Marketingning funksiyalari, vazifalari va tamoyillari


Yangi tovar(xizmat) ishlab chiqarishda marketingning rolini oshirish


Download 1.83 Mb.
bet4/5
Sana16.02.2023
Hajmi1.83 Mb.
#1203258
1   2   3   4   5
Bog'liq
Marketingning funksiyalari, vazifalari va tamoyillari

Yangi tovar(xizmat) ishlab chiqarishda marketingning rolini oshirish
Yangi tovarni ishlab chiqarishda marketing faoliyatini amalga oshirish muhim ahamiyatga ega. Marketologlar iste’molchi ehtiyojlariga to’la mos keladigan mahsulot ishlab chiqarish taklifini berishi lozim. Yangi Tovar yaratish jarayonida bevosita xaridor bilan ushbu Tovar haqida muloqotga kirishish ham muhim ahamiyatga ega. Shu orqali muammoga yechim toppish yanada osonlashadi. Har bir mijoz talabidan kelib chiqqan holda turli dizaynli mahsulot yaratishda ham marketingni o’rni katta. Marketolog yangi mahsulot ishlab chiqarish haqidagi g’oyalarni chuqur tahlil qilishi va ular orasidan korxona imkoniyatlariga mos keluvchi va xaridor ehtiyojini to’la qondirishga qaratilgan eng optimal variantini tanlab olishi zarur. Bundan tashqari, marketologlar ishlab chiqarish imkoniyatlarini to’g’ri baholay olishi va texnologiyalarga yaxshi tushunishi zarur.
Sotish va sotishdan keyingi jarayonlarda zimat ko’rsatish sohasini rivojlantirish
Marketingda xizmat ko’rsatishni takomillashtirish differensiatsiya siyosatida muhim o’rin egallaydi. Bugungi kunda ko’plab tovarlar turli xususiyatlarga ko’ra bir-biriga o’xshaydi, lekin ular aynan xizmat ko’rsatish darajasi bilan o’zaro farqlanadi. Masalan, xaridor fast-fud mahsulotini buyurtma qilmoqchi bo’lsa, u turli do’konlarning xizzmat ko’rsatish darajasini o’zaro solishtiradi va buyurtma beradi. Shu sababli marketologlar raqobatchilardan ajralib turish va xaridorlarni jalb qilish uchun marketing xizmatlaridan foydalanadi. Hozirgi kunda raqobat muhiti rivojlangan sharoitda yangi xaridor jalb etishdan ko’ra mavjudlarini ushlab turish va bunda xizmat ko’rsatish darajasini tartibga solish muhim ahamiyatga ega.
Kommunikatsiya siyosatini shakllantirish
Xaridorlarni kompaniya ishlab chiqarayotgan mahsulot haqida axborot bilan ta’minlash va ular bilan tovarga oid sohalarda muloqotga kirishish jarayoni kommunikatsiya siyosatining asosini tashkil qiladi. Kommunikatsiya siyosatining asosiy roli u kompaniyaning ovozi bo’la olishidadir. Kommunikatsiya elementlaridan foydalanib xaridor xayolida Tovar haqida pozitiv fikr uyg’otish asosiy maqsadlardan bo’lib hisoblanadi. Har bir guruhning ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda kommunikatsiya elementlarini oqilona tanlash ham lozim. Websayt yaratish va xaridorlar orasida tovarni muhokama qilishga imkon yaratish ham korxona muvaffaqiyatiga katta hissa qo’shadi.

Download 1.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling