Marketing tizimi haqida tushuncha va tarmoq marketinglari Makromarketing va mikromarketing Marketingni boshqarish jarayoni


Marketingni tashqi va ichki sohasi, ularni о‘zaro bog‘liqligi. Korxonalarda marketing xizmatini tashkil etish


Download 103.38 Kb.
bet5/6
Sana09.04.2023
Hajmi103.38 Kb.
#1344646
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
JAHONGIR MARKETING

Marketingni tashqi va ichki sohasi, ularni о‘zaro bog‘liqligi. Korxonalarda marketing xizmatini tashkil etish.

Marketing muhiti deganda firma korxona yoki uning yuqori ashqilotlar faoliyatiga ta’sir kо‘rsatuvchi ijtimoiy iqtisodiy siyesiy va huquqiy omillar majmui tushuniladi, Marketing ichki va tashqi muhitlar farqlanadi.


Quyidagi – rasmda marketing tomonidan nazorat qilinadigan ichki omillar keltirilmoqda.


4.5- rasm. Marketing tomonidan nazorat qilinadigan ichki omillar

Ichki muhitni shakllantiruvchi omillar, firma rahbariyati tomonidan nazorat qilinadigan - texnologik jarayon, moliya ahvoli, tashkiliy tuzilishi, bozorni tanlash va boshqalar bilan bog‘liqdir. Nazorat qilinadigan omillarni tashkilot va uning marketing xizmati boshqaradi. Ana shu omillardan marketing xizmati tomonidan nazorat qilinmaydigan ayrimlarini oliy rahbariyat boshqaradi. Uncha katta bо‘lmagan yoki о‘rtacha tashkilotlarda umumiy siyosat masalalarini ham marketing qarorlarini ham, bir shaxs odatda mulk egasi yoki oliy rahbar qabul qiladi, lekin bunday hollarda dastavval umumiy maqsadlarni belgilash, sо‘ngra ularga marketing rejalarini moslashtirish kerak.


Quyidagi – rasmda esa marketingni tashqi omillari (makromuhit omillari) keltirilmoqda.




4.6- rasm. Tashqi omillar (makromuhit omillari)

Nazorat qilinmaydigan omillar tashkilot va uning marketing xizmatlari tomonidan boshqarila olmaydigan faoliyatiga ta’sir kо‘rsatuvchi tarkibiy qismlardir. Nazorat qilinmaydigan omillarning salbiy ta’siri natijasida qanchalik jozibali bо‘lmasin har qanday reja barbod bо‘lishi mumkin. Shuning uchun tashqi muhitni muntazam kuzatish, uning ta’sirini hisobga olish lozim bо‘ladi, kutilmagan vaziyatlar sodir bо‘lganda qilinadigan ishlar rejada kо‘zda tutilishi kerak. Quyidagi nazorat qilinmaydigan omillarni hamisha hisobga olish va oldindan kо‘ra bilish talab etiladi: iste’molchilar, raqobat, hukumat, iqtisodiyot, texnologiya, mustaqil ommaviy axborot vositalari.


Demak, yuqoridagilardan xulosa qilsak, firma yoki korxonaning butun faoliyati tо‘la-tо‘kis bozor munosabatlarini mujassamlashtiradi. Firma va bozor tushunchalari, bozor iqtisodiyoti sharoitida bir-biridan ajratib bо‘lmaydigan iqtisodiy kategoriyalar hisoblanadi. Chunki firmalar faoliyatisiz bozor bо‘lishi mumkin emas.
Marketingni tashkil etish - marketing xizmatini boshqaradigan idoralarning tashkililiy kurilishi bо‘lib, u yoki bu topshiriqni bajarish uchun buysunish va javobgarlikni belgilaydi.
Marketingni tashkil qilish - korxonada bir necha yо‘nalishda amalga oshiririlishi mumkin:
1. Funksional-bunda javobgarlik taqsimot, sotish, ta’minot va tovar harakatini tashkil qilish doiralariga tо‘shadi.

  1. Tovarlar tamoyili bо‘yicha tashkil etish. Unda funksional tamoyillarga, yana bir tovar markasi uchun boshqaruvchilar qо‘shiladi.

  1. Bozor tamoyili bо‘yicha tashkil etish. Unda funksional tamoyillariga, yana bir hudud bozorlari va iste’molchilar turi bо‘yicha boshqaruvchilar qо‘shiladi.

Funksional tashkil etishning yutuqlari, bо‘limalarning boshqarishdagi soddali, bajariladigan funksiyalarga yuqori javobgarlikdan iboratdir. Lekin bu tuzilishning qator kamchiliklari ham mavjud:

  • tovarlar bо‘yicha maxsus bо‘limlarning yо‘qligi;

  • bozorning hududiy segmentlari bо‘yicha maxsus bо‘limlarning yо‘qligi;

  • bozor talablarining о‘zgarishi va iste’molchilar talabiga operativ reaksiyaning sustligi;

  • marketing tashkilotlari tadbirlarning moliyalashtirish masalalarini hal etishning qiyinlashganligi.

Tovar tamoyili bо‘yicha tashkil etish tovarlar va ular guruhlari bо‘yicha bо‘limlar tashkil etishni talab etadi. Unda tovar bо‘limlari bо‘yicha mustaqil qaror qabul qiladi. Marketing xizmatining tashkiliy tuzilishi bu kabi bо‘lgan shakl, avvalo ishlab chiqaradigan tovarlar assortimenti katta bо‘lgan firmalarga tо‘g‘ri keladi.
Tovar tamoyili bо‘yicha tashkil etish shakli ham, shuningdek kamchiliklarga ega. Boshqarishning bu kabi tizimi marketing faoliyatining о‘ziga xos tamonlarini doim ham e’tiborga olmaydi. Tovarlar bо‘yicha guruhlar ishchilari о‘z majburiyatlarini samarali bajarish uchun etarlicha huquqlarga ega emas, boshqaruv apparatida katta sonli guruh va guruhchalar paydo bо‘lishi bilan ularni ushlab turish katta xarajatlar talab qiladi.
Bozor tamoyili bо‘yicha tashkil etishda deyarli barcha korxonalar о‘z tovarini xarakteri jihatidan turlicha bо‘lgan bozorlarda sotadi. Turli bozorlarning sotib olish xususiyatlar yoki turli tovar afzalliklariga ega bо‘lgan hollardagina bozor tamoyiliga kо‘ra tashkil etish maqsadga muvofiqdir. Shuning uchun marketing xizmati bо‘limlari asosiy bozorlarga qarab tuziladi.

Download 103.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling