Marksheyderlik ishi va geodeziya
Zamonaviy elektron geodezik priborlarning Zarmitan oltin konida
Download 1.93 Mb. Pdf ko'rish
|
ssss
2.3 Zamonaviy elektron geodezik priborlarning Zarmitan oltin konida
qoʻllanilishi Zamonaviy topografik tadsvirga olish usullaridan taxeometrik tasvirga olish yuqori darajada avtomatlashtirilgan. Aynan elektron taxeometrik tasvirga olishda joining oʻzida maʻlumotlar elektron taxeometrning ma’lumotlarini tarqatish vositasida qayd qilinadi. Zamonaviy topografiyada nuqtaning yer yuzasida joylashgan oʻrnini aniqlashning koʻpgina usullari ma’lum, jumladan; 1.Topografik informatsiyalarni joining oʻzida toʻplash va qayd qilishning yarim avtomatik qurilmalari CPE-3(Wild Shvetsariya, REG)100, 200(“Opton”FR G), Geodat 124 (AGA Shvetsiya). 2. Tekislikda lazer nurini aylanma boʻylab yoyilishiga asoslangan usullar. 3. Parametrik uchburchak tamoyiliga asoslangan geodezik oʻlchashlar usuli. 4. Lazerli tekisliklar vositasida skanerlash. 5. Fotopanoramali tasvirga olish usuli. 6. Topografik tasvirga olishning fototopografik usuli. 37 GAT da ma’lumotlarni toʻplash nuqtai nazaridan qoʻyilgan talablarni elektron taxeometr va yarimavtomatik xaritalash hamda joyni skanerlash usullari qoniqtiradi. Oxirgi vaqtlarda taraqqiy etgan davlatlarda GAT uchun fazoviy ma’lumotlarni toʻplash va qayta ishlash uchun elektron taxeometrlar, global pozitsion tizimlar (GPS) bilan bir qatorda lazerli skanerlar keng qoʻllanilmoqda. Bevosita joining oʻzida skanerlash jarayonini va keyinchalik oʻlchamli maʻlumotlarni qayta ishlash kompiyuter texnalogiyalarining soʻnggi yutuqlarini oʻz ichiga toʻliq mujassamlashtirdi. Maxsus dasturiy taʻminotga ega boʻlgan kompiyuter va lazerli skaner birgalikda dasturlangan-apparatlar majmuining asosini tashkil etdi. Yer yuzasida amalga oshiriladigan lazerli skanerlshning asosiy mazmun-mohiyati obyekt sirtidagi nuqtaning fazoviy kordinatalarining aniqligidan iborat. Koʻpgina hollarda bu amal skanerdagi lazerli dalnomer yordamida nuqtagacha boʻlgan masofani oʻlchash natijasida bajariladi. Har bir oʻlchashda dalnomerning nuri oʻzining oldingi holatidan skanerlash matritsasi boʻlishi mavxum normal toʻr tugun nuqtasidan oʻtadigan darajada ogʻadi. Matritsaning ustun va qatorlari tanlanishi mumkin. Matritsa nuqtalari qanchalik zich boʻlsa obyekt sirtidagi oʻlchangan nuqtalar zichligi ham yuqori boʻladi. Obyekt yonida lazerli nurlanish impulslari oynalar tizimi orqali oʻtadi. Ular lazer nurini qadam-baqadam ogʻishini taʻminlab beradi.ikkita harakatlanuvchi oynadan iborat boʻlgan konstruksiyalar keng tarqalgan.Ulardan bir nurning gorizontal ogʻish uchun “mas’ul” boʻlsa, ikkinchisi uni vertikal ogʻishini ta’minlaydi. Skanerning oynalari pretsizion servomotor boshqaradi va ular oxir oqibatda tasvirga olinayotgan obyektga nurning yoʻnaltirilganlik aniqligini taʻminlaydilar. O’lchangan masofa va oynalarning ogʻish burchagi qiymati boʻyicha protsessor har bir nuqtaning kordinatalarini hisoblaydi va GAT ning informatsiyani kiritish tizimiga uzatishga tayyorlaydi. Hozirgi vaqtda lazerli skanerlash topografik obyekt toʻgʻrisida eng tezkor, batafsil va ishonchli informatsiyani tayyorlash usuli hisoblanadi. Faqat skaner oʻz navbatida tasodifiy nuqtalarning kordinatalrini aniqlaydi.Chunki 38 skanerlash matritsasi obyektga nisbatan qanday joylashsa shunga mos nuqtalarning koordinatalari aniqlanadi. Belgilangan nuqtaga skanerni yoʻnaltirish qiyin masala. Shuning bilan birga har qanday skaner (masalan RieglVZ 420i) nuqta kordinatalrini oʻzining shartli sistemasida aniqlaydi. Bu sistemaning parametrlarini qayd qilish mushkul ish. Shu sababli skanerlash orqali aniqlangan nuqtalarning koordinatalarini kerakli sistemada transformatsiyalash (keltirish) avvaldan koordinatalari aniqlangan uchta tayanch nuqta boʻyicha amalga oshiriladi. GIS da avval taʻkidlanganidek barcha manbalardan toʻplangan maʻlumotlar vektorizatsiyalanadi va rastrlanadi, shu jumladan skanerlash orqali olingan obyektning koordinatalari ham. Ma’lumotlar manbalarning tasvir proektsiyalari,koordinatalar sistemasi,masshtablari xilma-xil boʻlganliklari uchun ularni yagona proektsiya va va koordinatalar sistemasiga keltirish, ya’ni vektorizatsiyalashtirilgan va rastrli informatsiyani mavjud sharoit uchun qoʻllanilayotgan proektsiya va koordinatalar tizimi bilan bogʻlash masalasi yuzaga keldi. Bugungi kunda Zarmitan oltin konida Leica TC07 RU R1000 2 EGL- AutoHeight funksiyasiga ega elektron taheometr qoʻllanilib kelmoqda. Bu elektron taheometr bir tugmani bosish orqali oʻrnatish balandligini avtomatik oʻlchash imkonini beradi, bu esa bizga qurilmani deyarli bir zumda ish holatiga keltirish imkonini beradi. Umumiy stansiyada ham oʻrnatilgan reflektorsiz rejimda 1000 m diapazonga ega PinPoint diapazoni va 5 dan 150 m gacha boʻlgan EGL lazer chizigʻi indikatori mutaxasisga prizmaning harakatlanish yoʻnalishini toʻgʻri aniqlashga yordam beradi, bu jarayonni sezilarli darajada osonlashtiradi ba tezlashtiradi. Eng aniq va tezkor oʻlchovlar uchun innovatsion texnalogiyalar Leica TC07 RUS R1000 2 EGL taxeometridagi maaxsus Leica flexField dasturiy ta’minoti tabiatdagi nuqtalarni belgilash, ob’ektni belgilash, kirish qiyin boʻlgan nuqtagacha boʻlgan masofani oʻlchash oʻrganilayotgan obʻyektning maydonini aniqroq va samaraliroq hisoblash va hokazolarni amalga oshiradi. Masalan 39 qurilma joylashgan joydan ma’lum radiusda xaritada nuqtalarni koʻrish uchun filtr oʻrnatishingiz mumkin. Dasturiy ta’minot Windows operatsion tizimiga asoslanganligi sababli smartfon yoki zamonaviy shaxsiy kompiyuterga ega boʻlgan tajribasiz foydalanuvchi ham qurilmani boshqarishni oʻrgana oladi. Boshqarish, funlsiyalarning tushunarliligi sababli o’zim ham bu qurilmani tezda o’rganib syomka qilish jarayonlarida bevosita ishtirok etdim. 2.3-rasm.Leica TC07 elektron taxeometrida Marksheyderlik tochkasini barpo qilishdagi syomka jarayoni. 40 Qulay operatsiya va oʻylangan dizayn. Leica TS07 RUS R1000 2 EGL umumiy stansiyasining sensorli displeyi qurilmaning juda past haroratlarda ishlashi paytida toʻgʻri ishlamasa, siz standart alfavit raqamli klaviaturadan foydalanishingiz mumkin. Shu bilan birga elektron oʻlchamlari bir vaqtning oʻzida barcha kerakli maʻlumotlarni koʻrsatishga imkon beradi. Elektron umumiy stansiya 30 soatdan ortiq xizmat muddatiga ega lity-ionli akkumuliyator bilan quvvatlanadi, bu esa qurilmadan uzoq muddat dala tadqiqotlari uchun foydalanishga imkon qurilmaning har ikki tomonida joylashgan. Bir soʻz bilan aytganda ushbu qurilma Zarmitan oltin konida laximlarni, laxim devorlarini va hattoki tik laximlarni ham syomka qilishda marksheyderlarga ishonchli yordam koʻrsatib kelayotgan qurilma hisoblanadi. 2.4-rasm. Leica TS 07 Shtativ bilan. 2.5-rasm.Leica TC 07. Zarmitan oltin konini oʻlchash va syomka ishlarini aniqroq va yanada osonlashtirish maqsadida hozirgi kundagi eng zamonaviy priborlarni tadbiq qilishni taklif qilgan boʻlar edim. Bugungi kunda kon laximlarini yana samaraliroq syomka qilish uchun Rossiya yetakchi marksheyderlari LiBackpack C50 qurilmasini tavsiya qilishadi. Bu qurilmani zarmitan konida qo’llasak har qanday kon lahimlarining 3D modelini va nuqtali tasvirini hosil qilib rudani qazishga tayyorlash, qazish, o’tilayotgan lahimlarni nazorat qilish kabi ishlarni ancha samarali olib borishga yordam bergan bo’lar edi deb hisoblayman. 41 Quyida bu qurilmaga batafsil toʻxtalib oʻtamiz. Libackpack C50 atrofingizdagi dunyodan ma’lumotlarni yigʻish, qayta ishlash va taxlil qilish vositasidir. Kamera mavjudligi skanerlangan obyektlarning 3D modelini (rangli nuqta bulutli) va panoramali tasvirlarni 360 daraja koʻrinish bilan sinxronlashtirish imkonini beradi. Bu qurilma sizga qisqa vaqt ichida koʻp sonly ob’ektlarni video va foto fiksatsiyalari bilan skanerlash imkonini beradi. 2.6-rasm. Lazerni skaner modellari. Download 1.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling