Marketing


Download 0.55 Mb.
bet8/39
Sana02.01.2022
Hajmi0.55 Mb.
#193183
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   39
Bog'liq
Marketing

Oldingi tahrirga qarang.

14. Ariza beruvchi so‘rovnoma shakllantirilishi oxiriga yetganidan so‘ng stavkasi “Davlat boji to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq Tizim tomonidan avtomatik tarzda aniqlanadigan davlat bojini Tizim tomonidan taklif etilayotgan quyidagi to‘lov usullari orqali to‘lashni amalga oshiradi:



(14-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-dekabrdagi 763-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.12.2020-y., 09/20/763/1585-son — 2021-yil 4-martdan kuchga kiradi)

Internet jahon axborot tarmog‘i orqali real vaqt rejimida — bank kartasi va ulangan “SMS xabar berish” xizmati yordamida naqdsiz hisob-kitob ko‘rinishida;

O‘zbekiston Respublikasi banklarining kassalari orqali — Tizim tomonidan shakllantirilgan so‘rovnomaning noyob raqami ko‘rsatilgan holda naqd yoki naqdsiz hisob-kitob ko‘rinishida;

hisob raqamidan bank o‘tkazmasi yordamida naqdsiz hisob-kitob ko‘rinishida.

To‘langan davlat boji qaytarilmaydi, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ortiqcha to‘langan summalar bundan mustasno.

15. Davlat boji to‘langan paytdan boshlab ushbu Nizomning 9 — 14-bandlari talablari inobatga olingan holda so‘rovnoma Tizim foydalanuvchisiga — ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ mas’ul xodimining shaxsiy kabinetiga avtomatik tarzda xabarnoma yuboradigan Tizim tomonidan saqlanadi.

16. Tizim ushbu Nizomga 3-ilovada nazarda tutilgan davlat ro‘yxatidan o‘tkazish muddatlarida ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarni tekshiradi va ular Tizimning tegishli ma’lumotlar bazalariga muvofiq bo‘lganda:

Reyestrga avtomatik tarzda tegishli yozuvlar kiritish yo‘li bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshiradi;

ushbu Nizomga 6, 6a, 6b-ilovalarga muvofiq tegishli shakllar bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomani shakllantiradi;

ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomani, ta’sis hujjatlarini elektron hujjatlar repozitoriysida saqlaydi;

elektron hujjatlar depozitoriysida davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga, qayta ro‘yxatdan o‘tkazishga rad etishni shakllantiradi va saqlaydi.

Yuridik shaxslar uchun — ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaga, ta’sis hujjatlariga havola (giperhavola) shaklidagi xabarnoma avtomatik tarzda Tizim foydalanuvchisining — ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ mas’ul xodimining ERIsi bilan imzolanadi va “tadbirkorlik subyektining shaxsiy kabineti”ga, shuningdek so‘rovnomada ko‘rsatilgan elektron pochta manziliga jo‘natiladi.

Ariza beruvchi tomonidan tegishli elektron hujjatlar Yagona portaldagi “tadbirkorlik subyektining shaxsiy kabineti” orqali qabul qilib olingan payt ushbu bandda nazarda tutilgan elektron hujjatlar berilgan vaqt bo‘lib hisoblanadi.

17. Ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomada, ta’sis hujjatlarida Tizim foydalanuvchisining — ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ mas’ul xodimining ERIsi va QR-kod (matritsali shtrix kod), shuningdek identifikatsiya raqamlari bo‘lishi kerak.

QR-kod tegishli dasturiy-apparat vositalari bilan o‘qilganda ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning, ta’sis hujjatlarining identifikatsiya raqamlari va Yagona portaldagi elektron hujjatlar repozitoriysiga havolalar (giperhavolalar) bo‘lishi kerak.

Oldingi tahrirga qarang.

Yakka tartibdagi tadbirkor, oilaviy tadbirkorlik subyekti ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomada jismoniy shaxsning fotosurati aks ettirilgan bo‘lishi kerak.



(17-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-dekabrdagi 806-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.12.2020-y., 09/20/806/1662-son)

18. Ariza beruvchi yuridik shaxslar uchun — Yagona portaldagi elektron hujjatlar repozitoriysida saqlanayotgan ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomani, ta’sis hujjatlarini erkin olish, shuningdek ularning nusxalarini qog‘ozda chop etish huquqiga ega.

19. Davlat ro‘yxatidan o‘tganidan so‘ng tadbirkorlik subyekti qonun hujjatlarida belgilangan tartibda bank hisob raqamlarini ochish uchun banklarga murojaat qiladi. Bank hisob raqamlarini ochish uchun ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning, ta’sis hujjatlarining asl nusxalarini va nusxalarini taqdim etish talab qilinmaydi.

Oldingi tahrirga qarang.

Banklar Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha moliyaviy choralar ishlab chiquvchi guruhning (FATF) talablaridan kelib chiqib, ariza beruvchilarni masofadan turib identifikatsiya qilish uchun zarur bo‘lgan shart-sharoitlar mavjud bo‘lganda,muassislari O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari bo‘lgan yuridik shaxslar hamda yakka tartibdagi tadbirkorlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish jarayonida ularga milliy va chet el valyutasidagi bank hisobvaraqlarini masofadan turib ochishi mumkin.

Bank hisobvarag‘i Tizimda joylashtirilgan bank hisobvarag‘i shartnoma ofertasini akseptlash yo‘li bilan ochiladi.

Bunda mazkur tadbirkorlik subyektlari tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda va shaklda imzolar namunalari qo‘yilgan ikki dona varaqcha hamda ular nomidan pul-hisob-kitob hujjatlarini imzolash vakolatiga ega bo‘lgan shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjati (pasport yoki uni o‘rnini bosadigan hujjat) to‘lovlar amalga oshirilishidan oldin bankka istalgan vaqtda taqdim etilishi mumkin. Shaxsni tasdiqlovchi hujjatdan nusxa olinib, asli qaytarib beriladi.



(19-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-dekabrdagi 763-sonli qaroriga asosan xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.12.2020-y., 09/20/763/1585-son — 2021-yil 4-martdan kuchga kiradi)

Oldingi tahrirga qarang.

20. Tadbirkorlik subyektlari davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganda, shuningdek ular tomonidan tadbirkorlik faoliyati amalga oshirilganda muhr va shtamplar, shuningdek ularning eskizlarini tayyorlash talab qilinmaydi.



(20-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-dekabrdagi 763-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.12.2020-y., 09/20/763/1585-son — 2021-yil 4-martdan kuchga kiradi)


Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling