Marksheyderlik ishi va geodeziya


Yer osti konlarini rivojlantirishda xorijiy tajribalar


Download 1.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/19
Sana23.06.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1650945
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19
Bog'liq
ssss

1.3 Yer osti konlarini rivojlantirishda xorijiy tajribalar 
Bugungi kunda yer osti konlarini marksheyderlik rivojlantirishda butun 
dunyo boʻylab jadal izlanishlar olib borilmoqda. Yer ostida oʻlchash ishlarini 
yanada aniqroq va samaraliroq olib boorish maqsadida kundan kunga yangi 
texnika va texnalogiyalar ixtiro qilinmoqda. Qolaversa bu zamonaviy 
texnalogiyalarni marksheyderlarning shaxtalarda va karyerlarda samarali ishlata 


23 
olishlari uchun oʻquv mashgʻulotlari ham olib borilmoqda. Buning misolida 
Rossiyaning “Kolmar” korxonasi kon-marksheyderlari zamonaviy uskunalardan
foydalanish hamda ishlab chiqarishni raqamlashtirish boʻyicha oʻqitildi. 
Bir necha yillar davomida “Kolmar” kompaniyasi koʻmir omborlari va 
topogefik rejalarni yaratish uchun mahalliy ishlab chiqarilgan “Geoscanʻ 
uchuvchisiz uchish apparatida suratga olishda muvqffaqiyatli foydalanmoqda. 
1.4-rasm. Geoscan uchuvchisiz uchish apparati bilan amaliy tanishuv jarayoni. 
Kolmar kompaniyasida ishlab chiqarishni raqamlashtirishni davom ettirish 
doirasida 2022 yil aprel oyida poleos kompaniyasi zamonaviy Gexel lazer 
skanerini (Italiya) va DJI (Xitoy) ilgʻor uchuvchisiz apparatini yetkazib berdi. 
Yetkazib beruvchi “Inaglinskiy” va “Denisovskiy”,”MC” MChj mutaxasislari 
kon marksheyderlari uchun ushbu qurilmalardan foydalanish boʻyicha 
treyninglar oʻtkazildi. 


24 
1.5-rasm. Geoscan Uchuvchisiz uchish aparati bilan syomka qilish 
jarayoni. 
Bu qurilmani zarmitan oltin konida qo’llasak xuddi yuqoridagi suratdagi 
kabi inson qadami yetishi qiyin bo’lgan joylarni ham osongina syomka qilish 
imkoniga ega bo’lamiz. Bu esa ishlab chiqarish hajmini sezilaeli darajada 
oshirishga imkon beradi. 
Oʻlchov davomida olingan zich ma’lumotlar bulutli maxsus dasturlar 
yordamida qayta ishlandi. DJI uchuvchisiz uchish apparati yordamida ular 
koʻmir omborlarida ochiq usulda qazib olish joylarida tosh massasi hajmini 
oʻrganib chiqdilar va xisobladilar. Bizda allaqachon geoscan qurilmasidan 
foydalanish tajribamiz bor, biroq lazerli skaner birinchi marta sotib olindi deydi 
kon mutaxasislaridan biri. Zamonaviy uskunalar kon marksheyderlariga yuqori 
aniqlik va samaradorlik bilan oʻlchovlarni avtomatlashtirish imkonini beradi, bu 
esa mexnat unumdorligiga ijobiy taʻsir koʻrsatadi. Ilgari konda ombordagi xom 
koʻmir hajmini oʻrganish uchun taxminan 5 soat vaqt ketar edi,uchuvchisiz 
kompleks yordamida bunday oʻlvhovlar uchun hozirgi kunda 30 daqiqa vaqt 
yetarli deydi kon mutaxasisi. Mashgʻulotlardan keyin esa ertasi kuni mutaxasislar 
mustaqil ravishda aerofotosuratga olish va skanerlashni amalga oshirishdi deydi 
kon mutaxasisi. 


25 
Ayni damda esa kompaniyaning kon marksheyderlari hamda geologlari 
ochiq va yer osti konlarini loyhalash va rejalashtirishda qoʻllaniladigan K-
MINE 3D modellashtirish dasturi boʻyicha masofaviy ta’limda bilim 
olmoqdalar. 

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling