Marketing tadqiqotlarining asosiy yo'nalish va usullarini tanlsh
Reja:
I.Kirish
II.Asosiy qism
1. Marketing tadqiqotlarining maqsadi va vazifalari.
2. Marketing tadqiqotlarining strategiyasi.
3.Marketing tadqiqotlarining asosiy tamoyilari.
1. Marketing tadqiqotlarining usul va shakllari.
III.Xulosa
IV.Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish
Marketing tizimining maqsadi mumkin darajada tovar va xizmatlarga bo‘lgan maksimal iste’molni aniqlash, maksimal iste’mol qoniqishiga erishish, maksimal keng tanlovni taklif qilish, tovar va xizmatlarning sifatini maksimal oshirish va o‘z iste’molchilar safini kengaytirishdir.
Ayrim iqtisodchilar fikricha, marketintning maqsadi ishlab chiqarishni ish bilan bandlik va boyliknint o‘sishini ta’minlovchi yuqori iste’molni engillashtirish va rag‘batlantirishdir. Boshqalarning fikricha, aksincha, marketing maqsadi mumkin bo‘lgan maksimal istemol darajasida emas, balki maksimal istemol qoniqishiga erishishdan iborat. Lekin, birinchidan, aniq tovarning iste’mol qoniqish darajasini o‘lchash mumkin bo‘lmagan va mumkin emas. Ikkinchidan, aniq marketing qarorlaridan, alohida iste’molchilar tomonidan olinadigan bevosita
qoniqish atrof-muhitning ifloslanishi va u keltiradigan zarar kabi salbiy natijalarni hisobga olmaydi. Shunday qilib, marketing tizimi va uning faoliyati samarasini ehtiyojlarning qondirilishi ko‘rsatkichlari asosida baholash juda murakkab va deyarli mumkin emas. Uchinchi guruh iqtisodchilarning fikricha, marketing tizimining amaliy maqsadi tovarlarning maksimal mumkin bo‘lgan darajadagi xilma-xilligini ta’minlash va iste’molchiga maksimal keng tanlovni yaratishdir. Bu tizim iste’molchiga uning didiga ko‘proq javob beruvchi tovarni topish imkonini berishi kerak, degan fikr yotadi.
Mijozlar o‘z ehtiyojlarini maksimal qondirish imkoniga ega bo‘lishlari va natijada ko‘proq qoniqish olishlari zarur. Shunday nuqtai nazar borki, unga muvofiq marketing tizimining asosiy. maqsadi «hayot sifatini» yaxshilash, deb hisoblaydilar. Bu qarash tarafdorlari marketing tizimini ular taklif etayotgan iste’mol qoniqish darajasi bilangina emas, balki jismoniy va madaniy muhit sifatida ko‘rsatiladigan ta’sir bilan ham baholaydilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |