Birinchi davr - marketing konsepsiyasi «ishlab chiqarish konsepsiyasi» - «mahsulot ustunligi» tarzida belgilanadi, bunda eng muhim masala yaxshi tovar ishlab chiqarish va uni xaridorga arzon narxlarda sotish deb hisoblanadi. Konsepsiya shiori - «imkoni boricha ko‘proq tovar ishlab chiqar, chunki bozor talabi cheksiz». Shunisi diqqatga sazovorki, bizning iqtisodiyotimiz hozirgi davrda hammadan ko‘ra ibtidoiy marketing kotseptsiyasiga yaqin turadi
Keyingi davr - «sotish konsepsiyasi» nomini oldi. Bunda firmaning mahsulotini «mana tovar tayyor, kelavyering va savdolashing» shiori bilan sotishni mo‘ljallash birinchi o‘ringa chiqadi. Tovar va savdo marketinggi konsepsiyalari mahsulot ishlab chiqarish hali syeriyali, ya’ni yalpi tus olmagan davrda maydonga kelgan edi.
MARKETING EVOLYUTSIYASI ILM SIFATIDA
Yillar
|
Nazariy asoslari
|
Uslublari
|
Qo‘llash sohasi
|
1900-1950 yillar
|
Tovar haqida o‘rganish, taqsimlashg a mo‘ljal olish, sotish va eksport nazariyasi
|
Kuzatish, xaridni va sotishni tahlil kilish, ehtimollarni hisoblash, iste’mol paneli
|
Ommaviy tovar ishlab chiqarish, qishloq xo‘jaligi tarmog‘i
|
1960 yil
|
Sotish haqida o‘rganish, tovarga, sotish hajmiga mo‘ljal olish, distribyuterlik
|
Motivlar tahlili, faoliyatni tadqiq qilish, modellashtirish
|
Iste’mol vositalari iste’molchilari
|
1980-1990 yillar
|
Holatli tahlil, menejment funksiyasi sifatida marketing haqida o‘rganish, raqobatni tahlil nazariyasi, ekologiya asoslar, strategik marketing
|
Pozitsiyalashtir ish, klaster tahlil, iste’molchilar tipologiyasi, ekspertiza, sabab-oqibat tahlili
|
Iste’mol vositalari, ishlab chiqarish vositalari, xizmat sohasi, foyda kurmaydigan tashkilotlar iste’molchilari
|
1990 yildan shu davrgacha
|
Tadbirkorlik quroli va funksiyasi sifati marketing haqida o‘rganish, bozor nazariyasi, ta’sir nazariyasi, ijtimoiy va ekologik samaraga mo‘ljal
|
Pozitsiyalashtirish, klaster tahlil, iste’molchilar tipologiyasi, raqobatchilar va iste’molchilarni xulq-atvori modellari, benchmarketing, o‘yin nazariyasi
|
Ishlab chiqarish vositalari, iste’mol vositalari, xizmat sohasi, foyda kurmaydigan tashqilotlar, davlat tadbirkorligi sohasidagi iste’molchil
|
Do'stlaringiz bilan baham: |