Marketing


Download 0.55 Mb.
bet22/39
Sana02.01.2022
Hajmi0.55 Mb.
#193183
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   39
Bog'liq
Marketing

1-bob. Umumiy qoidalar

1. Ushbu Nizom ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlar tomonidan Tadbirkorlik subyektlari yagona davlat reyestrini (keyingi o‘rinlarda Reyestr deb ataladi) yuritish hamda undagi mavjud ma’lumotlarni jismoniy va yuridik shaxslarga taqdim etish tartibini belgilaydi.

2. Reyestr tadbirkorlik subyektlarini — yuridik shaxslarni tuzish, qayta tashkil etish, tugatish to‘g‘risidagi, jismoniy shaxslar tomonidan yakka tartibdagi tadbirkor maqomi olingani, jismoniy shaxslarning yakka tartibdagi tadbirkorlar sifatidagi faoliyatlarini to‘xtatib turishlari va tugatishlari to‘g‘risidagi asosiy ma’lumotlarni hamda boshqa ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan, hamma tanishib chiqishi uchun ochiq bo‘lgan davlat elektron axborot resursidir.

Reyestr “Elektron hukumat” tizimining jismoniy va yuridik shaxslarning markazlashtirilgan ma’lumotlar bazalari bilan hamda belgilangan tartibda boshqa ma’lumotlar bazalari va axborot tizimlari bilan integratsiyalashgan bo‘lishi kerak.



Oldingi tahrirga qarang.

3. Reyestr Davlat xizmatlari markazlari (keyingi o‘rinlarda ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlar deb ataladi) tomonidan shakllantiriladi va yuritiladi.



(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-yanvardagi 40-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/40/0609-son)

4. Reyestrdagi ma’lumotlar ushbu Nizomda belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga (keyingi o‘rinlarda Yagona portal deb ataladi) joylashtiriladi.




Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling