Marketing


-bob. Qayta ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi


Download 0.55 Mb.
bet9/39
Sana02.01.2022
Hajmi0.55 Mb.
#193183
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   39
Bog'liq
Marketing

3-bob. Qayta ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi

21. Ushbu Nizomga 7-ilovaga muvofiq ro‘yxat bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazish ma’lumotlariga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar majburiy qayta ro‘yxatdan o‘tkaziladi.



Oldingi tahrirga qarang.

Bunda joylashgan joyi (pochta manzili) o‘zgarganda yuridik shaxslar — tadbirkorlik subyektlarining ro‘yxatdan o‘tkazish ma’lumotlariga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar, bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan ortiq soliq qarzi mavjud bo‘lmagan taqdirda, ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organni xabardor qilish tartibida amalga oshiriladi.



(21-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-dekabrdagi 806-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.12.2020-y., 09/20/806/1662-son)

Ariza beruvchi davlat xizmatini tanlaganidan so‘ng ushbu Nizomga 7-ilovada nazarda tutilgan muddat mobaynida ushbu Nizomga 8 va 9-ilovalarga muvofiq belgilangan qayta ro‘yxatdan o‘tkazish uchun arizalar shakllari bo‘yicha ushbu Nizomning 10, 11, 13, 14-bandlarida nazarda tutilgan talablarni inobatga olgan holda so‘rovnomani shakllantiradi.

Qayta ro‘yxatdan o‘tkazish uchun Tizim vositasida ushbu Nizomning 13-bandida nazarda tutilgan talablarni inobatga olgan holda quyidagi hujjatlar so‘rovnomaga ilova qilinadi:

tadbirkorlik subyekti vakolatli boshqaruv organining ta’sis hujjatlariga ustav fondi miqdorining oshirilishi, ulushning (hissaning) boshqa shaxsga o‘tishi bilan bog‘liq bo‘lgan o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qarori;

davlat tilidagi ta’sis hujjatlari;

topshirish dalolatnomasi — qo‘shib yuborilganda va qayta tuzilganda;

taqsimlash balansi — ajratib chiqarishda;

tadbirkorlik subyekti vakolatli organining ta’sis hujjatlarida e’lon qilingan ustav fondi miqdori shakllantirilganligi to‘g‘risidagi hujjat — ustav fondi miqdori oshirilganda;



Oldingi tahrirga qarang.

tadbirkorlik subyekti — yuridik shaxs ishtirokchilari tomonidan qo‘shimcha hissalar va uchinchi shaxslar tomonidan to‘la miqdordagi hissalar kiritilganligini tasdiqlovchi hujjatlar (pul mablag‘lari o‘tkazilganligi to‘g‘risida bankning ma’lumotnomasi, O‘zbekiston Respublikasi hududiga mol-mulk olib kirganligini tasdiqlovchi bojxona hujjati, mol-mulkning oldi-berdi dalolatnomasi, kiritilayotgan mol-mulkka egalik huquqini tasdiqlovchi hujjat va boshqalar) — ustav fondi miqdori oshirilganda;



(21-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-dekabrdagi 763-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.12.2020-y., 09/20/763/1585-son — 2021-yil 4-martdan kuchga kiradi)

Oldingi tahrirga qarang.

ulushning (hissaning) boshqa shaxsga o‘tganligini tasdiqlovchi hujjat (shartnoma, xat, huquqiy vorislik, meros, sud qarori va shu kabilar) — ulush (hissa) boshqa shaxsga o‘tganda. Bunda ulushning (hissaning) boshqa shaxsga o‘tishi bilan bog‘liq o‘zgartirish va qo‘shimchalarni qayta ro‘yxatdan o‘tkazishda, muassislarning so‘rovnomada ko‘rsatilgan elektron pochta manziliga Tizim tomonidan yuborilgan xabarnoma va ularning muassisligini Yagona identifikatsiyalash tizimi orqali identifikatsiyalashni tasdiqlash yo‘li bilan har bir muassisning roziligi mavjud bo‘lishi kerak.



(21-bandning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-dekabrdagi 763-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.12.2020-y., 09/20/763/1585-son — 2021-yil 4-martdan kuchga kiradi)

Topshirish dalolatnomasi va taqsimlash balansi qayta tashkil etilayotgan yuridik shaxslarning barcha kreditorlari va qarzdorlariga nisbatan barcha majburiyatlari bo‘yicha, shu jumladan taraflar bahslashayotgan majburiyatlar bo‘yicha, huquqiy vorislik to‘g‘risidagi qoidalarni o‘z ichiga olgan bo‘lishi kerak — qayta tashkil etish yo‘li bilan tuzilayotgan tadbirkorlik subyektlari uchun.

Agar taqsimlash balansi qayta tashkil etilgan yuridik shaxsning huquqiy vorisini aniqlash imkonini bermasa, unda yangidan paydo bo‘lgan yuridik shaxslar qayta tashkil etilgan yuridik shaxsning o‘z kreditorlari oldidagi majburiyatlari bo‘yicha solidar javobgar bo‘ladilar.

Ta’sis hujjatlariga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimchalar kiritish ushbu Nizom 12-bandining yettinchi xatboshida nazarda tutilgan huquqni inobatga olgan holda ta’sis hujjatlarni yangi tahrirda qabul qilish yo‘li bilan amalga oshiriladi.

Aksiyadorlik jamiyati qayta ro‘yxatdan o‘tkazilgan taqdirda, ushbu bandning to‘rtinchi xatboshida ulushning (hissaning) boshqa shaxsga o‘tish qismida, to‘qqizinchi, o‘ninchi xatboshilarida nazarda tutilgan hujjatlar talab etilmaydi.

22. Davlat boji to‘langan paytdan boshlab Tizim ushbu Nizomning 15 va 16-bandlarida nazarda tutilgan harakatlarni bajaradi.

23. Ustav fondi miqdorining oshirilishi, ulushning (hissaning) boshqa shaxsga o‘tishi bilan bog‘liq bo‘lgan qayta ro‘yxatdan o‘tkazish amalga oshirilgan taqdirda Tizim foydalanuvchisi — ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ mas’ul xodimi xabarnoma olganidan so‘ng ushbu Nizomga 3-ilovada nazarda tutilgan muddatlarda taqdim etilgan hujjatlarni ushbu Nizomning 44-bandida ko‘rsatilgan rad etish uchun asoslar mavjud emasligi yuzasidan ko‘rib chiqishi va qayta ishlashi shart.

24. Tizim foydalanuvchisi — ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ mas’ul xodimi ustav fondi miqdorining oshirilishi, ulushning (hissaning) boshqa shaxsga o‘tishi bilan bog‘liq bo‘lgan qayta ro‘yxatdan o‘tkazish uchun qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda so‘rovnomani ko‘rib chiqish va qayta ishlash uchun:

ma’lumotlar va hujjatlar qonun hujjatlari talablariga muvofiq bo‘lgan taqdirda, Tizim vositasida Reyestrga kiritiladigan yozuvni shakllantiradi va kiritilishini tasdiqlaydi, bunda Tizim ushbu Nizomning 16-bandida nazarda tutilgan harakatlarni bajaradi;

ma’lumotlar va hujjatlar qonun hujjatlari talablariga nomuvofiq bo‘lgan taqdirda, Tizim ushbu Nizomning 47-bandida nazarda tutilgan harakatlarni bajaradi.




Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling