Marosim va udumlarning nazariy xususiyatlari xususida


Download 0.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana18.06.2023
Hajmi0.68 Mb.
#1572363
  1   2
Bog'liq
marosim-va-udumlarning-nazariy-xususiyatlari-xususida



MAROSIM VA UDUMLARNING NAZARIY XUSUSIYATLARI XUSUSIDA
 
Xurriyat Isroilova 
O’zDSMI 
 
Annotatsiya: Har bir xalqning o’zining tarixan shakllanib kelgan an’ana va urf 
odatlariga ega. Shu jumladan o’zbek xalqi ham yillar davomida shakllanib kelgan
o’ziga xos etnografik tarixiga ega. Shunday an’analar ichida o’zbek xalqining udumlar 
qadim o’tmishdan to hozirgacha amal qilinayotgan asosiy marosimlari hisoblanadi. 
Kalit so’zlar: udumlar, marosim, an’ana, urf-odat, irim-sirim, diniy amallar 
ON THE THEORETICAL CHARACTERISTICS OF CEREMONIES AND 
CEREMONIES 
Hurriyat Israilova 
UzSIAC 
Abstract: Each nation has its own historically formed traditions and Customs. 
Including the Uzbek people, which have been formed over the years, have their own 
ethnographic history. In such traditions, the rituals of the Uzbek people are the main 
rituals that are practiced from the ancient past to the present.
Keywords: rituals, ritual, tradition, tradition, irim-sirim, religious practices 
 
Tarixda ma’lumki, dunyodagi har bir millatning shu jumladan o’zbeklarning ham 
aqliy-ruhiy qiyofasi ya’ni milliy mentaliteti o’ziga xos tarixiy, etnik tabiiy-iqlimiy 
shart-sharoitlar doirasida shakllangani bois, uning jamiyatda sodir bo’layotgan 
ijtimoiy-siyosiy hodisalar, tarixiy jarayonlarga bo’lgan munosabati ham turli bo’lishi 
shubhasiz. Zero, milliy o’ziga xosliklar uzoq tarixiy davrdagi ijtimoiy - iqtisodiy, 
siyosiy jarayonlar, tabiiy geografik o’rnashuv, o’zaro etnomadaniy aloqalar, diniy 
mansubliklar asosida qaror topadi va aynan mana shular hamda xalqning ruhiy 
psixologik qarashlari negizida qadimiy an’analar, urf-odatlar va marosimlar 
shakllanadi. Xususiyatlardan tashqari millatlarning aqliy intellektual imkoniyatlari va 
ruhiy-psixologik o’ziga xosliklarini qamrab oladi. Xarakterdagi o’ziga xosliklarning 
negizini esa shu xalqning tarixiy tajribalari, urf-odatlari, marosim va ma’rakalarining 
yahlit tizimi tashkil etadi[3]. Boshqacha qilib aytganda, ular mentalitetning 
xarakatlantiruvchi kuchlari vazifasini o’taydi. O’zbek xalqining milliy mentaliteti 
haqida so’z yuritishdan oldin shuni alohida ta’kidlab o’tish joizki, o’zbek xalqi 4 ta 
katta diniy-mafkuraviy bosqichni (zardo’shtiyliq, buddaviylik, islom, kommunistik) 
o’z boshidan kechirganligi va har bir mafkuraviy-diniy ta’sirlar davri tugaguncha 
"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal / ISSN 2181-063X
Volume 4 Issue 1 / February 2023
622
http://oac.dsmi-qf.uz


necha avlodlar almashganini va bu jarayonlarning millat fe’l-atvorida o’chmas iz 
qoldirganini unutmaslik kerak. O’zbeklar o’ziga xos shakllanish jarayoniga ega xalqdir. 
Tarix guvohlik beradiki, o’zbek xalqi mazkur hududda yashagan tub yerli etnoslardan 
tomir olgan; ikkinchi ildizini esa qadimiy turkiy xalqlardan boshlagan. Har ikkala 
asosiy ildizlarning birikishi - o’zaro sintezi o’zbek elatini va keyinchalik o’zbek 
millatini tashkil etgan. 
O’zbek xalqi qadim o’tmishdan bugungi kungacha o’zining boy tarixi, ma’naviy 
qadriyatlari, milliy urf-odatlariga ega bo’lib, zamonlar osha uni o’z qalbi va 
ma’naviyatiga saqlab kelib, avloddan-avlodga meros qilib qoldirib kelmoqda. Tarix 
insoniyat hayotining shakllanishi, taraqqiy etib borishi va kelajak uchun zaruriy 
ehtiyojlarni yaratishga asos bo’lib xizmat qilishi bilan birgalikda, o’tmish 
ajdodlarimizning bosib o’tgan turmush tarzini halollik, haqqoniylik hamda tanqidiy 
ruhda tahlil qilishni ham o’z zimmasiga yuklaydi. 
Biz o’zbek xalqining kelib chiqishi, etnik tarixi va xususiyatlari nixoyatda 
murakkab va uzoq davrni qamrab oladi. Tarixan tarkib topgan milliy an’ana, urf-
odatlari, rasm-rusum, taomil, marosimlarning vujudga kelishi va rivojlanishiga bir 
qancha omillar bevosita va bil vosita ta’sir ko’rsatadi. Ayniqsa milliy marosimlar va 
urf-odatlar taraqqiyotida moddiy va ma’naviy madaniyat, tabiiy muhit, xo’jalik 
munosabatlari ta’siri beqiyos bo’lib, vaqt o’tgan sari ular tobora mustahkamlanib 
avlodlarga meros bo’lib o’tib kelgan va shu tariqa ularning barqarorligi ta’minlangan. 
Jamiyat taraqqiyoti tufayli milliy marosimlar va urf-odatlar ham o’zgarib ularning 
ayrimlari amaliyotdan chiqib unitilgan. Turmushga zamonga qarab yangi-yangi urf-
odatlar va marosimlar kirib ta’komilashib borgan. Xalqchil urf- odatlar va marosimlar 
zamonlar osha davr sinovlariga bardosh berib yashab kelmoqda. Qolaversa, asrlar 
davomida bir makonda aralash yashab kelgan xalqlarning a’nanalari va urf-odatlarida 
o’xshashliklar ko’p. Turli tarixiy davrlarda O’zbekistonning tub yerli turg’un aholisiga 
kelib qo’shilgan qabila va elatlar o’troqlashib o’zbeklarning udumlarini qabul qilganlar 
va ayni vaqtda unga hissalarini qo’shganlar. 
Shuningdek, xalqimizning qadimgi milliy qadriyatlari bugungi kunda o’ziga xos 
tarzda rivojlangan bo’lib, o’zbek milliy urf-odatlari, islom dini bilan bog’liq odatlar, 
islomdan tashqari marosimlar, aza bilan bog’liq marosimlar va to’y-hasham bilan 
bog’liq urf-odatlar kabi marosimlar xalqimiz hayotining ajralmas qismiga aylangan. 
O’zbek milliy urf-odatlari qatoriga mehmondorchilik, boshqa millat-elatlarga bu 
darajada qadirlashmaydigan bir o’ziga xos urf-odatlaridandir. Kattalarni hurmat qilish 
o’zbek xanodonida umuminsoniy qadriyatlardan bo’lib, bolalarga juda yoshligidan 
o’rgatilgan. 
O’zbekiston tarixan olib qaraganda juda ham qadimiy davlatlar qatoridan joy 
oladi. Uning bu ko’hnaligi nafaqat moddiy balki, madaniy qadriyatlarda ham o’z 
"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal / ISSN 2181-063X
Volume 4 Issue 1 / February 2023
623
http://oac.dsmi-qf.uz


ifodasini topgan. Bu an’ana hamda udumlarimiz etnograf olimlar, tarixchilar va 
sayohatchilar o’z asar va kundaliklarida ko’plab ma’lumotlar keltirib o’tganlar. 
Mustaqillik bizga qadim qadimdan ota bobolarimizdan meros urf odatlarimizga 
erkin amal qilish imkonini berdi. Shu o’rinda azaldan to’y-tomosha oshuftasi o’zbek 
xalqining to’y marosimlari bilan bog’liq an-a’nalari hamda rasm-rusmlari faqatgina 
xursandchilik va shodiyonalik bo’libgina qolmasdan, balki, muayyan maqsadga 
qaratilgan, asrlar davomida rioya qilinib kelinayotgan diniy udumlar majmui hamdir. 
To’y-bashariyat aql zakovati, tabiiy, ma’naviy-axloqiy va huquqiy ehtiyojlari, talablari 
asosida vujudga kelib, uzoq tarixiy taraqqiyot bosqichlarini bosib o’tib, hozirgi 
kunimizgacha yetib kelgan va istiqbolda ham ma’naviy qadriyatlarimiz tarkibida 
mustahkam saqlanib keladigan noyob hayotiy marosimlar majmuidir. Darhaqiqat, to’y 
deb ataluvchi so’z anglatgan marosimlar hamma vaqt hamma joyda kishilarning talabi, 
ehtiyoji bilan o’tkazilar ekan, ushbu hayotiy hodisaning turli elatlar va xalqlar va 
millatlardagi vujudga kelish tarixi, shakllari, tarixiy jihatdan kasb etgan xususiyatlarini 
o’rganish, uning tarkibida saqlanib qolgan umuminsoniy , milliy va mahalliy ijobiy 
an’analarni saqlab qolish: qoloq, davr talablariga mos kelmaydigan jihatlarni isloh 
etish, kamxarajatli, ixcham to’ylar qilishga xalqimizni odatlantirish bugungi kunda 
dolzarb masalalardan biriga aylanmoqda. 
O’zbek to’y marosimlari davrlar o’tishi bilan qisman o’zgarib borgan va har bir 
etnik guruhda o’ziga xos xususiyatlari bilan o’zaro farq qiladi. Qadimdan meros bo’lib 
kelayotgan to’y marosimlari islomgacha va islomdan keying ayrim magik xarakterga 
ega bo’lgan udumlarning hozirgi zamonaviy odatlar bilan qorishib ketganligini 
millatlar o’rtasidagi aloqalarning globallashuvi natijasidir. Jamiyatning asosiy bo’g’ini 
hisoblanmish oila munosabatlari nikohdan boshlanadi. Bunda ikki yoshning yangi 
hayotga qadam qo’yayotganligi el-ulus, qo’ni-qo’shnilarga ma’lum qilinib, ularning 
turmush qurishga kirishayotganligi e’tirof etiladi. Ana shu nikoh to’yi o’zbek xalqida 
boshqa to’ylardan to’y ishtirokchilari tomonidan murakkab urf-odatlar va irim-
sirimlarning bajarilishi, ko’plab qadimiy e’tiqod va topinishlarning masalan, fetishizm, 
totemizm, ajdodlar ruhiga sig’inish, olov va boshqa bir qator demonologik ko’rinishlar 
izlarining mavjudligi bilan ajralib turadi. 
Xulosa: Umuman olganda, xalqimizning tarix sinovlaridan o’tgan bayramlari 
marosimlari, urf-odatlari xalqimizning milliy xususiyatlari, qadriyatga aylangan 
xalqchillik ruhi bilan sug’orilgan jihatlarini, halollik, poklik, mehnatsevarlik 
xislatlarini namoyon etadi. Ruhiy ko’rinishlarining barchasi xalq to’ylarida o’z 
ifodasini topadi, xalqning o’ziga xos milliy. Yashovchanligining asosiy sababi ularning 
asosiy mazmun mohiyati hamda maqsadi kelajak avlod davomiyligini ta’minlashga 
qaratilganligi bilan xarakterlanadi. 
"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal / ISSN 2181-063X
Volume 4 Issue 1 / February 2023
624
http://oac.dsmi-qf.uz



Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling