Маркетинг
Download 0.97 Mb.
|
Маркетинг амалий
- Bu sahifa navigatsiya:
- 8. Savol-javoblar. 9. Uyga vazifa.
- 2. Darsning rejasi
- 3. Darsning ta’minoti
5.2. Amaliy topshiriqlar.
1- Topshiriq: Tovar sifatiga ta’sir etuvchi omillarni yozing va uning tarkibini tushuntirib bering. 5.3. Qo’shimcha topshiriqlar. Internet tarmog’idan mazkur mavzuga doir ma’lumotlar to’plash va qisqacha muhokama qilish. www.google.uz, www.usda.gov, www.imf.org, www.gov.uz, www.mse.be, www.uz, www.uzreport.uz, www.referat.uz 6. Topshiriqlarning talabalar tomonidan bajarilishi nazorat qilish va yo’l-yo’riqlar berish. 7. Topshiriqlarni echishning asosiy natijalari bo’yicha xulosa va takliflar. 8. Savol-javoblar. 9. Uyga vazifa. 9.1. O’tilgan mavzuni takrorlash. 9.2. Berilgan tushunchalarga izohlar yozish. 9-amaliy mashg’ulot: Narx siyosati va narx strategiyalari(2-soat). 1. Darsning maqsadi: Narx, narx tadqiqotlari, narx va talab, narxni shakllantirish yo’llari, narx va tovar siyosati harakatlari, narx va mahsulot raqobatbardoshliligi holatlari, narxni tahlil va bashorat qilish, narxni belgilash omillari, tovarlar hayotiylik davridagi narxning o’zgaruvchanligi to’g’risida talabalarga o’rgatish. 2. Darsning rejasi: Narx tushunchasi va mohiyati. Narx va tovar siyosati. Narx siyosatini shakllantirish. Narx darajasini hisoblash uslublari. Narxni belgilash omillari. Narx - bu mehnat mahsulining qiymatini pul shaklida maxsulot muomalasi sharoitida almashtirish sohasidagi o’zgarishlar, maxsulot-pul munosabatlarini belgilashdir. Bu marketing majmuasining birdan-bir tarkibiy qismi bo’lib, xo’jalik yurituvchi sub’ektlarining moliya resurslarini yig’ilishiga imkon yaratadi. Marketing doirasidagi barcha boshqa faoliyat (reklama, sotilishni rag’batlantirish, bozorni tekshirish) harajat hisoblanadi va ishbilarmonlik daromadidan yoki kiritilgan mablag’dan foydani olish niyatida amalga oshiriladi. Narx o’ziga xos rag’batlantirish samarasiga ega. Narx-navo va to’g’ri narx siyosati hamda marketing faoliyatining mahsulotini loy9alash, uni bozordagi xarakati, taqsimlanishi va boshqa shu kabi omillar iste’mol talabiga bevosita ta’sir ko’rsatadi. Narx-navoni turli tumanligi marketing muxitining ichki va tashqi omillari majmua bilan belgilanadi, hamda u ularni axborot, rag’batlantirish, taksimlash, tenglashtirishdan kelib chiqadi, ular vazifani daromadli bo’lishini ta’minlaydi. Hizmat ko’rsatish sohasiga va maxsulot muomilasi shakliga qarab narxlar quyidagi turlarga bo’linadi. Ko’tara narx - bu ko’tara-savdo bazalari har-xil magazinlarga va boshqa iste’molchilarga beradigan narxdir. U o’z yo’lida korxona ko’tara narx va ko’tara sotuvchi tashkilotlarning savdo qo’shimchalaridan iborat. CHiqarish narxi - bu mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalarni o’z xaridorlariga aholidan tashqarida hisob-kitob qiladigan narxdir. Bu narx har ikkala tomonning kelishuvi bilan yoki narx belgilovchilar tomonidan belgilanadi. Mahsulot ishlab chiqaruvchilar (sotuvchilar) har hil saviyadagi narxlarni bir turdagi mahsulot bo’yicha kelishish xuquqiga ega, bunga mahsulot etkazib berish, pul to’lash, bozor nomenklaturasi, mavsumiy talab kabilar ta’sir ko’rsatadi. Ko’tara ustamalarning iqtisodiy moxiyati shundan iboratki, ular ko’tara savdo tashkilotlarining (sarf harajatlarini qoplash) mahsulotni iste’molchilarga etkazib berish, ma’lum o’lchamdagi daromad bunyod etish, qiymat soligi va boshqa byudjetga tushmaydigan foydalar bo’yicha sarf harajatlarini qoplashdan iboratdir. Davlat yoki narx belgilovchi idoralar qarori asosida narx belgilashdan ma’lum cheklashishlarni ichki bozor bo’yicha o’tkazish mumkin. SHartnomaviy narx - bu shartnoma asosida sotuvchi va sotib oluvchi mahsulot ishlab chiqaruvchi va iste’mol qiluvchi yoki o’rtada turuvchi o’rtasidagi o’rnatilgan narxdir. CHakana narx - bu narx bo’yicha chakana savdo tashkilotlari mahsulotni xalqqa sotadi. U cheklangan va erkin bo’lishi mumkin. CHeklangan chakana narx, narx belgilovchi idoralar orqali o’rnatiladi. erkin narx har hil savdo korxonalari, xo’jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan cheklanadi, uni chiqarish narxi asosida va savdo, hamda chiqaruvchi bug’in qo’shimchasini qo’shish bilan belgilanadi. Savdo ustamasi - bu sotish qo’shimchasi bo’lib savdo korxonalari va boshqa xo’jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan xalqga mahsulot sotilishida o’rnatiladi. Uning vazifasi maxsulotlarni chakanalab sotish bilan bog’lik harajatlarni va bu operatsiyalarni daromad qilishini ta’minlashdan iborat. Xokimiyat yoki narx belgilovchi idoralar qarori bilan savdo ustamalarining miqdori cheklanishi mumkin. Bozor ko’lamini va uni xududiy chegarasini hisobga olib narxlar mahalliy, milliy (ichki) va umumjaxon (tashki) bo’lishi mumkin. Maxsulot bozorlarida har hil turdagi narxlar ishlatiladi: ya’ni ishlab chiqarish vositalari narxi - mahsulot narxi deb ataluvchi, keng iste’mol maxsulotlarning narxi - maxsulot narxi deb ataluvchi, maxnat mahsulot xizmatining maxsus turi ishining narxi - tariflar deb ataluvchi narxlardir. Maxsus turdagi narxlar - bular cheklangan narxlar deb ataladi. Ular yangi mahsulot turining hamda guruxlab (seriyalab) va ko’plab ishlab chiqariluvchi mahsulot muomalasi uchun ishlatiladi. CHeklangan narxlar o’zlarining eng yuqori yo’l qo’yiladigan saviyasini ifodalaydi. Yangi mahsulot uchun bosqichli narxlar tasdiqlanishi mumkin, ya’ni ular ishlab chiqaruvchi tomonidan oldindan belgilangan muxlatlarda va avvaldan aniqlangan shkala bo’yicha kamayuvchi narx guruxlab (seriyalab) va ko’plab ishlab chiqariladigan mahsulot uchun qoida bo’yicha preysko’rant narxlari, ya’ni maxsus preysko’rant to’plamlariga kiruvchi narx belgilanadi. Xizmatlar uchun o’rnatilgan narxlar ham preysko’rantli bo’lishi mumkin. Narxlarni maxsus turi maxsulot birjalar faoliyatiga hizmat qiladi. Maxsulot birjasida to’planuvchi narxlar birjalar kotirovkalari degan nom olgan, o’ziga xos narxlar turi kapital bozorida ham ishlatiladi. Ssuda kapitalining maxsulot sifatidagi qiymati foiz hisoblansa, qalbaki kapital - qimmatbaho qog’ozlar kursi hisoblanadi. Auktsion narxlar auktsion savdosidagi narxlardir. Ma’lumot beruvchi narxlar - bu narxlar maxsus ma’lumotnomalarda, shartnomalar tuzish maqsadida beriluvchi narxlardir. Erkin narxlar - bu davlat idoralari tomonidan cheklanmaydigan narxlardir. Tartibga solinuvchi narxlar narx saviyasini belgilovchi asosiy o’lchamlar davlat boshqaruv idoralari tomonidan berilgan xuquqlar asosida belgilanadi. Belgilangan (rasmiy, mustaxkam) narxlar - bular xokimiyat tomonidan o’rnatilgan va ma’lum yo’l qo’yilgan vaqt birligida ishlovchi o’zgarmas narxlardir. Talab narxi - bu iste’molchimehnat mahsulini sotib olishga rozi bo’lgan narxdir. Taklif narxlari - bular shunday narxki, ular bilan ishlab chiqaruvchilar yoki mulk egalari o’z mahsulotini (maxsulotini) sotishga tayyordirlar. Muvozanat narxlari - talab narxini taklif narxiga tengligini aks ettiradi. Narxlarni turli-tumanligi maxsulot muomalasini barcha iste’molchiga mo’ljallangan tomonlarini aks ettiradi. Kichik shaklli xo’jalik yuritish sub’ektlari o’zlarini bozor narxidan farqlanuvchi narxlarni qo’llashda cheklanganligi sababli asosiy diqqat e’tibor maxsulot turlariga va harakatiga qaratilmog’i kerak, chunki uni ma’lum bozor joyida sotilishini rag’batlantirish kerak. Bu esa ishlab chiqaruvchi firma narx quyishda ma’lum erkinlikda ishlab chiqqan mahsulotini maqsadga muvofiq hisob qilinishi evaziga ega bo’lishi mumkin. Bundan tashqari, bir qator holatlar mavjudki narxga marketingcha fikrlash muxim ahamiyat kashf etadi. Birinchidan - bu eng avval o’rnatilgan narx evaziga kelib chiqadi, yangi mehnat mahsulotiga, yangi sotish yo’li bilan tarqatiluvchi eski maxsulotga yoki yangi bozorlarga, narxni qiymat shkalasi bilan kal’kulyatsiya qilinishida (maxsulotlarni kichik ko’tara partiyalar bilan sotilishida) va boshqalar. Ikkinchidan - firmani avvalgi o’rnatilgan narxlarni qayta ko’rib chiqishida, narxni kal’kulyatsiya qilinishida yo’l qo’yilgan xatoni to’g’rilashda va narx belgilash siyosatini o’zgarishida. Masalan, eng katta daromad olish niyatida o’rnatilgan o’ta yuqori narxdan bozorda mustaxkamlanishi uchun normal narxlarga o’tiladi. Uchinchidan - firmada narx o’zgarishiga raqobatchilarni ta’sirlanish sezish masalasini ko’rishida. To’rtinchidan - bir-biriga yaqin bir turdagi maxsulotlarga narx qo’yishda. Ma’muriy usul kichik biznesda keng tarqalgan usullardandir. U narx saviyasini afzal kurishni mo’ljal qilib, iste’molchini didini yoki raqobatni va bozorda xukm suruvchi talabni hisobga olib o’rnatadi. Ushbu usul shunday fikrga asoslanadiki, iste’molchilar ko’proq yuqori narxlar yuqori sifatni, past narxlar esa uning sifat o’lchamlarining past saviyadaligini bildiradi deb fikr yo’rgizadilar. Bu erda quyidagi vaziyatlarni hisobga olish zarur: a) mahsulotni sifatiga faqat uning narxiga qarab baho berish mumkin; b) xaridorlar har hil tur va markadagi maxsulotlarni bir-biridan sezilarli farqlanadi, deb hisoblaydilar va mahsulot sifatini ishonch bilan aniqlay olmaydilar, ayniksa yangi maxsulot sotilishida; v) yuqori narxlar sotib olish ommaviyligini yo’qotadi; g) nomi noma’lum firmalar yoki o’zining obro’yini ushlab turishi uchun firma ma’lum saviyadagi narxni mo’ljallashi kerak. Bu erda narx firma mahsulotini sifat saviyasini, xo’jalik yurituvchi sub’ekt o’zining mahsuloti yoki xizmati uchun bunyod etmoqchi bo’lgan tasvirini aks ettirishi muxim. 3. Darsning ta’minoti: Adabiyotlar ro’yxatidan foydalaning. Download 0.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling