Marketing tadqiqotlari uslublari va turlari Reja: Marketing tushunchasi va uning mohiyati Marketingning asosiy tamoyillari
Download 26.77 Kb.
|
4-mavzu
Asosiy holatini aniqlash.
Tadqiqot yo‘nalishini ishlab chiqish. Umumiy holatni aniqlash. Muammolarning qo‘yilishi. Ishchi fikrni hosil qilish. Ko‘rsatkichlar tizimini aniqlash. Empirik ma’lumotlarni olish va tahlil qilish. Ishchi qurollarni ishlab chiqish. Ma’lumotlarni tahlil qilish va ishlab chiqish. Asosiy xulosalarni shakllantirish va tadqiqot natijalarini rasmiylashtirish. Xulosalar va tavsiyalarni ishlab chiqish. Tadqiqot natijalarini rasmiylashtirish. Marketing tadqiqotlari yo‘nalishi tadqiqot buyumining mazmunini to‘laligicha aniqlashni, umumiy qo‘yiladigan vazifaning tadqiqot fikri chegarasida bo‘lishini, tadqiqotning birinchi ko‘zlangan maqsad va muammolarni ishlab chiqishni, ishchi fikrlarini shakllantirishni o‘z ichiga oladi. Hosil bo‘lgan bozorning holatiga qarab tadqiqotning maqsadi aniqlashtiriladi. Bu vazifaning umumiy qo‘yilishi. U korxonaning marketing ish faoliyatidan kelib chiqadi va boshqaruv qarorini qabul qilishdagi noaniqlik darajasini pasaytirishga qaratiladi. Marketing tadqiqotlari muammoni aniqlash va hal qilishga yo‘naltirilgandir. Shu bilan birga, bunday tadqiqotlar muammosi mahsulot turlari va uning iste’mol qilinishi, bozorning to‘lalik darajasi, harakatidan paydo bo‘lishi mumkin. Muammo qo‘yilishidagi bosqichda marketolog va tadqiqotchi uzviy bog‘liqlikda ishlashi lozim. Marketolog qarorni qabul qilish uchun qanday ma’lumot kerakligini yaxshi tushunadi, tadqiqotchi esa marketing tadqiqotini olib borish sohasida va ma’lumotlarni olish usuli bo‘yicha mutaxassis hisoblanadi. Marketing tadqiqotining loyihasini quyida keltirilgan uch maqsaddan birini o‘z ichiga oladi: qidiruv tadqiqoti, muammoni aniqlashda va aniq fikrni oldinga surishda yordam beruvchi, oldindan olingan marketing ma’lumotlarni saralashni o‘z ichiga oladi. Tasvirni, tadqiqot - marketing muammolarini aniqlash holatlari va bozorlar potensialini yoki iste’molchilarning qarashlari demografik tavsiyanomalarni aniqlash uchun o‘tkaziladigan marketing tadqiqotidir yoki sabab, tekshiruv, bog‘liqlik tadqiqoti - tekshiruv munosabatlari haqidagi ishchi fikrini tekshirishdagi marketing tadqiqoti hisoblanadi. Marketing tadqiqotining ishchi fikri ko‘rib chiqiladigan, o‘ziga xos tadqiqot muammosini hal qilishga doir algoritmlarni o‘z ichiga oladi. Ishchi fikrining ishlab chiqilishi keyingi tadqiqot poydevorini yaratuvchi murakkab ijodiy jarayondir. U butun ishlanmaning asosiy yo‘nalishi va tuzilishini tiklashga yordam beradi. Ishchi fikri quyidagilarni ta’minlashi kerak: ishonchlilik, fikr va muammoning uzviy bog‘liqligi, oldindan ayta bilish ya’ni, empirik ma’lumotlar yordamida uni tekshirish mumkinligi, shuningdek, rasmiylashtirishning mumkinligi asosiy taxminlarni, nafaqat, so‘z bilan, balki bevosita bog‘liqliq bo‘lgan iqtisodiy matematik tuzilishlar yordamida ifodalashning mumkinligi. Marketing tadqiqotidagi keng yoyilgan yo‘nalish - bozor tadqiqotidir, qaysiki u korxona ish faoliyatini aniqlash uchun bozor holatlari haqidagi ma’lumotlarni olish maqsadida o‘tkaziladi. Iste’molchi mahsulotni tanlashda qo‘llaydigan butun undovchi omillar majmuyini aniqlash va tahlil qilish uchun iste’molchilarning tadqiqoti o‘tkaziladi. Raqobatchilar tadqiqotining asosiy vazifasi bozordagi raqobat ustunligini ta’minlash uchun kerakli ma’lumotlar olish hamda mumkin bo‘lgan raqobatchilar bilan hamkorlik va kooperatsiyani topishdan iborat. Bozorda firma tuzilishini o‘rganish mumkin bo‘lgan vositachilar haqida kerakli ma’lumotlar olish maqsadida o‘tkaziladi, qaysiki ular yordamida korxona tanlagan bozoriga kirishi mumkin. Mahsulot tadqiqotidan ko‘zlangan asosiy maqsad yo‘nalishi mahsulot sifati hamda raqobatbardoshligining mos kelishini aniqlashdir. Yakka mahsulotlar va raqobatda turgan mahsulotlar talab darajasi iste’molchilarning yangi mahsulotga munosabati, mahsulot assortimenti, qadoqlash, servis darajasi, mahsulotning qonun normalari va qoidalariga mos kelishi, iste’molchilarning aniq talablari marketing tadqiqoti obyekti hisoblanadi. Oz harakatda ko‘proq daromad olish darajasi ham xos kelishini aniqlash, narx tadqiqoti asosida bo‘lishi mumkin. Mahsulotni iste’molchiga zudlik bilan yetkazish va uni sotishning yo‘llari, yo‘nalishi va mablag‘larini aniqlash uchun mahsulot harakatlanishi va sotuvchi tadqiqoti o‘tkaziladi. Marketing tadqiqotining asosiy yo‘nalishlaridan yana biri - qanday, qachon va qay yo‘l bilan mahsulotlarga qiziqishni orttirish, reklama tadbirlarini muvaffaqiyatli o‘tkazish, mahsulot ishlab chiqaruvchining bozordagi obro‘sini oshirishni aniqlashga yordam beruvchi reklamalar va tizimlar tadqiqotidir. Ichki muhit tadqiqoti tashqi va ichki muhitlar omillarini solishtirish natijasida korxonaning raqobatbardoshlik darajasini aniqlashni qamrab oladi. U tadqiqotchilik jarayonining asosi bo‘lib, tadqiqotning muammo va maqsadlarini tuzish hisoblanadi. Marketingning tadqiqoti jarayonida bozorlarning imkoniyatlari tahlil qilinadi. Marketing tadqiqotlarining mohiyati mavjud mahsulotning yetkazilishi, ya’ni bozorlarda ham imkoniyatlarni ro‘yobga chiqarishda, bozor chegaralarining uzoq muddatga mo‘ljallab kengaytirilganligida mahsulotlarni ishlab chiqarishda, yangi va eski mahsulotlarning bozordagi modifikatsiyasini kengaytirishda ko‘rinadi. Marketing tadqiqotini o‘tkazish natijasida mahsulotlarni yetkazishni yaxshilash imkoniyatlari sof foydaning ko‘tarilishidagi firma maqsad va resurslari qo‘llanilishida aniqlanadi. Maqsadli bozor tanlovi aniq bir mahsulotga talabni belgilash, bozor segmentlarini saralash va mahsulotning bozorda o‘z o‘rnini egallashini ko‘zda tutadi. Bunda yetkazib beruvchilar, aloqachilar va raqobatchilar o‘rtasidagi munosabatlar hisobga olinishi kerak. Natijada firmaning qanday mahsulot ishlab chiqarishi, uni qayerda, qanday xaridorga sotishini aniqlab olinadi. Marketing tadqiqotlarini o‘tkazish bir qator mahsulotlar taxminlarini, ularning narxlarini tarqatish yo‘llarini va xaridorni jalb qilish bo‘yicha chora-tadbirlarni o‘tkazishni maqsad qilib qo‘yadi. Xizmat alohida ishlab chiqilgan rejaga binoan, mukammal o‘ylab topilgan ishni tashkil qilish va tuzish bo‘yicha tadbirlar o‘tkaziladi. Marketingni boshqarish jarayoni aniq qurshovda uning muhitida amalga oshadi. Bu muhitning tashkil etuvchi asosan firma, uning yetkazib beruvchilari, vositachilari, xaridorlari, raqobatchilari va aloqa auditoriyalaridir ya’ni odamlarning har qanday guruhi firmaning ishlariga qiziquvchi va aniq bir ta’sir etuvchi shaxslardir. Download 26.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling