Marosimlar xalq va shaxs ma'naviyati ko'zgusi


Download 24.64 Kb.
bet1/3
Sana18.06.2023
Hajmi24.64 Kb.
#1554892
  1   2   3
Bog'liq
1493360819 68128


Marosimlar - xalq va shaxs ma'naviyati ko'zgusi

Agar biz dunyo xalqlarining hayotiga nazar tash-lasak, bir-biriga o'xshamagan, turli-tuman marosimlarni ko'ramiz. Marosimlar jamiyat, xalq va shaxs hayot faoliyatidagi muhim o'zgarishlar, ijtimoiy ahamiyatga molik voqea- hodisalar bilan bog'liq bo'lib, ular ibrat orqali tarbiyalash, rahiy-estetik ta'sir ko'rsatish vazifasini bajaradi. Marosim-larda milliy, diniy urf-odatlar va rasm-rasumlar ham o'z ifodasini topadi.


O'zbek xalqining paydo bo'lishi tarixi qanchalik uzoqqa borib taqalsa, uning milliy an'analari, urf-odatlari, marosim-lari ham shunchalik teran tarixiy ildizga ega. Ular xalqning ma'naviy ehtiyojlari zaminida paydo bo'lib, shakllanib, sayqallanib, o'z mazmunida shu xalqning orzu-o'ylari, istaklari, turmush tarzi, axloq normalarini mujassam etadi. Shuning uchun ham har bir xalq, millat, elat ularni ko'z qorachig'iday avaylab-asrashi, taraqqiy ettirishi, kelgusi avlodlarga ma'naviy qadriyat sifatida yetkazmog'i lozim. Darhaqiqat, an'analar, urf-odatlar, marosim va bayramlar xalqning, millatning ma'naviyati, qadriyatlarining ajralmas qismidir.
Chunki asrlar mobaynida shakllangan, avloddan-avlodga bebaho va noyob meros sifatida sayqallanib, to'ldirilib, xalqchillashib, zamonaviylashib kelayotgan urf-odatlar va marosimlar milliy istiqlol g'oyasi va milliy istiqlol maf-kurasini xalqimiz qalbi va ongiga singdirishda muhim vositadir. Bugungi kunda eng sara urf-odat va an'analari-mizning jamiyatni birlashtiravchi, xalqimizni jipslashtiravchi, odamlar o'rtasida mehr-oqibatni kuchaytiruvchi, ularni safarbar etuvchi xususiyatlaridan yanada samaraliroq foydalanish lozim. «Milliy an'analarni o'rganish, targ'ib etish bilan bir qatorda, - deb yoziladi «Milliy istiqlol g'oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar» kitobida,-to'y-ma'raka-larni, odat va udumlarni ixchamlashtirish, bu boradagi isrofgarchihk va dabdababozlikka yo'l qo'ymaslikka alohida e'tibor qaratish darkor».
Professor I. Jabborovning yozishicha: «Bayramlar va marosimlar ijtimoiy va shaxsiy hayotning barcha tomon-larini qamrab oluvchi va kishilar o'zaro munosabatlari-ning turii jihatlari va shakllarida namoyon bo'luvchi muay-yan urf-odatlar va an'analar, axloqiy tamoyillar va huqu-qiy tartibotlarning tarixan shakllangan yig'indisidir». Ularning muhim belgilari va xususiyatlari barqarorligi, om-maviyligi, rivojlanishidagi takroriyligi, davomiyligi va uzluksizligidadir.
Odat tusiga kirgan marosimlar kishilar xulq-atvorini boshqarar ekan, nafaqat jamoatchilik fikri nufuziga, balki qabul qilingan va qaror topgan qomm-qoidalar kuchiga ham suyanadi.
1991-yil 31-avgustda XII chaqiriq O'zbekiston Oliy Ken-gashining navbatdan tashqari oltinchi sessiyasi «O'zbekiston Respublikasining Davlat Mustaqilligini e'lon qilish to'g'-risida» Qaror qabul qildi. Qarorda: «1-sentabr O'zbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni deb belgilansin va 1991-yildan boshlab bu kun bayram va dam olish kuni deb e'lon qilinsin», - deb qat'iy belgilab qo'yildi. Muqaddas orzu ushaldi. Shunday qilib, xalqimizning asriy orzusi amalga oshdi va o'zining Mustaqillik bayramiga erishdi. Har yili ushbu bayramda katta tantanali yig'ilish, Mustaqillik maydonida maxsus konsert dasturi bo'lib o'tadi. Respublikamizning barcha viloyatlari, shaharlari va qishloqlarida shod-xurramlik bilan Mustaqillik kuni bayram qilinadi. Mahalla va guzarlarda xalqqa bepul osh tarqatiladi, xalq o'yinlari, badiiy jamoalarning keng bayram konsertlari namoyish etiladi.
Mamlakatimiz Prezidentining Farmoni e'lon qilinib, mehnatda o'rnak ko'rsatgan, mustaqillikni mustahkamlash-ga katta hissa qo'shgan kishilar davlat mukofotlari bilan taqdirlanadilar. Respublikamizda katta-katta ishlab chiqa-rish korxonalari, yirik qurilishlar, madaniy-maishiy obyektlar bayramda ishga tushiriladi yoki foydalanishga topshiriladi.
Mustaqillik bayramida istiqlolga erishgan xalqimizning rahi, uning boy o'tmishi va sermazmun buguni hamda buyuk kelajagi aks etadi. «Navro'z» rasmiy bayramlar qatoriga kiritilmagan va norasmiy taqiqlangan. Lekin 60-yillarning o'rtalarida xalq bu bayramga e'tibor bera boshladi, matbuot, radio, televideniyada ba'zan yori-tila boshladi. 80-yillarning o'rtalarida «Navro'z»ni O'zbe-kistonda xalq bayrami sifatida nishonlash masalasida yangi to'siqlar paydo bo'ldi. 1985-1987-yillarda ommaviy axborot vositalari bu bayramni chetlab o'tishdi. Bu borada katta tortishuv yuzaga keldi. Respublikaning ilg'or yozuvchilari, olimlari va madaniyat xodimlari tomonidan «Navro'z» qadimdan davom etib kelayotgan haqiqiy xalq bayrami ekanligi, uning mohiyati din bilan emas, tabiat qonunlari bilan bog'liqligi va uni eng yaxshi an'analar asosida davom ettirish lozimligi haqida jiddiy so'zlar aytildi.
Buning natijasida «Navro'z» haqiqiy xalq bayrami sifa­tida keng nishonlanadigan bo'ldi. 1990-yildan boshlab 21-mart, ya'ni «Navro'z» bayrami nishonlanadigan kun mam-lakatimizda dam olish kuni deb e'lon qilindi. O'zbekiston mustaqilhkka erishgandan so'ng «Navro'z» respublikamiz-ning asosiy rasmiy bayramlaridan biriga aylandi.
«Navro'z» bayrami o'ziga xos katta tarixga ega. Bu bayram asli qadimiy dehqonchilik kalendari bilan bog'liq bo'lib, Yerning shimohy yarim sharida bahorgi kecha bilan kunduz teng kelgan kunlari - 20-21-martda boshlanadi. O'sha davrda butun tabiat uyg'ona boshlaydi. Bunday yangilanish jarayonining boshlanishi shamsiy (Quyosh) yil hisobida 21-martga to'g'ri kelgan birinchi yangi kunni «Navro'z» deb ataganlar.
O'rta asrning buyuk mutafakkiri Beraniy mazkur yil hisobining boshlanish oyi hisoblangan farvardin oyi to'g'risida shunday yozadi: «Navro'z» yangi yilning birinchi kuni bo'lib, uning forscha nomi ham shu ma'noni taqozo etadi. «Navro'z» eronliklar zijlari bo'yicha o'tmish zamon-larda ular yillarini kabisa qilgan vaqtlarida Quyoshning saraton burjiga kirish paytiga to'g'ri kelar edi. So'ngra u orqaga surilgach bahorda keladigan bo'ldi. Endi u bahor yomg'irining birinchi tomchisi to'kilishidan gullar ochil-guncha, daraxtlar gullashidan mevalar yetilguncha, hayvon-larda shahvat qo'zg'olishidan to nasi vujudga kelguncha va o'simlik unib chiqa boshlaguncha davom etgan vaqtda keladi. Shuning uchun «Navro'z» olamning boshlanishi va yaratilishiga dalil qilingan».
Abu Rayhon Beraniyning «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» asarida rivoyat qilinishicha: «Navro'z» kuni payg'ambarimiz Muhammad alayhissalomga holva solingan kumush jom hadya qilingan. Payg'ambar: «Navro'z» nima?» - deb so'raganlar. «Eronliklarning ulug' hayiti», - deb javob berishgan. Keyin payg'ambar holvani yeb, jomni sindirib suhbatdoshlariga taqdim etgan: «Koshki biz uchun har kun «Navro'z» bo'lsa edi», - deganlar.
Mashhur ohm Umar Xayyom «Navro'znoma» asarida «Jamshid shu kunni (Farvardin oyining boshi) «Navro'z» atalsin deya farmon berdi va odamlarga har yili farvardin-ning kirishini bayram qilishni, uni yangi yil deb hisoblash-ni buyurdi», - deb yozadi. Ulug' shoir Alisher Navoiy ijodida ham «Navro'z» o'z ifodasini topgan. «Saddi Iskanda-riy» dostonida Navro'zning bayram qilinishi quyidagicha aks etgan:

Download 24.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling