Marketing tadqiqotlari va axborot tizimi
-rasm. Marketing axborot tizimi. Quyida MATning har bir tizimchasiga alohida to‘xtalib o‘tamiz. Ichki hisobot tizimi
Download 25.77 Kb.
|
MARKETING TADQIQOTLARI VA AXBOROT TIZIMI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Intellektual tizim.
8-rasm. Marketing axborot tizimi.
Quyida MATning har bir tizimchasiga alohida to‘xtalib o‘tamiz. Ichki hisobot tizimi. Mazkur tizimning asosini buyurtmalar, transportirovka qilish, schyotlarni to‘plash bilan bog‘liq hujjatlar yig‘indisi tashkil qiladi. Albatta, marketing bilan shug‘ullanuvchi firmaning har bir bo‘limi kerakli hujjatlarning nusxasiga ega bo‘lishi kerak. Ularning vazifasi bu ma’lumotlarni tez va aniq qayta ishlashdir. Shu maqsadda kompyuterlar keng ishlatiladi. Masalan, Yaponiya firmalarida kompyuterlardan unumli foydalanilganligi uchun buyurtmalar qabul qilish va uni bajarish oralig‘idagi vaqt 62 soatdan 32 soatga qisqargan. Boshqa bir muammo tovarlar sotilishi to‘g‘risida, ularning sotilish joyidan axborotlar olish va qayta ishlashdir. Raqobat sharoitida xaridorlar bozoridagi baholar, taqsimotning yangi kanallari to‘g‘risida o‘z vaqtida qarorlar qabul qilish ham o‘ta muhimdir. Masalan, Yaponiyaning TOYOTA kompaniyasida joylardan tovarlar sotilishi haqidaga hisobotlar har kuni yig‘iladi. Barcha hududlar, mintaqalar va tumanlardagi sotish bo‘yicha boshqaruvchilar o‘z ish kunlarini o‘tgan kungi buyurtmalar va jo‘natilgan tovarlar haqida hisoboti teletayp orqali jo‘natishdan boshlaydilar. DAEWOO firmasi ham xaridor va boshqa manbalardan turli so‘rovlar uyushtirish orqali raqobatchilarning tovarlarini sotilishi to‘g‘risidagi axborotlarni yig‘ishga katta e’tibor beradilar. Intellektual tizim. Yuqorida ko‘rib chiqilgan tizimda hisobot ma’lumotlari haqiqiy ma’lumotlar bilan ish ko‘rsa, intellektual tizim qayta ishlangan va, hattoki, ba’zida uchrab turadigan ma’lumotlar bilan kam ta’minlaydi. Bu tizim marketingning turli tasnifi to‘g‘risida kundalik axborotlar olish uchun foydalaniladigan manbalar va jarayonlar yig‘indisidan iborat. Tizimning, intellektual imkoniyatlari kitoblar, gazetalar, maxsus maqolalar, xaridorlar, mahsulot yetkazib beruvchilar, vositachilar va firmaning o‘z xodimlari bilan suhbatlardan tashkil topadi. Marketing bilan to‘laqonli shug‘ullanayotgan firmalarda ko‘pchilik hollarda intellektual tizim sifatini yaxshilash maqsadida qo‘shimcha imkoniyatlar yaratiladi. Birinchidan, xodimlarni yangi g‘oyalar haqida xabar qilishlariga o‘rgatiladi va rag‘batlantiriladi. Masalan, ular boshqalar tomonidan e’tiborga olinmagan qiziqarli axborotlarni to‘plaganlari va u to‘g‘risida xabar qilganliklari uchun rag‘batlantiriladi. Ikkinchidan, «marketingli intellekt»ni yig‘ish bo‘yicha mutaxassislar tayinlanadi. Ularga qandaydir raqobatchilar mahsulotini sotib olish yo‘li bilan ularni o‘rganish, yangi savdo shoxobchalarining ochilishini kuzatish, raqobatchilar faoliyati to‘g‘risidagi hisobotlarni ko‘rib borish, ular tashkil qiladigan kengashlar va konferensiyalarda qatnashish, raqobatchilarning xodimlari, mahsulot yetkazib beruvchilari va agentlari bilan suhbatlashish topshiriladi. Uchinchidan, kompaniya axborotni tashqaridan buyurtma qilib olishi mumkin. Masalan, AQSHda A.S. kompaniyasi u yoki bu tarmoq bozorining tovarlar bilan ta’minlanganligi, chakana baholar, aksiya kurslari haqida axborotlarni sotadi. To‘rtinchidan, bir qator kompaniyalar intellektual axborotlarni yig‘ish va qayta ishlash uchun axborot markazlari tashkil etadilar. U markazning xodimlari faqat axborotlarni yig‘ish va qayta ishlash bilan shug‘ullanib qolmay, boshqaruvchilarga ulardan foydalanishda yordam qiladilar. Download 25.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling