- Tovar tamoyili bo‘yicha tashkil etish tovarlar va ular guruhlari bo‘yicha bo‘limlar tashkil etishni talab etadi. Unda tovar bo‘limlari bo‘yicha mustaqil qaror qabul qiladi. Marketing xizmatining tashkiliy tuzilishi bu kabi bo‘lgan shakl, avvalo ishlab chiqaradigan tovarlar assortimenti katta bo‘lgan firmalarga to‘g‘ri keladi. Tovar tamoyili bo‘yicha tashkil etish shakli ham, shuningdek kamchiliklarga ega. Boshqarishning bu kabi tizimi marketing faoliyatining o‘ziga xos tomonlarini doim ham e’tiborga olmaydi. Tovarlar bo‘yicha guruhlar ishchilari o‘z majburiyatlarini samarali bajarish uchun etarlicha huquqlarga ega emas, boshqaruv apparatida katta sonli guruh va guruhchalar paydo bo‘lishi bilan ularni ushlab turish katta xarajatlar talab qiladi.
- Bozor tamoyili bo‘yicha tashkil etishda deyarli barcha korxonalar o‘z tovarini xarakteri jihatidan turlicha bo‘lgan bozorlarda sotadi. Turli bozorlarning sotib olish xususiyatlari yoki turli tovar ustunliklariga ega bo‘lgan hollardagina bozor tamoyiliga ko‘ra tashkil etish maqsadga muvofiqdir. SHuning uchun marketing xizmati bo‘limlari asosiy bozorlarga qarab tuziladi
E’tiboringiz uchun rahmat!! Presentación
Do'stlaringiz bilan baham: |