Marketing


-bob. Reyestrni yuritish tartibi va uning mazmuniga qo‘yiladigan talablar


Download 0.55 Mb.
bet23/39
Sana02.01.2022
Hajmi0.55 Mb.
#193183
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   39
Bog'liq
Marketing

2-bob. Reyestrni yuritish tartibi va uning mazmuniga qo‘yiladigan talablar

5. Reyestrda quyidagi ma’lumotlar bo‘lishi kerak:

a) tadbirkorlik subyektlariga — yuridik shaxslariga nisbatan:

davlat ro‘yxatidan o‘tkazish raqami;

davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sana, oy, yil;

elektron hujjatning — davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning identifikatsiya raqami;

davlat tilidagi to‘liq, qisqartirilgan (mavjud bo‘lganda) firma nomi. Agar ta’sis hujjatlarida nomi xorijiy tilda ko‘rsatilgan bo‘lsa, Reyestrga shuningdek ko‘rsatilgan tildagi nomi kiritiladi;

tashkiliy-huquqiy shakli va mulkchilik shakli;

tadbirkorlik subyektining elektron pochtasi, veb-sayti manzili (mavjud bo‘lganda);

tashkil etish (tuzish yoki qayta tashkil etish) usuli;

boshqa yuridik shaxslar qayta tashkil etilishi va (yoki) ta’sis hujjatlariga qayta tashkil etish, shuningdek qayta tashkil etish natijasida o‘z faoliyatini tugatishi tufayli o‘zgartirishlar kiritilishi natijasida tuzilgan tadbirkorlik subyektlari uchun — huquqiy voris to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami;

muassislar tarkibi va ular to‘g‘risidagi ma’lumotlar (jismoniy shaxslar bo‘yicha — ismi, familiyasi, pasport ma’lumotlari, yashash joyi va boshqalar, yuridik shaxslar bo‘yicha — nomi, davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar, joylashgan joy manzili va boshqalar);

ustav fondining miqdori, muassislarning ustav fondidagi ulushlari (hissalari);

aksiyalar soni, nominal qiymati va tipi to‘g‘risidagi ma’lumotlar (aksiyadorlik jamiyatlari uchun);

faoliyat muddati (tadbirkorlik subyekti belgilangan muddatga tuzilganda);

tugatish jarayoni to‘g‘risidagi ma’lumotlar (u amalga oshirilganda);

uni amalga oshirish usuli ko‘rsatilgan holda faoliyat tugatilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar (qayta tashkil etish, tugatish yo‘li bilan);



Oldingi tahrirga qarang.

(5-band “a” kichik bandining o‘n yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-dekabrdagi 763-sonli qaroriga asosan 2021-yil 4-martdan chiqariladi — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.12.2020-y., 09/20/763/1585-son)

ta’sis hujjatlari;

ta’sis hujjatlari tasdiqlangan (tuzilgan) sana;

ta’sis hujjatlariga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sana;

topshirish dalolatnomasi;

taqsimlash balansi;

chet el sarmoyasi ishtirokidagi korxona ustav fondiga kiritilayotgan intellektual mulkni baholash to‘g‘risidagi hisobot;

Oldingi tahrirga qarang.

ko‘char mulklarda lizing majburiyatlari, taqiq yoki boshqa cheklovlar, majburiyatlar ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;



(5-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-dekabrdagi 763-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.12.2020-y., 09/20/763/1585-son — 2021-yil 4-martdan kuchga kiradi)

b) yakka tartibdagi tadbirkorlarga nisbatan:

davlat ro‘yxatidan o‘tkazish raqami;

davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sana, oy, yil;

elektron hujjatning — davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning identifikatsiya raqami;

ismi, familiyasi, otasining ismi (chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar uchun — shaxsini tasdiqlovchi hujjatga muvofiq qo‘shimcha ravishda lotin alifbosida);

jinsi;

tug‘ilgan sanasi;



fuqaroligi (u mavjud bo‘lmaganda: “fuqaroligi bo‘lmagan shaxs”);

pasport ma’lumotlari (seriyasi, raqami, kim tomonidan va qachon berilgan);

uy manzili (chet el fuqarolari uchun — O‘zbekiston Respublikasidagi yashash joyining manzili);

elektron pochta manzili (mavjud bo‘lganda);

faoliyatni amalga oshirish joyi (agar uy manzilidan farq qilsa);

faoliyat muddati (belgilangan muddatga ro‘yxatdan o‘tkazilganda);

uni amalga oshirish usuli ko‘rsatilgan holda faoliyat tugatilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar (arizaga ko‘ra, o‘limi sababli, O‘zbekiston Respublikasida yashash huquqini tasdiqlovchi hujjat bekor qilinishi, amal qilish muddati tugashi va shu kabilar sababli);

soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami.



Oldingi tahrirga qarang.

Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (mavjud bo‘lganda).



(5-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-noyabrdagi 934-sonli qaroriga asosan o‘n oltinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.11.2018-y., 09/18/934/2197-son)

Reyestrda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa ma’lumotlar va hujjatlar bo‘lishi mumkin.

Ushbu bandda nazarda tutilgan ma’lumotlar maxfiy hisoblanadi, ushbu Nizomning 13-bandida ko‘rsatilgan ma’lumotlar bundan mustasno.

6. Reyestr O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan belgilangan shakl bo‘yicha tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yishning avtomatlashtirilgan tizimi (keyingi o‘rinlarda Tizim deb ataladi) vositasida elektron ko‘rinishda, markazlashtirilgan tartibda yuritiladi.

Tizimni boshqarish, samarali faoliyatini ta’minlash, dolzarb holatda saqlab turish, shuningdek Reyestr ma’lumotlarini zaxirali nusxalash belgilangan tartibda maxsus guruh tomonidan amalga oshiriladi.


Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling