Marketingning ichki va tashqi muhiti


Download 0.76 Mb.
bet3/4
Sana31.03.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1312262
1   2   3   4
Bog'liq
Marketingning ichki va tashqi muhiti

    • Resellerlarga – ulgurji va chakana savdo bilan shug‘ullanuvchi korxonalar hamda alohida shaxslar, ya’ni tovarlarning taqsimot kanallari ishtirokchilari kiradi.
    • Logistik firmalarga – ombor va transport xizmatlarini ko‘rsatuvchi hamda tovarlarni ishlab chiqarish joyidan sotish joyiga etkazishni ta’minlovchi tashkilotlar kiradi.
    • Marketing agentliklariga – korxonaning tovar va xizmatlarini maqsadli bozorlarda siljitishga yordam beradigan marketing tadqiqotlari korxonalari, reklama agentliklari, konsalting firmalari va boshqa tashkilotlar kiradi.
    • Moliya vositachilariga – banklar, kredit va sug‘urta tashkilotlari kiradi

  • Aloqa(kontakt) auditoriyalariga – korxona faoliyatiga qiziqish bildiradigan va uning maqsadlariga erishish bildiradigan va uning maqsadlariga erishish bo‘yicha imkoniyatlariga ta’sir o‘tkazuvchi har qanday insonlar guruhidir
  • Makromuhit – bu korxonaning makromuhitiga ta’sir o‘tkazuvchi kuchli omillardir. Ularga demografik, iqtisodiy, tabiiy, ilmiy – texnik, siyosiy va madaniy omillar kiradi.
  • Korxonaning tadbirkorlik faoliyati yuritishiga imkoniyatlar yaratuvchi va unga xavf – xatarlar etkazuvchi makromuhit omillar ta’sir qiladi
  • Marketingni tashkil etish - marketing xizmatini boshqaradigan idoralarning tashkiliy ko‘rinishi bo‘lib, u yoki bu topshiriqni bajarish uchun bo‘ysunish va javobgarlikni belgilaydi.

Marketingni tashkil qilish - korxonada bir necha yo‘nalishda amalga oshirilishi mumkin:


1. Funksional-bunda javobgarlik taqsimot, sotish, ta’minot va tovar harakatini tashkil qilish doiralariga tushadi.
2. Tovarlar tamoyili bo‘yicha tashkil etish. Unda funksional tamoyillarga, yana bir tovar markasi uchun boshqaruvchilar qo‘shiladi.
3. Bozor tamoyili bo‘yicha tashkil etish. Unda funksional tamoyillariga, yana bir qo‘shimcha, ya’ni hudud bozorlari va iste’molchilar turi bo‘yicha boshqaruvchilar qo‘shiladi.

Funksional tashkil etishning yutuqlari, bo‘linmalarning boshqarishdagi soddalik, bajariladigan funksiyalarga yuqori javobgarlikdan iboratdir. Lekin bu tuzilishning qator kamchiliklari ham mavjud:


➢ tovarlar bo‘yicha maxsus bo‘limlarning yo‘qligi;
➢ bozorning hududiy segmentlari bo‘yicha maxsus bo‘limlarning yo‘qligi;
➢ bozor talablarining o‘zgarishi va iste’molchilar talabiga operativ reaksiyaning sustligi;
➢ marketing tashkilotlari tadbirlarning moliyalashtirish masalalarini hal etishning qiyinlashganligi.

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling