Marketing


-bob. Davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni, qayta ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etish uchun asoslar


Download 0.55 Mb.
bet12/39
Sana02.01.2022
Hajmi0.55 Mb.
#193183
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   39
Bog'liq
Marketing

6-bob. Davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni, qayta ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etish uchun asoslar

40. Quyidagilar davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni, qayta ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etish uchun asos bo‘ladi:

davlat boji to‘lanmaganligi yoki uning to‘liq bo‘lmagan miqdorda to‘langanligi;

Oldingi tahrirga qarang.

ushbu Nizomning 29-bandida nazarda tutilgan holatlarda tegishli bo‘lmagan ro‘yxatdan o‘tkazish organiga murojaat qilinganligi;



(40-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-dekabrdagi 763-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.12.2020-y., 09/20/763/1585-son — 2021-yil 4-martdan kuchga kiradi)

ushbu Nizomda nazarda tutilgan hujjatlar va (yoki) ma’lumotlar to‘liq bo‘lmagan hajmda taqdim etilganligi;



Oldingi tahrirga qarang.

qonun va ta’sis hujjatlari bilan vakolat berilmagan organ tomonidan ta’sis hujjatlarini tasdiqlash (xulosaga kelish), ularga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida qaror qabul qilinganligi — ustav fondi miqdori oshirilgan (kamaytirilganda), ulush (hissa) boshqa shaxsga o‘tgan, qayta tashkil etilgan taqdirda;



(40-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-dekabrdagi 763-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.12.2020-y., 09/20/763/1585-son — 2021-yil 4-martdan kuchga kiradi)

davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda, qayta ro‘yxatdan o‘tkazishda qonun hujjatlari bilan ustav fondining miqdoriga doir talablar belgilangan tadbirkorlik subyektlari — yuridik shaxslar uchun ta’sis hujjatlarida ushbu Nizomga 11-ilovada nazarda tutilgan ustav fondining eng kam miqdoridan kam bo‘lgan miqdorning belgilanganligi;



Oldingi tahrirga qarang.

yuridik shaxsning manzilini o‘zgartirish bilan bog‘liq qayta ro‘yxatdan o‘tkazishda yuridik shaxsning bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan ortiq soliq qarzi mavjudligi yoki amalga oshirilgan tovar aylanma yoxud tovarlar importi bo‘yicha realizatsiya hajmining soliq hisobotlarida to‘liq aks ettirilmaganligi, shuningdek, soliq hisobotlarini belgilangan muddatlarda topshirmaganligi;

ulushning (hissaning) boshqa shaxsga o‘tishi bilan bog‘liq o‘zgartirish va qo‘shimchalarni qayta ro‘yxatdan o‘tkazishda, muassisning muassislar ro‘yxati o‘zgarishiga roziligi mavjud emasligi.

(40-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-dekabrdagi 763-sonli qaroriga asosan xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.12.2020-y., 09/20/763/1585-son — 2021-yil 4-martdan kuchga kiradi)

Oldingi tahrirga qarang.

41. Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonani davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni, qayta ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etish uchun ushbu Nizomning 40-bandida ko‘rsatilgan asoslarga qo‘shimcha ravishda ta’sis hujjatlarida ko‘rsatilgan xorijiy investitsiyalar ulushi miqdorining xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar uchun qonun hujjatlarida belgilangan ulushi miqdoriga nomuvofiqligi asos bo‘ladi.



(41-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-dekabrdagi 763-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.12.2020-y., 09/20/763/1585-son — 2021-yil 4-martdan kuchga kiradi)

42. Bozorni, shuningdek faoliyat yuritayotgan bozor negizida qayta tuzilgan savdo majmuasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni, qayta ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etish uchun ushbu Nizomning 40-bandida ko‘rsatilgan asoslarga qo‘shimcha ravishda bozor va savdo majmuasi muassislari tarkibida ustav fondida ellik bir foizdan kam bo‘lmagan ulushga ega bo‘lgan mahalliy davlat hokimiyati organlarining mavjud emasligi asos bo‘ladi.

43. Aksiyadorlik jamiyatini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni, qayta ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etish uchun ushbu Nizomning 40-bandida ko‘rsatilgan asoslarga qo‘shimcha ravishda jamiyat ustav fondida o‘n besh foizdan kam bo‘lmagan ulushga ega bo‘lgan bir yoki undan ortiq xorijiy investorlarning mavjud emasligi asos bo‘ladi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlarida belgilangan holatlar bundan mustasno.

44. Ustav fondi miqdorining oshirilishi, ulushning (hissaning) boshqa shaxsga o‘tishi bilan bog‘liq bo‘lgan davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni, qayta ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etish uchun ushbu Nizomning 40-bandida ko‘rsatilgan asoslarga qo‘shimcha ravishda taqdim etilgan hujjatlarning va (yoki) ma’lumotlarning qonun hujjatlari talablariga nomuvofiqligi asos bo‘ladi.

45. Yakka tartibdagi tadbirkorni, tadbirkorlik subyektini — yuridik shaxsni, ro‘yxatdan o‘tkazish ma’lumotlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimchalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni, qayta ro‘yxatdan o‘tkazishni boshqa asoslarga, shu jumladan maqsadga muvofiq emasligi sabablariga ko‘ra rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.

46. Davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni, qayta ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etish rad etish asoslari bartaraf etilishi sharti bilan hujjatlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, qayta ro‘yxatdan o‘tkazish uchun qaytadan topshirishga to‘siq bo‘la olmaydi.

47. Tizimdan foydalanuvchi — ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ mas’ul xodimi tegishlicha so‘rovnomani, arizani olgan paytidan boshlab ushbu Nizomga 3-ilovada nazarda tutilgan muddat mobaynida Tizim vositasida ushbu Nizomga 12-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga, qayta ro‘yxatdan o‘tkazishga rad etishni rasmiylashtiradi va Tizim vositasida so‘rovnomada, arizada ko‘rsatilgan usullar bilan bu haqida ariza beruvchini xabardor qiladi.

48. Ariza beruvchilar to‘langan davlat bojini qaytarishni talab qilish huquqiga ega emas, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ortiqcha to‘langan summalar bundan mustasno.

Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, qayta ro‘yxatdan o‘tkazish rad etilgan taqdirda to‘langan davlat boji qaytarilmaydi.


Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling