Marksheyderlik ishi va geodeziya
Qazib olingan ma'danning tovar va geolog holatidagi
Download 1.93 Mb. Pdf ko'rish
|
ssss
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qazib olingan madanning haqiyqiy yoqotilish va sifatsizlanishi
Qazib olingan ma'danning tovar va geolog holatidagi
miqdori Tovar T Geolog T Столбец1 54 3.2-grafik.Qazib olingan ma’danning haqiqiy yo’qotilishi va sifatsizlanishi. Blok 51306a- 51307a ma’danni qisqa shpurlar yordamida portlatib magazinlash usuli orqali qazib olingan. Loyihada umumiy yoʻqotish koeffitsienti - 6.2 % va ma’danga nomaʻdan togʻ jinslarining aralashish darajasi 53.0 % qilib belgilangan. Blok zarmitaan konining N3- sonli yer osti usulida ma’danni qazib olish togʻ- kon uchastkasiga qarashli. Blok 51306a-51307a qazib olingan ma’dan miqdori 2021 yilning sentabr - dekabr oylari hamda 2022 yilning iyul-avgust oylari yakuni boʻyicha oʻtkazilgan geolog va marksheyderlik oʻlchov dalolatnomasidaa koʻrsatkichlar blok pasportidagi ma’dan harakati jadvalida keltirilgan miqdorlarga mos keladi. Blok 51306a-51307a – 05.011.2021 yildagi N5 sonli dalolatnomaga asosan qazib olish birligi sifatida ekspluatatsiyaga qabul qulingan. Tik laximlar 51306a dan 33 dona,51307a dan 12 dona Borazda usulida naʻmunalar geolog tomonidan olingan. Birlamchi hujjatlashtirish 1084-raqaamli jurnalda, Borazda usuli orqali olingan na’munalarning taxlil natijalari esa 1083- 6,5 7,4 6,4 6,38 6,67 6,49 6,6 68,1 12 63,4 48,9 25 45 49,4 Sentabr 2021 Oktabr 2021 Noyabr 2021 Dekabr 2021 Iyul 2022 Avgust 2022 Jami Qazib olingan ma'danning haqiyqiy yo'qotilish va sifatsizlanishi Haqiqiy yo'qotilish % Haqiqiy sifatsizlanish % Столбец1 55 raqamli jurnalga qayd qilingan. Blok 51306a-51307a dan jami 45 dona borazda usulidagi na’munalar geolog tomonidan olingan. Bugungi kunda blokda hisoblangan 3731 T. (geologik) holatdagi ma’danning pasportda koʻrsatilgan maʻlumotiga asosan 40.9 % qazib olingan.blokda loyihada belgilangan va kon ishlarini rivojlantirish rejasida kelishilgan koʻrsatgichga nisbatan (6.2 %) ma,danni yoʻqotish koʻproq boʻlib ketgan(6.6 % ). Ma’danga noma’dan togʻ jinslarining aralashish darajasi 2021 yilning sentabr va noyabr oylarida (68.1 %-63.4 %) loyihada koʻrsatilgan (53.0 %) dan katta boʻlgan. Yakuniy hisobda- 49.4 % , ya’ni noma’dan togʻ jinslarining aralashish darajasi normadan past. Zarmitan oltin konida olib borilgan samarali marksheyderlik ishlari misolini yana bir blokda olib borilgan ishlar hajmidan ham bilib olishimiz mumkin. Zarmitan oltin konida bloklarni qazib olishda uzoq yillardan beri oʻzini oqlab kelayotgan usul bu “Tik kompensatsion kameralarga majburan qulatish” usulidir. Bu qazish tizimi odatda ruda tanasi oʻta qalin va mustahkam boʻlgan konlarni qazib olishda qoʻllaniladi. Bu tizimni shunday holatda qoʻllash mumkinki agar gorizontal qatlamlarning qat-qatligi tufayli yoki darzliklar bilan ruda massivini qulatish maqsadga muvofiq kelmaganda “Sibruda” ishlab chiqarish birlashmasi amaliyotida qoʻllanilgan tik parallel yaqinlashtirilgan skvajinalar qoʻllab rudani qulatib qazib olish tizimi variantini koʻrib chiqamiz: Bu holatda qavat balandligi 70-80 m,kengligiga 25-27 m va uzunligi ruda tanasi qalinligiga teng oʻlchamda bloklarga boʻlinadi. Blok boʻylab kengligi 4-6 m konpensatsion kamera oʻtkaziladi. Bu kamera pastlashib boruvchi parallel yaqinlashtirilgan skvajinali portlovchi moddalar zaryadini kesuvchi vosstayushiy(tik laxim) ni portltib qulatish yoʻli bilan amalga oshiriladi. Blokni asosiy qismida pastlashib boruvchi skvajinalar taraamini chuqurligi 50 m, shift qismi esa toʻdalangan yuqoriga koʻtariladigan chuqurligi 20 m boʻlgan skvajinalar burgʻilanadi. Diametri 105 mm skvajinalarni NKR-100 M rusumli stanokda burgʻilash ortlarida burgʻilaydi. Ortlar oraligʻidagi masofa 7-8 m, toʻdalar oraligʻi esa 6-7 m. Toʻdadagi skvajinalar soni rudani mustahkamligiga bogʻliq holda 12-25 donagacha oʻzgaradi. Voronkalar gorizonti 56 ustidagi ostidan kesilgan boʻshliq balandligi 8 m koʻtarilish tartibida yelpigʻichsimon (veyer) burgʻilab joylashtirilgan skvajinalarni portlatib hosil qilinadi. Rudani yuk tashiladigan ortga chiqarish titratma qurilma VDPU-4TM ni lahimga shaxmat tartibida oʻrnatib amalga oshiriladi. Yuqorida keltirilgan texnalogiya koʻp yillardan beri koʻplab rudniklar amaliyotida qoʻllanilish natijalariga koʻra shu narsaga zarurat seziladiki, portlovchi moddalarni ruda massivida bir tekis taqsimlash, yoʻnaltirilgan zaryadlar qatorlarini sonini koʻpaytirish yoʻli bilan va shunga muvofiq yoʻnaltirilgan skvajinalar sonini 6-8 tagacha kamaytirish va skvajinalar chuqurligini kamaytirish natijasida ularni berilgan yoʻqolishdan chetga ogʻish ehtimolini kamaytirish imkonini beradi, hamda zaryadlarni zichligini va burgʻilash tezligini oshiradi. Tizimning takomillashtirilgan variant uch va toʻrt qatorlab joylashtirilgan uchrashuvchi skvajinalar yuqoriga yoʻnaltirilib burgʻilash va pastki kesuvchi gorizontdan burgʻilash (rasm) koʻrsatilgan. Ostki qismidan kesilgan gorizontda lahim oʻtishda oʻzi yurar uskunalar qoʻllash maqsadga muvofiq keladi. Blokni uzoq muddat burgʻilash (bir necha oy davomida) burgʻilangan skvajinalar deformatsiyalanishiga va 30 % ga yaqinini yoʻqotilishiga olib keladi. Albatta marksheyder qazib olinayotgan massaning rejadan ortiq qismi yoʻqotilishini oldini olish choralarini koʻrishi kerak. Bu yoʻqotilishlarni oldini olish uchun: -qoʻshni blokni burgʻilab boʻlganidan soʻng birinchi navbatda ikki oy davomida keyingi blokni ham burgʻilashga ulgirishi kerak; -birinchi navbatda burgʻilanmagan massiv chegrasidagi skvajinalar qatori burgʻilanadi; -qulatilgan tomondagi skvajinalar qatorini, keying navbatda blokni zaryadlash oldida burgʻilaydi; -burgʻilash yoʻnalishi, kesuvchi tirqishga teskari yoʻnalishda burgʻilangan boʻlishi zarur. Ushbu tizim uzoq yillardan beri oʻzini oqlab kelayotganligi sababli Zarmitan konida ham ushbu usuldan keng koʻlamda foydalanib kelinmoqda. Blokni 57 qavatlarga boʻlib majburlab portlatib rudani ajratib olish usuli nisbatan boʻsh togʻ jinslari uchragan joylarda olib boriladi. Zarmitan konida har bir gorizont 60 m ekanligini hisobga olsak qavatlar 12-15 m qilib 4 ta etajlarga boʻlingan. Etajlarning portlatish ketma ketligi yuqori etajlardan pastki etajlarga tomon ketma ketlikda portlatib boriladi. Portlatish burgʻilarning yelpigʻichsimon jamlanmalari (veyir) yordamida amalga oshiriladi. Qulab tushgan massa oʻz navbatida oʻz ogʻirlik kuchi bilan pastlikka qulaydi. 3.1-rasm. Tik kompensatsion kameralarga majburan qulatish usulida qazib olish. Pastki birinchi etajlarda oʻzi yurar uskunalar harakatlana olganligi uchun birinchi qavaatni “Simba” nomli oʻzi yurar burgʻulovchi uskuna burgʻilaydi. Bu burgʻulovchi mashinaning burgʻilash koronkasi diametri katta boʻlganligi uchun veyrlar orasidagi masofa nisbatan kattaroq yaʻni, 1.40 m boʻladi. Ba’zan bu oʻzi yurar mashina ikkinchi qavatga ham qiya oʻtilgan lahimlar orqali chiqishi mumkin, lekin ko’p hollarda etajlarda qiya lahimlar uchramaydi. 58 3.2-rasm. O’zi yurar burg’ulovchi texnika. Qolgan yuqori qavatlarda esa “Junior” nomli burgʻilovchi qurilmada burgʻilanadi. Bu burgʻilovchi qurilmaning koronkasi diametri kichikroq boʻlganligi uchun veyrlar orasidagi masofa ham nisbatan kichikroq boʻladi ya’ni 80 sm. 3.3-rasm. Burg’ilovchi qurilma. 59 Blokda qulatilgan ruda massasida sifatsizlanishlar yoki massivda yoʻqotilishlar rejadagidan ortib ketmasligi uchun marksheyder oʻz navbatida har bir veyirlar orasidagi masofani, veyirlardagi skvajinalarning toʻgʻri gradusda oʻtilayotganligini tez-tez nazorat qilishi kerak. Bularning hammasi marksheyderga yanada aniq ishlash majburiyatini yuklaydi.(Ilovada) Zarmitan konida Blok 70144- 70145 da olib borilgan ishlar hajmini proektsiya va planda koʻrib chiqishimiz mumkin. Ularda har bir etajning qazib olingan massa hajmi va veyirlar skvajinasining gradus va oʻtilgan uzunliklari bilan tanishish mumkin. Download 1.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling