Marketing


elektron hujjatlarning repozitoriysi


Download 0.55 Mb.
bet6/39
Sana02.01.2022
Hajmi0.55 Mb.
#193183
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39
Bog'liq
Marketing

elektron hujjatlarning repozitoriysi — elektron hujjatlarni qayta ishlashni va saqlashni ta’minlovchi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (keyingi o‘rinlarda Yagona portal deb ataladi) shakllantirilgan elektron hujjatning haqiqiyligini tekshirish vositalarini taqdim etuvchi axborot resursi;

Foydalanuvchilarni identifikatsiya qilish yagona axborot tizimi (Yagona identifikatsiya qilish tizimi) — jismoniy va yuridik shaxslarni haqiqiy identifikatsiya qilishni, shuningdek idoralararo elektron hamkorlikda mansabdor shaxslarning axborot tizimlari va ma’lumotlar bazalaridan ruxsat olib foydalana olishlarini ta’minlovchi davlat axborot tizimi.

4. Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish ushbu Nizomga 1-ilovadagi sxemaga muvofiq quyidagi usullardan biri bilan amalga oshiriladi:

Internet jahon axborot tarmog‘i orqali Tizim vositasida Yagona portalda;

ushbu Nizomning 5-bobiga muvofiq o‘zi kelgan holda.



Oldingi tahrirga qarang.

5. Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, qayta ro‘yxatdan o‘tkazish uchun “Davlat boji to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida nazarda tutilgan stavkalar bo‘yicha davlat bojlari to‘lanadi.

Tadbirkorlik subyektlari yagona davlat reyestridan ma’lumotlar berish uchun tegishlicha ushbu Nizomga 2-ilovada nazarda tutilgan stavkalar bo‘yicha yig‘imlar to‘lanadi.

Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va qayta ro‘yxatdan o‘tkazish ushbu Nizomga 3-ilovada nazarda tutilgan muddatlarda amalga oshiriladi.

Davlat bojlari va yig‘imlar elektron to‘lov tizimlari orqali to‘langanda, ariza beruvchidan Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlar va vakolatli tashkilotlar hamkorlik reglamentida belgilangan tartibda mutanosib ravishda taqsimlanadigan to‘lov summasining bir foizi miqdorida vositachilik haqi ushlab qolinadi.

(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-dekabrdagi 763-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.12.2020-y., 09/20/763/1585-son — 2021-yil 4-martdan kuchga kiradi)

6. Tizim orqali quyidagilar amalga oshiriladi:

davlat ro‘yxatidan o‘tkazish;

qayta tashkil etish yo‘li bilan tashkil etilayotgan tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish;

qayta ro‘yxatdan o‘tkazish;

davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, qayta ro‘yxatdan o‘tkazish uchun davlat bojini to‘lash;

ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomani erkin olish;

yakka tartibdagi tadbirkor faoliyatini vaqtincha to‘xtatib turish va tiklash to‘g‘risida ariza topshirish;

ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlar va vakolatli tashkilotlarning belgilangan tartibdagi hamkorligi;

ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlar va vakolatli tashkilotlarni, shuningdek davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarini tadbirkorlik subyektining manzili (joylashgan joyi, yashash joyi) o‘zgarganligi to‘g‘risida xabardor qilish;

“tadbirkorlik subyektining shaxsiy kabineti”ni ochish va undan erkin foydalanish;

Reyestrdan ko‘chirma, so‘ralayotgan hujjat, tadbirkorlik subyektlarining ro‘yxati yoki so‘ralayotgan ma’lumotning va (yoxud) hujjatning mavjud emasligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma shaklidagi aniq tadbirkorlik subyektlari haqida ma’lumot so‘rash va olish.

7. Ushbu Nizomning 6-bandida nazarda tutilgan harakatlarni amalga oshirish uchun ariza beruvchi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 17-dekabrdagi 365-son qarori bilan tasdiqlangan “Elektron hukumat” tizimining jismoniy va yuridik shaxslar markaziy ma’lumotlar bazalarini shakllantirish va yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomda nazarda tutilgan tartibda tegishlicha foydalanuvchining shaxsiy kabineti yoki “tadbirkorlik subyektining shaxsiy kabineti”dan erkin foydalanish imkoniga ega bo‘lishi kerak.

8. Ariza beruvchi ushbu Nizomning 6-bandida nazarda tutilgan harakatlarni amalga oshirish uchun foydalanuvchining shaxsiy kabineti yoki “tadbirkorlik subyektining shaxsiy kabineti”dan erkin foydalanish imkoniga ega bo‘lgandan so‘ng “biznesni ro‘yxatdan o‘tkazish” — davlat xizmatini tanlaydi.




Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling