Marksheyderlik ishi va geodeziya
Download 1.93 Mb. Pdf ko'rish
|
ssss
Oligotsen-miotsen tekislanish Yuzalari Mirishkor togʻlaridagi karbonatli togʻ
jinslarida, hamda vend, kembriy, ordovik va silur terrigen yotqiziqlari Yuzasida, 1700-2000 m balandlikda rivojlangan. Tekislanish maydonlari denudatsion genezisga ega boʻlib, 3-5° li nishablikka ega. Chuqurlatish erroziyasi, togʻ jinslarining fizik xususiyatlariga bogʻlik holda, qoyali relef shakillarini hosil qilgan. Yuqori neogen tekislanish yuzalari 1500-1700 metr balandlikda rivojlangan boʻlib, denudatsion harakterga ega. Tekislanish Yuzalari qalinligi 1 m gacha boradigan delyuviy yotqiziqlari bilan qoplangan. Quyi neogen tekislanish Yuzalari hududda eng keng tarqalgan boʻlib, vend, ordovik, silur choʻkindi jinslari va Qoʻshrabot intruziv massivi jinslari boʻyicha, 1200-1500 m balandlikda rivojlangan. Tekislanish yuzalari gorizontal holatdagi supalar shaklida boʻlib, kengligi 400 m gacha boradi. Chuqurlatish erroziyasi natijasida hosil boʻlgan soylarning bortlari katta nishablikka ega va tekislanish yuzalarini kesib oʻtadi. Qadimiy toʻrtlamchi davr tekislanish Yuzalari 100-1200 m balandlikda rivojlangan boʻlib, juda past nishablikka ega. Bu tekislanish Yuzalari yon suvayirgichlarda yaxshi ifodalangan, kengligi 300-400 metr boʻlgan maydonlarni hosil qiladi va qalinligi 1,5 m gacha etadigan boʻshoq nurash materiallari bilan qoplangan. Oʻrta turtlamchi davr tekislanish Yuzalari hududda eng yosh boʻlib, 8001000 m balandliklarda rivojlangan, janubga qarab 3-5° qiyalangan nishablikka ega. Bu tekislanish yuzalari bilan soy vodiylari oʻrtasidagi nisbiy balandlik 10-15 m gacha pasayadi. Hududning hozirgi relefi paleogen oxiri – neogen boshidan faollashgan tektonik harakatlar bilan bogʻliq. Bu tektonik harakatlar natijasida Shimoliy va Janubiy Nurota togʻ tizmalari koʻtarila boshlagan. Neogen davrida bu tizmalarning 20 gumbazsimon koʻtarilishi bilan bir qatorda subkenglik boʻylab yoʻnalgan togʻ oraligʻi botiqligi ham shakillangan. Relef rivojlanishining oʻrta toʻrtlamchi bosqichida togʻlarning oʻsishi davom etgan va kengligi oshgan. Oʻrta togʻli relefning asosiy xususiyatlari shakillangan, koʻplab keng va chuqur soylar rivojlangan. Bu bosqich togʻ oraligʻi botiqligida va togʻ etaklarida kalin lyoss va lyossimon yotqiziqlarning toʻplanishi bilan tugaydi. Relef shakillanishining xozirgizamon bosqichi tektonik faollikning koʻchayishi bilan bogʻliq. Shu tufayli Shimoliy Nurota togʻ tizmasi yanada koʻtariladi va soylarda errozion jarayonlarning koʻchayishi kuzatiladi. Zarmitan maʻdanli maydoni hududining yer osti suvlari togʻ jinslarida joylashish sharoitlariga qarab uch guruhga boʻlinadi. Bular: sizot suvlar, grunt suvlari va darzlik suvlaridir. Sizot suvlari tuproq qatlamida atmosferadagi suv bugʻarining kondensatsiyalanishi orqali namlik shaklida vujudga keladi. Sizot suvlarning miqdori yil fasillariga bogʻliq. Namgarchilik Yuqori boʻlgan bahor oylarida atmosfera yogʻin-sochinlari hisobiga ularning miqdori keskin oshadi. Yoz oylari aksincha quruq iqlim ta’sirida ularning miqdori minimal holga tushadi yoki batomom tugaydi. Grunt suvlari Nurota botiqligi va togʻ etaklaridagi prolyuvial jinslar tarkibida toʻplanadi. Ularning toʻyinishi ham asosan yomgʻir va qor suvlariga bogʻliq. Grunt suvlarining zahirasi uncha katta emas. Grunt suvlaridan qadimdan maxalliy axoli dexqonchilikda foydalanishgan. Hozirda ular nasoslar yordamida soʻrib chiqariladi. Lekin grunt suvlarining zahirasi katta emasligi, toʻyinish imkoniyatlari cheklanganligi oqibatida ulardan foydalanish istiqboli katta emas. Yer osti suvlarining aksariyat qismini togʻ jinslarida rivojlangan dazliklarda toʻplanadigan darzlik suvlari tashkil etadi. Darzlik suvlari Zarmitan ma’danli maydonida oltin konining ishga tushishi munosabati bilan Respublika gidrogeologiya tashkilotlari tomonidan atroflicha oʻrganilgan. Bunda yer osti suvlarining joylashish chuqurligi, togʻ jinslaridagi darzlik suvlarining miqdori, sifati va rejimi togʻ lahmlarini qazish paytida espluatatsiya kilinayotgan 21 gorizontlardan suv chiqish imkoniyatlarini bashorat qilish; turli muassasa va tashkilotlarning ichimlik va texnik suvlarga boʻlgan extiyojini qondirish uchun suv manbalarini oʻrganish, ma’dan qazib olish jarayonida gidrogeologik sharoitning uzgarishini bashorat kilish kabi masalalar yechilgan. Bu masalalarni yechishda kompleks tadqiqot va kuzatuv ishlari bajarilgan. 1.2-rasm. Zarmitan koni hududi. 1.3-rasm. Zarmitan koni .Uklon Umuman Zarmitan konida madan qazish ishlarini olib borishdagi gidrogeologik sharoit murakkab emas. Bu quyidagi xususiyatlardan kelib chiqadi: 1. hududning yer osti suvlarining dinamik zahirasini uzluksiz ta’minlab turuvchi geologik-geomorfologik va iqlim sharoitlari mavjud emas; 2. oʻrganilayotgan hudud erroziya bazisidan (Nurota botiqligidan) yuqorida joylashgan; 3. hududda karst jarayonlari rivojlanadigan togʻ jinslari mavjud emas. Darzlik suvlari joylashishining geologik sharoitiga karab, quyi paleozoy metomorfik terrigen jinslarida (slanetslar, qumtoshlar) rivojlangan ochiq darzliklardagi, intruziv jinslar (sienitlar, granosienitlar, granitlar) darzliklaridagi va yer yoriqlari zonalaridagi suvlar guruhlariga boʻlinadi. Yer osti togʻ lahmlari va parmalash quduqlarida olib borilgan tadqiqotlar va kuzatuvlar natijasida mazkur hududda suv sarfi past darajada ekanligi aniqlangan. Parmalash quduqdarida suv sarfi 1,6 l/s dan 1,8 l/s gacha oʻzgaradi. 22 Kimyoviy tarkibi boʻyicha yer osti suvlari gidrokarbanatli va natriysulfatlidir. Mineralizatsiya darajasi 0,33-0,8 g/l. rN - 7,6 dan 8,2 gacha oʻzgaradi. Umumiy qattiqligi 1,8-3,6 mg. ekv/l. Ba’zi bir er osti lahmlaridagi suvlarda sulfat-ionlar miqdori Yuqoriligi (8O4 >250 mg mol) va erigan erkin kislorodning koʻpligi natijasida ular sulfatli va kislorodli agressivlikka (faollikka) ega. Shuning uchun ham bu yerda korroziyaga chidamli metallar va temir-beton konstruksiyalaridan foydalanish kerak boʻladi. Yer osti lahmlaridan oqib chiquvchi suvlar sarfi ularning dinamik zahirasi hisobiga boʻladi. Hisob-kitoblar boʻyicha shaxtalarda yer osti suvlarining oʻrtacha oylik maksimal sarfi 25 l/s dan, oʻrtacha yillik sarfi esa 16,5 l/s dan oshmaydi. Shaxtalardan yer osti suvlarini soʻrib chiqarish natijasida “Yuqori saroy” vodiysidagi yer usti suvlariga 10,5 l/s miqdorda zarar etkazilishi aniqlandi. Yer osti suvlarining gidrodinamik xususiyatlarini oʻrganuvchi Respublika gidrogeologiya tashkilotlarining tavsiyalariga koʻra, suvlar ifloslanishining oldini olish uchun quyidagi ishlarni bajarish kerak: -yer osti lahmlaridan suvlarni soʻrib chiqarish munosabati bilan yer osti suvlarining davriy va fazoviy sath oʻzgarishlarini nazorat kilish; -yer osti suvlarini soʻrib chiqarishda buloqlar rejimining oʻzgarishini oʻrganish; - yer osti suvlari rejimi buzilgan hududlarda tuyinish sharoitlarini oʻrganish; - yer osti va yer usti suvlari sifatining oʻzgarishini oʻrganish va ifloslanish manbalarini aniqlash; - yer osti va yer usti suvlari ifloslanish jarayonini kuzatish va uni bashorat qilish. Download 1.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling