Marketing


-bob. Reyestrga yozuvlar kiritish


Download 0.55 Mb.
bet24/39
Sana02.01.2022
Hajmi0.55 Mb.
#193183
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   39
Bog'liq
Marketing

3-bob. Reyestrga yozuvlar kiritish

7. Reyestrga yozuvlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda taqdim etiladigan hujjatlar asosida, shuningdek davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan Reyestrda nazarda tutilgan ma’lumotlar va (yoki) hujjatlar taqdim etilganda kiritiladi.

Har bir yozuvga Tizim tomonidan raqam beriladi va uning Reyestrga kiritilgan sanasi ko‘rsatiladi.

8. Quyidagi holatlarda ma’lumotlar bir-biridan farq qilgan taqdirda:

Reyestr ma’lumotlar bazasida elektron fayl ko‘rinishida mavjud bo‘lgan ta’sis hujjatlaridagi ma’lumotlar tadbirkorlik subyektida mavjud bo‘lgan ta’sis hujjatlari bilan farq qilsa Reyestr ma’lumotlar bazasida elektron fayl ko‘rinishida mavjud bo‘lgan ta’sis hujjatlari nisbatan yuqori kuchga ega bo‘ladi;

Reyestr ma’lumotlar bazasidagi tegishli ro‘yxatdan o‘tkazish yozuvlari ko‘rinishidagi ma’lumotlar Reyestr ma’lumotlar bazasida elektron fayl ko‘rinishida mavjud bo‘lgan ta’sis hujjatlaridagi ma’lumotlar bilan farq qilsa tegishli ro‘yxatdan o‘tkazish yozuvlari ko‘rinishidagi ma’lumotlar nisbatan yuqori kuchga ega bo‘ladi.

Reyestrning, 2017-yilning 1-apreliga qadar yuritilishi amalga oshirilgan, tegishli davlat reyestrlaridagi tadbirkorlik subyektlariga nisbatan ma’lumotlar bilan farq qilsa, Reyestrdagi yozuvlar nisbatan yuqori kuchga ega bo‘ladi.

Ko‘rsatilgan hujjatlar va ma’lumotlarning nisbatan yuqori kuchi tadbirkorlik subyektini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, qayta ro‘yxatdan o‘tkazish tartibida nomutanosiblik bartaraf etilgunga qadar saqlanib qoladi.

9. Quyidagilar Reyestrga yozuv kiritish uchun asos bo‘ladi:

belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, qayta ro‘yxatdan o‘tkazish, tadbirkorlik subyektini Reyestrdan chiqarish, Reyestrdagi mavjud ma’lumotlarni o‘zgartirish;

davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni, qayta ro‘yxatdan o‘tkazishni haqiqiy emas deb topish to‘g‘risidagi qonuniy kuchga kirgan sud qarori mavjudligi, shuningdek tadbirkorlik subyekti bankrot deb tan olinganda;

qonun hujjatlarida belgilangan boshqa holatlar.

10. Yozuv Reyestrga quyidagicha kiritiladi:

avtomatlashtirilgan dasturiy-apparat vositalari orqali — avtomatik tarzda real vaqt rejimida;

ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ tomonidan — ushbu Nizom 9-bandining uchinchi va to‘rtinchi xatboshilarida ko‘rsatilgan yozuv kiritilishi uchun asoslar yuzaga kelganda ikki ish kuni mobaynida.


Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling