Muloqotning asosiy jihatlari: - Muloqotning asosiy jihatlari:
- – kommunikativ – odamlar o‘rtasida axborot almashinuvi;
- – interaktiv – odamlar o‘rtasida o‘zaro munosabatning tashkil etilishi: masalan, hatti-harakatlarni kelishib olish, funksiyalarni taqsimlash, suhbatdoshning kayfiyatiga, xatti-harakatlariga va fikrlariga ta’sir ko‘rsatish zarur;
- – perseptiv – muloqotdagi hamkorlar tomonidan bir-birlarini anglash va shu asosda o‘zaro munosabat o‘rnatish.
- Kommunikatsiya jarayoni quyidagi uchta shaklda amalga oshiriladi:
- 1) monolog shakli – axborot uzatishning bir tomonlamaligi bilan ajralib turadi. Bunda axborotlar o‘z manbasidan qabul qiluvchiga yuboriladi;
- 2) dialog shakli – axborot uzatishning ikki tomonlamaligi bilan ajralib turadi. Bunda axborotlar o‘z manbasidan qabul qiluvchiga yuboriladi, bir vaqtning o‘zida teskari aloqa tamoyiliga ko‘ra o‘zlashtirilgan va qayta ishlangan axborot uzatuvchiga qaytariladi. Dialog qaror qabul qilishda samarali bo‘lgan tizim hisoblanadi;
- 3) polilog shakl – axborot uzatishning ko‘p tomonlama harakterga ega ekanligidan dalolat beradi.
E’tiboringiz uchun rahmat!
Do'stlaringiz bilan baham: |