Marketingning funksiyalari, vazifalari va tamoyillari
Download 1.83 Mb.
|
Marketingning funksiyalari, vazifalari va tamoyillari
Marketingning funksiyalari, vazifalari va tamoyillari
AnnotatsiyaMarketing funksiyasini korxonaning boshqa funksiyalaridan farqi shundan iboratki, marketing funksiyalari xo’jalik yurituvchi subyektlar, uning iste’molchilari, mijozlari o’rtasida ayirboshlash jarayonini amalga oshirish va tashkil etishga qaratilgandir.Marketingning universal funksiyalari sotib olish, sotish, tashish, saqlash, standardlashtirish va baholash, moliyalashtirish, xavflar(risk)ning oldini olishni va marketing axborotlarini ta’minlashni o’z ichiga oladi. Biroq, zamonaviy marketing bozor ma’lumotlarini to’plash va ushbu ma’lumotni tahlil qilish kabi boshqa funksiyalarga ega.Marketing funksiyalari Bozorni rejalashtirish Qadoqlash brendlash Mijozlarni qo’llab- quvvatlash Bozor axboroti Ayirboshlash funksiyasi Mahsulotni loyihalashti-rishni rivojlantirish Standart-lash va baholash Moliya-lashtirish Xavflarni oldini olish Mahsulot taqsimoti Bozor haqida ma’umot (axboroti). Iste’molchilarning ehtiyojlarini, istaklarini va talablarini aniqlash va keyinchalik aniq mahsulotni va xizmatlarni muvaffaqiyatli sotish uchun turli qarorlar qabul qilish aniqlangan ma’lumotlarni tahlil qilish marketingning eng muhim vazifalaridan biridir. Tahlil maqsadi tashkilotning ichki zaif tomonlarini va kuchli tomonlarini, shuningdek, maqsadli bozorning siyosiy-huquqiy, ijtimoiy va demografik ma’lumotlarini baholashni o’z ichiga oladi. Bu ma’lumotlar bozor segmentlarida ham qo’llaniladi. Bozorni rejalashtirish. Bozorni rejalashtirish firmaning marketing maqsadlariga erishishga qaratilgan. Ushbu maqsadlar bozordagi ustunlikni yoki bozor ulushini oshirishni o’z ichiga olishi mumkin. Bozorni rejalashtirish funksiyasi ishlab chiqarish darajalari, qo’llab-quvvatlash (promotion) va boshqa harakat dasturlarini qamrab oladi. Download 1.83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling