ehtiyojlarini o’zluksiz qondirish jarayoni bo’lib hisoblanadi. Bu jarayon o’z navbatida shunday ijtimoiy-iqtisodiy kategoriyalarni o’zaro ta’siriga asoslanadi, ya’ni ularga muhtojlik, ehtiyoj (xohish), talab, xarid qilish (ayirboshlash, bitim) va aniq tovar va xizmatlarni iste’moli (ishlatilishi) kiradi.
Bu tushunchalar marketing tushunchasi, mohiyatini aniqlashga imkon beradi.
Muhtojlik – kishini biron bir narsani yetishmasligini his etishidir.
Ehtiyoj – individ shaxsning madaniy darajasiga asosan maxsus shaklga muhtojlikdir.
Talab – bu xarid quvvatiga ega bo’lgan ehtiyoj.
Talab – mavjud, potentsial hamda xohish talabga bo’linadi.
Tovar – bu ehtiyojni yoki muhtojlikni qondira oladigan hamda bozorga e’tiborni tortish, sotib olish, ishlatish yoki iste’mol qilish maqsadida taklif etilgan barcha narsalardir.
Marketingni mohiyati tovarni ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish albatta iste’molchiga, talab, ishlab chiqarish imkoniyatlarini mo’ljallashdan iborat.
Marketing asosida bozorni har taraflama o’rganish yo’nalishlarining asosiylaridan quyidagilarni ko’rsatib o’tish zarur:

  • talabni o’rganish;

  • bozor tarkibini aniqlash;

  • tovarni o’rganish;

  • raqobat sharoitlarini tadqiq qilish;

  • sotish shakli va uslublarini tahlil etish.

Marketing quyidagilarni o’rgatadi:

  • bozorni o’rganishni;

  • uni taqsimlashni;

  • tovarlarni joylashtirishni;

  • marketing siyosatini olib borishni;

  • tovar siyosatini;

  • narx siyosatini;

  • taqsimot siyosatini;

  • siljitish (yo’naltirish) siyosatini;

  • yuksalish, qo’shimcha xizmatlarni (Plus) - (bunga marka, sotishdan keyingi xizmat, kafolat va texnik yordam, yetkazib berish, assortiment, shaxsiy iste’mol va boshqalarni kiritish mumkin).



Download 26.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling