Marketing
-bob. O‘zi kelgan holda davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, qayta ro‘yxatdan o‘tkazish
Download 0.55 Mb.
|
Marketing
5-bob. O‘zi kelgan holda davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, qayta ro‘yxatdan o‘tkazish
Oldingi tahrirga qarang. 30. Ariza beruvchilar davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, qayta ro‘yxatdan o‘tkazish uchun tegishli ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga o‘zlari kelib murojaat qilish huquqiga ega. (30-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-dekabrdagi 763-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.12.2020-y., 09/20/763/1585-son — 2021-yil 4-martdan kuchga kiradi) 31. Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga o‘zi kelib murojaat qilinganida qog‘oz hujjatlarning asl nusxalari bir nusxada taqdim etiladi. Agar Tizim foydalanuvchisiga — ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ mas’ul xodimiga hujjatlar o‘zi kelib ariza beruvchining vakili tomonidan taqdim etilsa, shuningdek uning shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport, harbiy bilet, haydovchilik guvohnomasi, shaxsini va O‘zbekiston Respublikasidagi yashash joyini tasdiqlovchi boshqa hujjat) va ariza beruvchi vakilining vakolatlarini tasdiqlovchi hujjat (ishonchnoma, shartnoma, tadbirkorlik subyekti — yuridik shaxs muassislarining qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan qarori, qonun hujjatlariga muvofiq boshqa hujjatlar) taqdim etiladi.
Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, qayta ro‘yxatdan o‘tkazish uchun “Davlat boji to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida nazarda tutilgan stavka bo‘yicha davlat boji to‘lanadi. Bunda davlat boji O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari jamg‘armasi shaxsiy hisobvarag‘iga to‘lanadi. (31-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-dekabrdagi 763-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.12.2020-y., 09/20/763/1585-son — 2021-yil 4-martdan kuchga kiradi) 32. Tadbirkorlik subyektini — yuridik shaxsni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, qayta ro‘yxatdan o‘tkazish uchun ariza beruvchi ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga tegishlicha ushbu Nizomning 12 va 21-bandlarida nazarda tutilgan hujjatlarni, shuningdek davlat boji to‘langanligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yoki belgilangan davlat boji miqdori to‘langanligi to‘g‘risida bank to‘lov hujjatining (keyingi o‘rinlarda to‘lov hujjati deb ataladi) nusxasini taqdim etadi. 33. Yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tish uchun ariza beruvchi ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga pasportini — O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun, shaxsini va O‘zbekiston Respublikasidagi yashash joyini tasdiqlovchi pasportni yoki boshqa hujjatni — chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar uchun, shuningdek davlat boji to‘langanligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yoxud to‘lov hujjati nusxasini taqdim etadi. 34. Qayta tashkil etilayotgan tadbirkorlik subyektini — yuridik shaxsni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga ushbu Nizomning 32-bandida nazarda tutilgan hujjatlarga qo‘shimcha ravishda qo‘shib yuborilayotgan, qo‘shib olinayotgan, o‘zgartirilayotgan, bo‘linayotgan, ajratib chiqarilayotgan tadbirkorlik subyektlari — yuridik shaxslar muassislarining (ishtirokchilarining) yoki ta’sis hujjatlari bilan bunga vakolat berilgan organlarning tegishli qarorlari taqdim etiladi. 35. Tizim foydalanuvchisi — ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ mas’ul xodimi davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, qayta ro‘yxatdan o‘tkazish uchun o‘zi kelib taqdim etilgan hujjatlar va ma’lumotlarni olganidan so‘ng tegishli ariza shaklini to‘ldiradi. Tizimdan foydalanuvchi — ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ mas’ul xodimi ushbu bobda nazarda tutilgan harakatlarni faqat ariza beruvchi tomonidan belgilangan davlat boji miqdori Tizim vositasida to‘laganidan so‘ng amalga oshiradi. 36. Hujjatlar o‘zi kelib taqdim etilgan taqdirda Tizim foydalanuvchisi — ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ mas’ul xodimi tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazish ma’lumotlari kiritilayotganda Tizim foydalanuvchisi — ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ mas’ul xodimi taqdim etilgan hujjatlar mazmunini ushbu Nizomning 6-bobida nazarda tutilgan rad etish uchun asoslarning mavjud emasligi yuzasidan ko‘rib chiqishi shart — ustav fondi miqdorining oshirilishida, ulushning (hissaning) boshqa shaxsga o‘tishida qayta ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etish uchun asoslarni o‘rganish bundan mustasno. 37. Ro‘yxatdan o‘tkazish ma’lumotlarini Tizimga kiritish oxiriga yetganidan so‘ng Tizim foydalanuvchisi — ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ mas’ul xodimi Tizim tomonidan unga kiritilgan ro‘yxatdan o‘tkazish ma’lumotlari asosida shakllantirilgan arizani, unda ko‘rsatilgan ma’lumotlar bilan rozi bo‘lgan taqdirda arizani o‘z qo‘li bilan imzolovchi ariza beruvchi uni tekshirib chiqishi uchun arizani qog‘oz ko‘rinishida chop etadi. Davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni, qayta ro‘yxatdan o‘tkazishni (ustav fondi miqdorining oshirilishi, ulushning (hissaning) boshqa shaxsga o‘tishi bundan mustasno) rad etish uchun asoslar mavjud bo‘lmaganda, ariza ariza beruvchi tomonidan imzolanganidan so‘ng Tizim foydalanuvchisi — ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ mas’ul xodimi barcha qog‘oz ko‘rinishida taqdim etilgan hujjatlarni (pasport va to‘lov hujjatining nusxalari bundan mustasno) skaner qiladi, Tizimga kiritadi va ularni ariza beruvchiga qaytarib beradi, to‘ldirilgan ariza bundan mustasno. 38. Ariza ariza beruvchi tomonidan imzolanganidan so‘ng Tizim foydalanuvchisi — ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ mas’ul xodimi tomonidan Tizimga kiritilgan ro‘yxatdan o‘tkazish ma’lumotlari buzib ko‘rsatilgan, o‘zgartirilgan va (yoki) qonun hujjatlari talablariga nomuvofiq bo‘lgan taqdirda ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ javob beradi. 39. Tizim, Tizim foydalanuvchisi — ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ mas’ul xodimi ushbu Nizomga 3-ilovada nazarda tutilgan muddatlarda tegishlicha ushbu Nizomning 16, 23 va 24-bandlarida nazarda tutilgan harakatlarni amalga oshiradilar.
Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling