tadbirkorlik subyekti davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma (keyingi o‘rinlarda ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma deb ataladi) — ro‘yxatdan o‘tkazish ma’lumotlari Reyestrga kiritilganligi holatini tasdiqlovchi belgilangan namunadagi elektron hujjat;
vakolatli tashkilotlar — qonun hujjatlari bilan davlat soliq xizmati organlarida, davlat statistika organlarida davlat hisobiga qo‘yish, tadbirkorlik subyektlariga ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar, litsenziyalar berishga doir funksiyalar zimmasiga yuklangan davlat organlari va boshqa tashkilotlar, shuningdek qonun hujjatlarida belgilangan tartibda baholash, matbaa, bank faoliyatini amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlari;
Do'stlaringiz bilan baham: |