Marksheyderlik ishi va geodeziya


Zarmitan oltin konida gorizontlarning marksheyderlik ta’minoti


Download 1,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/19
Sana23.06.2023
Hajmi1,93 Mb.
#1650945
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
ssss

3.2. Zarmitan oltin konida gorizontlarning marksheyderlik ta’minoti 
loyihasini tuzishda zamonaviy geografik axborot tizimi va texnalogiyalarini 
qoʻllashning uslubiy asoslari 
 
Konlami 
qazib olishdagi geologik-marksheyderlik ishlarni dasturiy 
taʻminlashni avtomatlashtirish hisobiga konchilik korxonalari ishlab 
chiqarishining iqtisodiy samaradorligi va raqobatbardoshligini oshirish 
marksheyderiyada GAT texnologiyalami qoilashning asosiy maqsadi 
hisoblanadi. Chunki konchilik korxonasining taʻsir doirasidagi hududlarda
texnogen oʻzlashlirishlarni prognoz qilishning aniqligini oshirish, sanoat 
miqyosida oʻzlashtiriladigan foydali qazilma zaxiralarini ishonchli baholash
imkoniyatlari kon-geologik va ekologik-geografik modellarini ularni
oʻzlashtirishning kon-texnologik moddalari bilan birlashtirish, foydali qazilma
konlarini iqtisodiy boshqarishning tezkorligini sezilarli darajada oshiradi. Oxir 
oqibat, yer qaʻridagi mineral xomashyoning muayyan potensial bozor narxi,
ishlab chiqarishning chiqimdorligi ehtimolini inobatga oladigan boʻlsak, 
yetarlicha qatʻiy ekologik-iqtisodiy cheklovlar va ijtimoiy-texnologik
talablarning doimiy оʻsib borish sharoitida konchilik kompaniyasini strategik 
rivojlanishini rejalashtirishning bugungi kundagi zaruriy unsuri hisoblanadi. 
Hozirgi vaqtda yer osti boyliklarini oʻzlashtirish va foydali qazilmani qazib
olishda kompyuter texnologiyalar va dasturiy vositalar keng joriy etilmoqda. Ular
xarita tuzish kabi qiyin ishlarni avtomatlashtirish, geologik strukturalarni 
vizuallashtirish, konchilik ishlarini rejalashtirish va sanoat miqyosidagi kon 
zaxirasini hisoblash kabi ishlarni amalga oshirishda qoʻ1 kelmoqda. Soʻz albatta
birinchi navbatda ixtisoslashgan geoaxborot tizimlar toʻgrisida bormoqda,
chunki aynan GAT konchilik sanoatining amaliy masalalarini tezkor va
samarali yechish imkonini yaratmoqda. Oxirgi yillarda geologlar,


50 
marksheyderlar va konchi muhandislar tomonidan geologik-marksheyderlik 
geoinformatsion tizimlari jadal qoʻllanilmoqda.
Bu tizimlar anʻanaviy GAT bilan
hamohang boʻlib, funksional jihatdan kengaygan va qator xususiyatlar boʻyicha
farqlanadi, ulardan asosiylari quyidagilar: 
yer qa’ridagi konlaming koʻrsatkichlari va atributlarning joylashuvi
tabiatan uch oʻlchamli bo’lganligi sababli asosiy yoʻnalish hajmiy masalalarni 
yechishga qaratilishi; 
foydali qazilma konlarini ifodalash uchun matematik modellash- tirishning 
keng imkoniyatlaridan foydalanish, 1:500 dan 1:5000 gacha masshtablarda koʻp 
qatlamli xarita, plan va qirqimlarni yaratishni avtomatlashtirish; 
maxsus texnologik masalalarni yechadigan tizim yoki modellarni 
mavjudligi; (foydali qazilma hajmi va zaxirasini hisoblashdan taqvimiy 
rejalashtirish va qazib olishni optimallashtirishgacha); 
ish natijalarini ayoniy grafiklarda tadqiq etish uchun dinamik, vaqt sari 
oʻzgaradigan modellarni vizuallashtirish.
Amaliyotda yer osti boyliklaridan foydalanish bilan bogʻliq barcha 
yetakchi GATlar original formatda saqlanadigan maʻlumotlar bazasini 
boshqarish tizimi boʻlgan xususiy koʻrinishli yadroga ega. Lekin, soʻnggi 
vaqtlarda ODBC mexanizmi orqali boshqa mavjud ma’lumotlar bazalari bilan 
munosabatlarni oʻrnatish va Oracle, MS Access ga olish harakatlari keskin 
sezilmoqda. Fazoviy va atributiv ma’lumotlani oʻzaro aloqadorlik variantlari har
xil turdagi mega ma’lumotlar uchun georelatsion va integrallashgan shaklda
namoyon boʻlmoqda. Fazoviy ma’lumotlaning oddiy turlari: nuqta, geologik
namunalash trayektoriyasi; poligonlar va koʻp chiziqlar, triangulatsiya
tarmoqlari, regular panjaralar va bloklar, noregular toʻrli modellar va chekli
unsurlar toʻri, uzluksiz hajmli ruda tanalari. Mos ravishda sirt relyefining
tarqalgan nuqtalari, gorizontal tekislikda bir xil jismlarni ajratuvchi chegara
kontaktlar yoki geo koʻrsatkichlar (burgʻiquduq stvoli boʻylab ruda qiymatlari
yigindisi koʻrsatilgan qatlarining hisoblangan qalinligi) 2D nuqtalari sifatida 


51 
qaraladi; shunda, togʻ jinslari massividan olingan geologik natija nuqta sifatida 3D 
nuqta hisoblanadi. Bu oʻz navbatida ikki va uch oʻlchamli interpolyatsiyalash
usullarini tanlab qoʻllash imkoniyatini yaratadi, ya’ni teskari masalalar usuli,
nuqtali yoki indikatorli kriking, uchburchaklar toʻri boʻylab interpolatsiyalash
va boshqalar. Natijada topografik tartibli 2D modelli rastrali interpolatsion
panjara yoki matritsali (vekselli) geologik kartalarning 3D modeli shakllanadi.
Hajmli modellami odatda blokli uzluksiz modellar deyishadi, chekli 
uchburchaklar fazoviy toʻrlarini (oktayerderlar, tetrayederlar yoki undanda
murakkabroq poliyederlar) esa noregular boʻladi. Masalan, aytish mumkinki
ba’zi bir choʻkindi va sochma konlarning zaxirasini hisoblash maqsadida yetarli
boʻladi, ularni Deloney triangulatsiya tarmogʻi orqali yoki Voronoyning ikki
yoqlamali diagrammasi bilan ifodalangandan keyin foydali komponentlarning
zaxirasini kerakli aniqlikda baholasa boʻladi. Umumiy holda, biroq, ruda
tanasining atrof togʻ jinslari bilan boʻlgan chegarasining yemirilganligi kon
massivining struktura-teksturaviy xususiyatlari, tektonik buzilishlarni inobatga
oluvchi uch oʻlchamli karkas blokli modelini toʻliq qurishni amalga oshirish zarur. 
Skanerlangan, raqamlangan geologik plan va qirqimlar qurishning 
avtomatlashtirgan va ekspert usullari taqqoslash uchun xizmat qiladi.
Odatiy muammo shundaki, plan va qirqimlarda ruda tanasini chegaralash 
geologlar tomonidan qoʻlda bajarilgan boʻlib, zaxira boʻyicha Davlat 
komissiyasi tomonidan tasdiqlangan arxiv kartografik materiallar har doim 
ham mos kelmaydi. Qoʻshimcha razvedka va qazib olish jarayonida mazkur 
matetiallar eskiradi va ular doimo aktualizatsiyalanishi zarur. Yer osti
boyliklaridan foydalanishda GATni qoʻllashning muhim Davlat miqyosidagi
bu foydali qazilma konlari zaxirasining miqdor va sifatini Davlat zaxira
komissiyasida tasdiqlash uchun avvaldan baholashdan iborat. 
Foydali qazilma sanoat miqyosidagi geologik zaxirasini baholash iloji 
boricha uning miqdor va sifat koʻrsatkichlarini aniqroq topib, qazish, tayyorlash
va boyitish yoʻli bilan yer qaʻridan chiqarib olish iqtisodiy samarali
ekanligini tasdiqlashga xizmat qiladi. Oʻzlashtiriladigan konlar zaxirasini har


52 
tomonlama baholash nafaqat kon uyumining hajmi va undagi foydali
komponetaning miqdorini aniqlashni oʻz ichiga oladi, balki qazib olish,
boyitish va tayyor mahsulotni sotishning texnik va qonuniy jihatlarini hisobga 
oladi. 
Shunday qilib, foydali qazilma konlarining sanoat miqyosidagi geologik
zaxirasini baholashda foydalanadigan ilmiy darslar roʻyxati geodeziya, 
geologiya, marksheyderiya, konchilik ishi, boyitish, konchilik ishlab chiqarishi
iqtisodi, yerdan foydalanishning huquqiy masalalari yer qa’rini muhofazalash va
ekologiya kabilarni oʻz ichiga oladi. Shuning bilan birga GATning zamonaviy
texnologiyalari yer osti boyliklaridan foydalanishda konlarning sanoat
miqyosidagi zaxirasini va uni qazib olishdagi oqibatlami baholash bilan
bogʻliq kompleks masalalar yechimini taʻminlash uchun zazur boʻlgan barcha
dasturiy vositalarni oʻzida jamlaydi. 

Download 1,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling