Mars, Mirrix


Download 21.63 Kb.
bet1/2
Sana06.05.2023
Hajmi21.63 Kb.
#1436268
  1   2
Bog'liq
Astronomiya



Mars, Mirrix— Quyosh sistemasiga kiruvchi 9 ta katta sayyoralardan biri. Marsning Quyoshdan oʻrtacha uzokligi 227,94 million km, orbitasi Quyoshga nisbatan Merkuriy, Venera va Yer orbitalaridan keyin 4 oʻrinda joylashgan. Orbita tekisligining ekliptika tekisligiga ogʻmaligi t= 1,85°. M.ning oʻrtacha radiusi 3388 km, massasi 6,4–1023 kg , uning Quyosh atrofida siderik aylanish davri 686,730 sutka va oʻz oʻqi atrofida aylanish davri esa 24 soat 37 min. 23 s. Orbitasining ekssentrisiteta kattaligi (ye = 0,0934) tufayli Quyoshgacha boʻlgan masofasi 40 mln. km atrofida uzayib va qisqarib turadi. Sayyora ekvatorining oʻz orbitasi tekisligiga ogʻmaligi (24°48’) boʻlganligi uchun fasl oʻzgarish hodisasi kuzatiladi. Mars Yerdan uzoqligi boʻyicha Oy va Veneradan keyin 3 oʻrinda turadi.
Marsning Yerga eng yaqin kelish davrlari Marsning roʻpara turishi deb ataladi. Bunda Mars va Yer Quyosh markazidan oʻtadigan bir toʻgʻri chiziq yaqinida joylashgan boʻladi. Bu taxminan har 780 sutkada bir marta takrorlanib turadi. Mars bilan Yer orasidagi masofa eng kichik boʻlgan paytlarini Marsning buyuk roʻpara turishi deyiladi. U har 15—17 yilda takrorlanib turadi. Bunda Mars bilan Yer orasidagi masofa 60 mln. km dan ortmaydi. Bunday vaqtlarda Marsni teles-koplar yordamida kuzatish juda qulay hisoblanadi.
Teleskoplarda koʻrinadigan Marsning sathi qizgʻishsariq va qoramtir sohalari "dengizlar", yorugʻ sohalari "qitʼalar" va qutblari yaqinidagi oq dogʻlari Marsning qutb "qalpoklari" deb nomlanadi.
Mars sirtining birinchi haritalari 19-asr oʻrtalarida chop etilganligiga qaramay, uning aniq haritasi "Mars" va Mariner kosmik apparatlari yordamida olingan fotosuratlar asosida tuzilgan.
1877 yilda italyan astronomi Skiaparelli Mars sirtida kuzatgan qoramtir toʻgʻri chiziqlar, u oʻylagan "kanallar" boʻlmay, aslida ketma-ket joylashgan mayda qora dogʻlar ekanligi aniqlandi. Kosmik apparatlar M.ning sirtida diametri 5 km dan kam boʻlgan juda koʻp kraterlar borligini ham aniqladi. Marsning qugb qal-poqlari ikkita — pastki, yaxlagan suv (N2O) dan iborat muzliklardan va sirtqi, qalinligi uncha katta boʻlmagan (qishda paydo boʻlib, yozda erib ketadigan) karbonat angidridi (SO2) dan iborat qatlamlardan tashkil topgan. Marsning ichki tuzilishini aks ettiruvchi matematik modellarga asosan sayyora toʻrtta: radiusi 1700 km li yadrodan, qalinligi 560 km li pastki va qalinligi 1110 km li mantiyadan hamda qalinligi 30 km boʻlgan tashqi qobiq qismlardan iborat. Marsda temirga boy jinslar koʻp. Mars atmosferasida karbonat angidridi (SO2) uning asosiy (95%) qismini, ogʻir va kimyoviy noaktiv gazlar (N2 — azot, O2 — kislorod, SO — is gazi, N2O — tindirilgan suv va boshqalar) tashkil etadi. Mars atmosferasining harorati sayyora sirtiga yaqin joylarda 210 K ga teng . Mars atmosferasidagi bulutlar va shamollar harakati hamda tezligi ham yaxshi oʻrganilgan. Marsda radionurlanish va magnit maydon mavjud. Uzoq yillar davomida Marsni teleskoplarda kuzatish va keyingi vaqtlarda qator kosmik apparatlar yordamida undagi shart-sharoitlarni tekshirish "Marsda hayot boʻlganmi, hozir tirik mavjudotning qaysi koʻrinishi boʻlishi mumkin?" — degan savollarga uzil-kesil javob topishni yaqinlashtirmoqda.
Marsning 2 ta tabiiy yoʻldoshi Fobos va Deymos bor. Ular 1877 yilda kashf etilgan boʻlib, ekvatorial tekislikda Marsdan 9,37 ming km va 23,52 ming km masofada aylanadi, davrlari esa 7 soat 40 min. va 3 soat 21 min. Fobos va Deymos 1971 yil "Mariner-9" kosmik kemasi yordamida suratga olingan. Fobosning oʻlchamlari 26x21x18 km, Deymosniki esa 14x12x10 km. Ular juda katta harsang toshlardir.
Mars — Yer guruhidagi planeta boʻlib, tartibi boʻyicha Quyoshdan soʻnggi 4-planetadir. Uning diametri 6786 km, massasi Yernikidan 9 marta kichik va oʻrtacha zichligi 3,9 g/sm3 ga teng. Quyoshdan oʻrtacha uzoqligi 227,9 mln. km. Oʻz oʻqi atrofida aylanishining siderik aylanish davri 24 soat 37 minut 23 sekundga teng. Sinodek aylanish davri 687 Yer sutkasiga teng boʻlib, oʻz orbitasining ekliptikaga qiyaligi 1051/ va uning ekvatorining orbita tekisligiga ogʻmaligi 250 burchak ostida harakatlanadi. Orbitadagi oʻrtacha tezligi 24,1. Mars tashqi planetalar guruhiga kiradi, shuning uchun uni koʻrish Merkuriy va Veneradan koʻra qulayroqdir. Vaqti bilan Mars roʻpara turib qoladi, bu vaqtda u Yerga eng yaqin masofaga keladi. Ammo, har safargi roʻpara turishlar Mars Quyosh atrofidan ellips shaklida harakatlanganligi uchun, har xil masofada boʻladi. Mars oʻz orbitasining perigeliyi yaqinida boʻlganda hosil boʻlgan roʻpara turish buyuk roʻpara turish deyilib, bu holda Mars Yerga eng yaqin boʻladi. Buyuk roʻpara turish 15 va 17 yilda bir marta takrorlanadi. Roʻpara turishlar paytida Marsning Yerdan uzoqligi 55 mln. km dan 100 mln. km gacha oʻzgaradi. Buyuk roʻpara turish paytida 55 mln. km va Mars afeliyda boʻlgan holdagi roʻpara turishda 1000 mln. km boʻladi. Oxirgi buyuk roʻpara turish 1993 yilda boʻlgan edi, navbatdagisi 2009 yilda boʻladi. Oddiy koʻzga Mars yorugʻ qizgʻish yulduz singari koʻrinadi. Bu planeta alohida eʼtiborga sazovordir. Chunki u oʻzining baʼzi xususiyatlari bilan Yerga oʻxshaydi. Mars sirtida teleskop yordamida qaralganda oq qutb qalpoqlarini, toʻq sariq, qizil rangdagi Mars „choʻllari“ fonida qora dogʻlar „dengizlar“ni payqash mumkin. Marsni kuzatishlar u oʻz oʻqi atrofida deyarli Yer oʻz oʻqi atrofida aylangan vaqt ichida aylanishini koʻrsatdi. Planetaning aylanish oʻqi orbita tekisligiga oʻtkazilgan perpundikulyar bilan taxminan 250 burchak tashkil qiladi. Buning natijasida Marsda Yerdagi singari yil fasllari almashib turadi, ammo Marsning „yili“ Yerning yilidan deyarli ikki marta uzoqroq boʻlganidan, har bir yil fasli ham deyarli ikki marta uzoqroq boʻladi. Mars atrofi orbitasiga chiqarilgan avtomatik stansiya laboratoriyalari Yerdan yuborilgan komandaga muvofiq planetaning sirtini fotosuratga oldi va mavjudligi ancha oldin isbotlangan atmosferasini oʻrgandi. Planeta atmosferasining nihoyatda siyrakligi va undagi bosim Yer atmosferasidagi bosimga qaraganda taxminan 100 marta kamligi maʼlum boʻldi. U asosan karbonad angidriddan 96 foiz, azot 3,2 foiz argon 1,6 foizdan iborat boʻlib, unda kislorod va suv bugʻlari juda oz. Marsga qoʻndirilgan kosmik apparatlar bergan maʼlumotiga va uning yaqinidan turib olingan fotosuratga asoslanib Mars sirtining mukammal kartalari tuzilgan. Mars Oy va Merkuriy singari kraterlar bilan qoplangan. Planeta sirtida uning tuprogʻini avtomatik stansiyalar yordamida olib borilgan tekshirishlar Mars jinslarining Yer va Oy jinslarga oʻxshashligi, mazkur jinslarning qizgʻish rangi esa, unda temirning gidrat oksidlari borligi haqida xulosa chiqarishga olib keldi. Marsda magnit maydoni bor, demak uning yadrosi suyuq jismdan iborat ekan. Marsning magnit maydoni Yernikiga qaraganda ancha kuchsiz. Planetaning ikkita Fobos va Deymos („qoʻrqinch“ va „dahshat“) nomini olgan yoʻldoshlari bor. Bu yoʻldoshlarning oʻlchamlari Fobos 27x21x19 km va Deymos 15x12x11 km; Fobosning planeta atrofidan aylanish davri 7 soat 39 minutdir. Marsdan uzoqligi 9400 km. Deymosning aylanish davri 30 soat 17 minutga teng boʻlib planetadan 23400 km uzoqda joylashgan.


Download 21.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling