Marketing
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Download 0.55 Mb.
|
Marketing
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh., 2017-yil 9-fevral, 66-son
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-fevraldagi 66-son qaroriga 1-ILOVA Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar 1. Ushbu Nizom yuridik va jismoniy shaxslarni — tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi va muddatlarini belgilaydi. Ushbu Nizom talablari davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladigan banklar va kredit byurolari, ularning vakolatxonalari hamda filiallari, shuningdek nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga tatbiq etilmaydi.
2. Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va qayta ro‘yxatdan o‘tkazish Davlat xizmatlari markazlari (keyingi o‘rinlarda ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlar deb ataladi) tomonidan amalga oshiriladi. (2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-yanvardagi 40-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/40/0609-son) 3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi: tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yishning avtomatlashtirilgan tizimi (keyingi o‘rinlarda Tizim deb ataladi) — tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni, shuningdek ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlar va vakolatli tashkilotlarning ushbu jarayondagi elektron hamkorligini ta’minlovchi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari kompleksi; Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling