Marksheyderlik ishi va geodeziya


Download 2.9 Mb.
bet10/15
Sana05.10.2023
Hajmi2.9 Mb.
#1693042
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Abbosbek (2)

2-Bob boʻyicha xulosa
Kosmik suratlaridan belgilangan tartibda dasturlar yordamida foydalanish monitoring ishlarini oʻtkazishda tezkorlik va yuqori aniqlikka erishiladi.
Yuqoridagi ishlar keyingi bosqichdagi Yerni masofadan zondlash va GАT texnologiyalarining qudratli imkoniyatlarini qoʻllashga imkonini beradi.Shunday ekan maʼlum bir vaqtda kosmik surat olinsa bunda tanlangan obʼekt haqida barcha maʼlumotlarni olishga va monitoring ishlarini olib borishga imkoniyat yaratiladi.
Kosmik suratlar orqali geodezik tayanch punktlarining holati, marksheyderlik ishlarida karerda boʻlayotgan oʻzgarishlar bortlarning holati haqida aniq maʼlumot olish imkonini beradi.

III-BOB. GAT TEHNALOGIYALARI ASAOSIDA KALMAKIR KONIDA GEODEZIK TAYANCH PUNKTLARINI BARPO ETISHNI TAKOMILLASHTIRISH
3.1. Marksheyderlik ishlarida geoaxborot tizimlarining ahamiyati
Bir necha oʻn yillardan buyon insoniyat axborot suronini boshidan kechirimoqda, u yildan-yilga kuchayib, inson faoliyatining koʻplab sohalariga kirib bormoqda. Bugungi kunda Marksheyderlar koʻplab manbalardan olinadigan axborotlardan foydalanish maboynida geografik, topografik, turli mavzuli kartalar va atlaslarni tuzish, aero va kosmik tasvirlarni deshifrovka qilish (oʻqish), dalada oʻlchash natijalarini qayta ishlash va kompyuter tizimlarida malumotlarni toʻplash boʻyicha boy tajriba orttirganlar.
Maʼlumotlarning koʻplab turlari vaqt oʻtishi bilan tez-tez oʻzgarib turishi, oddiy usulda tuzilgan qogʻozli kartadan foydalanishni ancha qiyinlashtirib yubormoqda. Axborotlarni tezlik bilan olishni, ularning dolzarbligini saqlashni bugungi kunda faqatgina avtomatlashtirilgan tizim kafolatlashi mumkin.
Geoaxborot tizimlari koʻp miqdordagi grafik va mavzuli maʼlumotlar bazasiga ega boʻlgan, baza asosida ish bajarish imkoniyatiga ega modelli va hisobli funktsiyalar bilan birlashgan, fazoviy malumotlarni kartografik shaklga aylantirish, turli qarorlarni qabul qilish va monitoring ishlarini amalga oshiradigan avtomatlashgan tizim, deb qaraladi.
Bugungi kunda kompyuter savodxonligi omma orasida ancha oshgan. GATda tuzilgan karta oddiy qogʻozli kartadan yaxshi bezalgani, kompyuterli shakldaligi va boshqa bir qator afzalliklari bilan farq qiladi kartaga istagancha oʻzgartirish kiritish, yangi mazmun va boʻyoq berish, diagramma va boshqa suratlarni kiritish, oʻchirish ishlarni bajarsa boʻladi. Buning uchun karta tuzishning kompyuterli texnologiyalari bilan mukammalroq tanishish va ular asosida shaxsan avtorning oʻzi karta tuzib koʻrishi kerak.
Karta yaratishning bu texnologiyasi bugungi kunda, birinchidan - sezilarli darajada universallashgan, ikkinchida - juda tez rivojlanayotgan, inson faoliyatining hamma sohalarini qamrab olayotgan jarayondir. Geoaxborot tizimlari sohasida asosiy bilimlarni beruvchi rus va chet mamlakatlar halqlari tillaridagi kitoblarda va GATning turli sohalariga oid boʻlgan monografiyalar va konfrensiya materiallarida tadqiqotchilar GAT tizimiga kundan-kun yangiliklar kiritmoqdalar.
Hozirda deyarli barcha tarmoqlar axborot texnologiyalaridan foydalangan holda oʻz faoliyatini yuritadi. Axborot texnologiyalari kommunikatsiyada, boshqaruv sohasida, ularning asosida taʻlim dasturlari, geologik-qidiruv va resurslarni qazib olish, zamonaviy sanoatda, marksheyderlik ishlarida, xavfsizlikni taʻminlashda zarur boʻlgan yuqori texnologiyalar ishlab chiqiladi va tadbiq etiladi. Institutimizda taʻlim olayotgan har bir talaba qaysi yoʻnalishda taʻlim olishmasin albatta oʻzlarini sohalariga tegishli boʻlgan yangiliklar, maʼlumotlarni axborot texnologiyalari bilan bogʻliq holda bilim va koʻnikmaga ega boʻladilar.
GAT oilasiga mansub dasturiy taʻminotlar haqida talabalarga tushinchalar berib, Geoaxborot tizimining zamonaviy dasturlari va ArcGIS dasturi va uning ilovalari toʻgʻrisida quyidagicha maʼlumot berdi:
Hozirgi vaqtda jahonda koʻplab marksheyder dasturlari ishlab chiqilgan, lekin ularning imkoniyatlari bir xilda emas. Zamonaviy dasturiy taʻminotlarsiz tasavvur qilish juda qiyin. Chungi bu dasturlarni turli bosqichlarida turli masalalrni hal etishda foydalaniladi. GAT dasturlari istalgan kartalarni yaratish imkonini beruvchi, kuchli rivojlangan, hujjatlashtirilgan va turli xususiyatli maʼlumotlarni kompyuterga kiritish vositalariga ega boʻlgan (degitayzerlar, skanerlardan tortib to kosmik tasvirlarga ishlov berishgacha), juda katta hajmli axborotlarga ishlov beruvchi va quvvati ancha katta ishchi stansiyalarni, yoki juda katta quvvatli shaxsiy kompyuterlarga va tarmoqli kompyuter tizimlariga oʻrnatilgan dasturlarni keltirish mumkin. Bugungi kunda ilmiy tadqiqotlar va amaliy faoliyatda koʻplab GATlar ishlatiladi, lekin ular orasida xozirgi kunda eng mashxuri va koʻplab davlatlarda, jumladan Oʻzbekistonda xam foydalanib kelinayotgani ESRI kompaniyasining ArcGIS dasturidir.

13-rasm. Kalmakir konining Google Earth olingan surati.
Maʼlumki, boshqa sohalardagidek, kadastr masalalarini hal etishi uchun GISdan foydalanishida oʻziga xos xatolarni sodir boʻlishiga sabab boʻldi. Ishni bajarish jarayonida elektron maʼlumotlar bazasini yaratishda sodir boʻlgan yoʻl qoʻyarli xatolar ikki guruhga boʻlindi: atributiv va topologik. Birinchi guruhdagi xatoliklar odatda koʻchalar va binolarning notoʻgʻri belgilanishi bilan bogʻliq. Ikkinchi guruhdagi xatolar misoli sifatida yopilmagan poligonlar va yoʻl-transport tarmogʻining yaxlitligi va bogʻlanishining buzilishini keltirishi mumkin. Elektron maʼlumotlar bazasini yaratishda sodir boʻladigan xatolar ortofotoplanlarda ayrim kadastr obʼektlarni noaniq belgilanishi bilan bogʻliq. Bu esa oʻz navbatida dala ishlari jarayonida notoʻgʻri hisoblashlar tufayli sodir boʻladi. Ushbu xatolarni sodir boʻlishininig asosiy sababi er uchastkalarini boshqa obyektlari bilan noaniq muvofiqlashtirishi va geometrik oʻlchamlarni notoʻgʻri hisobga olish hisoblanadi. Bunday holatlarda ularni mulk chegaralariga mos keltirish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Shuningdek, bajarilgan ishlar natijalari boʻyicha Kalmakir koni hududi misolida masalarini hal etish uchun GIS imkoniyatilaridan foydalanib fazoviy obyektlarni boshqarish va muvofiq elektron maʼlumotlar bazasini yaratish masalalari atroflicha koʻrib chiqildi.

Download 2.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling