Qadoqlash va brendlash
Qadoqlash mahsulotga mo’ljalllangan qadoqni ishlab chiqishni o’z ichiga oladi. Qadoqlash va etiketlash hozirgi kunda reclama vositasi sifatida xizmat qiladi, brendning umumiy tovar nomi va Tovar belgisini ajratadi. Xizmat ko’rsatish sohasida ham brendlash juda muhim hisoblanadi.
Mijozlarni qo’llab-quvvatlash
Mijozlarni qo’llab-quvvatlash juda muhim vazizfadir. Savdo bo’yicha maslahat, savdo-sotiqdan so’ng mijozlarga shikoyatlar va unga tuzatishlar, kredit xizmatlari, texnik xizmat ko’rsatish va iste’molchilar to’g’risidagi ma’lumotlarni o’z ichiga oladi. Masalan, suv tozalash vositasi 7 yil davomida xizmat ko’rsatish kafolati bilan sotiladi va bu marketingning muhim vazifasi sifatida qaraladi.
Marketing Vazifalari
- Assortiment siyosatini shakllantirish
- Kommunikatsiya siyosatini shakllantirish
- Yangi tovar(xizmat) ishlab chiqarishda marketingning rolini oshirish
Real va potensial xaridorlarning ehtiyojlarini aniqlash,
tahlil qilish va baholash
Har qanday biznesda xaridor haqidagi ma’lumotlarni bilish muhim ahamiyatga ega. Samarali biznes faoliyatini yurituvchilar o’z xaridorlarini yaxshi tushunishadi hamda Tovar va xizmatlarni ularga yetkazishning eng samarli usullarini bilishadi. Xaridor nima uchun aynan sizning mahsulotingizni sotib olmoqchi ekanligini tushunishingiz talab etiladi. Ularning aniq bir turdagi Tovar va xizmatga nisbatan ehtiyoji qanchalik tez-tez yuzaga keladi? Xaridor ehtiyojlarining hozirgi holatini bilishdan tashqari uning kelajakda turli omillar ta’sirida qanday shakllanishi mumkinligini ham aniqlashi zarur. Bu esa xaridorlarning sotib olish jarayonini bevosita kuzatish va ularning hisobini olib borish orqali amlaga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |