Marketing
-bob. Yakunlovchi qoidalar
Download 0.55 Mb.
|
Marketing
7-bob. Yakunlovchi qoidalar
49. Tadbirkorlik subyektlari unga taalluqli bo‘lgan hujjatlar va (yoki) ma’lumotlar ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlar hamda vakolatli tashkilotlar tomonidan so‘ralganligi holatlari to‘g‘risidagi axborotni Tizim imkoniyatlaridan foydalanish vositasida real vaqt rejimida bepul va to‘siqsiz olish huquqiga ega, tadbirkorlik subyektlarining bu kabi axborotni olish imkoniyati qonun hujjatlariga muvofiq cheklangan holatlar bundan mustasno. 50. Tizimdan o‘z manfaatlari yoki uchinchi shaxslar manfaatlarida foydalangan ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ, vakolatli tashkilot xodimlari qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar. 51. Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlar, vakolatli tashkilotlar tegishli Tizimdan foydalanuvchilar tomonidan amalga oshirilgan harakatlar uchun javob beradilar. 52. Tizimdan foydalanuvchi telekommunikatsiya xizmatlaridan foydalanilganda operator va (yoki) provayderning aybi bilan elektron hujjatlar va (yoki) ma’lumotlarni jo‘natishda (olishda) yuzaga kelish ehtimoli bo‘lgan to‘xtalishlar uchun javob bermaydi. 53. Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, qayta ro‘yxatdan o‘tkazish uchun taqdim etilgan ma’lumotlar va hujjatlar haqiqiyligini tekshirishni amalga oshirmaydilar, shuningdek ularning to‘g‘riligi hamda qonun hujjatlariga nomuvofiqligi uchun javoblar bermaydilar. 54. Ariza beruvchilar ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga taqdim etilgan ma’lumotlarning to‘g‘riligi, aniqligi, buzib ko‘rsatilganligi, shuningdek ta’sis hujjatlarining qonun hujjatlariga muvofiqligi uchun javob beradilar. So‘rovnoma interaktiv tarzda shakllantirilgan va ta’sis hujjatlari namunaviy shakllar asosida rasmiylashtirilgan taqdirda, ariza beruvchilar Tizim tanlashi uchun noaniq va buzib ko‘rsatilgan ma’lumotlar taklif etilganligi uchun javobgarlikdan ozod etiladilar. 55. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar. Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling