Marksheyderlik ishi va geodeziya


  I.BOB. ZARMITAN OLTIN KONIDA GORIZONTLARNING


Download 1.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/19
Sana23.06.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1650945
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
ssss

 



I.BOB. ZARMITAN OLTIN KONIDA GORIZONTLARNING 
MARKSHEYDERLIK TA’MINOTINING ILMIY NAZARIY 
ASOSLARI 
1.1 Zarmitan oltin konining tabiiy geografik joylashgan o’rni 
Shimoliy Nurota togʻ tizmasi markaziy qismining geologik tuzilishida yoshi 
Yuqori proterozoydan to yuqori paleozoygacha boʻlgan choʻkindi, vulkanogen 
metomorfik 
togʻ 
jinslari 
qatnashadi
.
1981–1983-yillarda 
R.V.Soy 
va 
M.O.Axmadjonovlar
raxbarligidi koordinatsion kengash tomonidan 1:50000 
masshtabli geologik haritalar uchun “Gʻarbiy Oʻzbekistonda tarqalgan tomezozoy 
yotqiziqlarini tabaqalash litologikstratigrafik sxemasi” ishlab chiqilgan.
Quyida ta’riflanayotgan hududda mavjud boʻlgan stratigrafik boʻlimlarning 
shu sxema boʻyicha ta’rifi keltiriladi. 
Proterozoy guruhi yotqiziqlari ta’riflanayotgan hududning shimoli-sharqiy 
qismida tarqalgan boʻlib, tasqazgan va besapan svitalaridan iborat. 
Tasqazgan svitasi Qizilqum-Nurota strukturaviy formatsion zonasida eng qari 
yotqiziqlar sanaladi. U Shimoliy Nurota tizmasining suv ayirgʻich qismida shu 
nomli antiklinoriy yadrosida ochilib yotadi. Tasqazgan svitasi tarqalishining 
sharqiy chegarasi boʻlib Mojirum yer yorigʻi sanaladi. Bu svita yotqiziqlari 
gʻarbga qarab Markaziy Qizilqumgacha choʻzilgan. 
Tasqazgan svitasining yoshi va hajmi koʻp yillar davomida munozaralarga 
sababchi boʻlib kelgan. Bu svita yotqiziqlarida aniqlangan organik qoldiqlarni 
(mikrofitolitlar va boshqalar) oʻrganish, radiogen usullar yordamida togʻ jinslari va 
minerallarning mutlaq yoshini aniqlash hamda svitani rayon strukturasida tutgan 
oʻrnini taxlil qilish orqali aniqlangan tokembriy yoshi koʻp tadqiqotchilar 
tomonidan tan olinadi. Svita yotqiziqlarining qalinligi 150 m. 
Besapan svitasi yotqiziqlari tasqagan svitasi yotqziqariga muvofiq yotadi. 
Besapan svitasining pastki chegarasi gravelit gorizontining ostki Yuzasidan 
oʻtkaziladi. Bu svita togʻ jinslari Majirum yer yorigʻining sharqida va gʻarbida bir 
qancha bloklarda kembriy yotqiziqlari bilan tektonik kontakt hosil qiladi. 



Besapan svitasi kvars-slyudali, slyuda-kvarsli slanetslardan, alevrolitlardan va 
gravelitlardan tashkil topgan. Alevrolitlar va gravelitlar svita kesmasiida 
slanetslarga nisbatan ancha kam tarqalgan. 
Besapan svitasining yoshi tasqazgan svitasiga muvofiq yotganligi boʻyicha 
taxminan aniqlanadi. Ta’riflanayotgan hududda uning qalinligi 600 metrgacha 
boradi. 
Paleozoy yotqiziqlari hududda keng tarqalgan boʻlib, Qoʻshrabot plutonining 
atrofida rivojlangan. Ular kembriy-ordovik, silur, devon va karbon sistemalaridan 
iborat. 
Jivachisoy svitasi 
3
– O
1
). Bu svita 1964- yilda N.Podkopaev va oshqalar 
tomonidan SHimoliy Nurota togʻ tizmasining shimoliy yonbagʻridagi Jivachisoy 
havzasida ajratilgan. U oʻzining litologik tarkibiga koʻra ikkita kenja svitaga 
boʻlinadi. 
Quyi Jivachisoy osti svitasi yotqiziqlari Qoʻshrabot intruzivining shimoliy 
ekzokontaktidagi antiklinal burmalarning yadrolarida ochilib yotadi. U bu yerda 
oʻzoro almashinib yotuvchi ohaktosh va ohakli, gilli, kremniyli slanetslar hamda 
qumtosh parchalaridan tarkib topgan. Kenja svita tarkibidagi togʻ jinslari choʻziq 
burmalar toʻplamini tashkil qiladi. Burmalanishdan keyingi tektonik harakatlar 
natijasida yoriqli strukturalar bilan murakkablashgan va regional metomorfizmga 
uchragan. Quyi jivachisoy kenja svitasining qalinligi 350 m ga boradi. 
Yuqori jivachisoy osti svitasi yotqiziklari Shimoliy Nurota antiklinoriysining 
janubi-gʻarbiy kontaktini murakkablashtiruvchi ikkinchi tartibdagi burmali 
strukturalar qanotlarini tashkil qiladi. Bu kenja svita yotqiziqlari quyi jivachisoy 
kenja svitasiga muvofiq yotadi. Eng yirik ochilgan joylari Qoʻshrabot 
intruziyasidan
shimolda shimoli-gʻarbiy va
subkenglik 
Yunalishlaridagi kengligi 2-2,5 km boʻlgan kambarlardan iborat. 
Bu ostki svita asosan kvars-slyudali, dala shpatli qumtoshlardan va qisman 
slyuda-kvarsli slanetslar hamda gravelitlardan tarkib topgan. Mazkur kenja svita 
yotqiziqlarining qalinligi 140 m. 



1968- yilda Norvonsoyda jivachisoy svitasi kesmasining ustki qismida quyi 
ordovik tremadok yarusining graptolitlari topilgan (Abduazimova va boshkalar, 
1968 y.). Keyinchalik suv oʻtlarining topilgan qoldiqlari boʻyicha (Xayrullina va 
boshqalar,1971 y.) jivachisoy svitasining pastki qismi Yuqori kembriyga 
oʻtkazilgan. 
Llandaveriy yarusi yotqiziqlari Shimoliy Nurota togʻ tizmasining markaziy 
qismida keng tarqalgan. Ular qoratosh va jazbuloq svitalariga ajratilgan. 
Qoratosh svitasi barcha joylarda jivachisoy svitasi yotkiziqlarini qoplab 
yotadi va oʻz navbatida jozbuloq svitasi yotkiziqlari qoplanadi. Qoratosh svitasi 
ikkita kenja svitalarga ajratiladi. 

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling