Marten usuli temir-tersak, po’lat va cho’yan chiqindilardan oydalanib, xilma-xil po’latlar ishlab chiqarishga imkon beradi


Download 15.13 Kb.
bet1/2
Sana11.05.2023
Hajmi15.13 Kb.
#1453579
  1   2
Bog'liq
Marten pech


Konvertor usulining bir qator muhim kamchiliklari, chunonchi, bu usulda temir-tersak, metall ishlash sanoatining po’lat va cho’yan chiqindilari (qirindi, brak va boshqalar) dan, shuningdek, qattiq cho’yandan po’lat olish mumkin emasligi marten usulining paydo bo’lishiga olib keldi. Marten usulini 1865 yilda rantsuz metallurglari P’er va emil’ Martenlar kash etdilar va shu yili 1,5 t sig’imli pech qurib, unda temir-tersak va qattiq cho’yandan siati qoniqarli po’lat hosil qildilar. Ular qurgan pech’ regeneratorli, ya’ni pechga haydaladigan yonuvchi gaz va havo shu pechning o’zidan chiquvchi tutun gazi (yonish mahsulotlari) hisobiga qizdirib slinadigan pech edi. Ana shun-day pech’ ixtirochilar sharaiga marten pechi deb ataldi.
Marten usuli temir-tersak, po’lat va cho’yan chiqindilardan oydalanib, xilma-xil po’latlar ishlab chiqarishga imkon beradi. Bundan tashqari, marten pechida po’lat hosil bo’lish protsessini oson boshqarish, uni tekshirib turish va, hatto, avtomatlashtirish ham mumkin.Rossiyada birinchi marten pechi 1869 yilda Sormovo zavodida qurilgan bo’lib, uning sig’imi atigi 2,5 t edi. Hozirgi marten pechlaridan har birining sig’imi 900 t ga etadi, ammo sig’imi 150-300 t bo’lgan pechlar eng ko’p tarqalgan. Marten pechlarida yoqilg’i sifatida domna gazi bilan koks gazi aralashmasi ishlatiladi. Mazut va tabiiy gaz ishlatiladigan pechlar ham yo’q emas.
Marten pechlaridan birining tuzilish sxemasi 7.4 - rasmda keltirilgan. Uning eng muhim qismi ish bo’shliFi 1 bo’lib, unda yokilFi yonadi, shixtadagi qo’shimcha elementlar oksidlanadi, shyxta suyuqlanadi va shlak hosil bo’ladi. Ish bo’shlig’i gumbaz 2, tub 3, oldingi va ketingi devorlar hamda golovkalar (yon devorlar) bilan chegaralangan. Pechning oldingi devoriga yuklash darchalari 4 qilingan, darchalar soni, pechning katta-kichikligiga qarab, uchtadan to yettitagacha bo’ladi, pechning ish bo’shliFiga shixta materiallari ana shu darchalar orqali solinadi. Bu darchalar orqali pechda borayotgan protsesslar kuzatib turiladi, metalldan namunalar olinadi va, zarur bo’lgan taqdirda, pechning tubi remont qilinadi. Yuklash darchalari o’tga chidamli eshikchalar bilan berkitiladi. Pechning ketingi devoriga shlak va tayyor po’lat chiqarish teshiklari qilingan. Bu teshiklar o’tga chidamli material bilan urib qo’yiladi, shlak va po’lat chiqarish
vaqtida esa ochiladi. Pechning golovkalarida kanallar 5 va 6 bo’ladi; kanal 5 orqali pechning ish bo’shlig’iga havo, kanal 6 orqali esa yonuvchi gaz kiradi; yonish mahsulotlari ham ana shu kanallar orqali chiqadi. Kanal 5 havo qizdirish uchun xizmat qiladigan regenerator 7 bilan, kanal 6 esa yonuvchi gazni qizdirish uchun xizmat qiladigan regenerator 8 bilan tutashgan. Regeneratorlar o’tga chidamli Fishtdan katak-katak qilib ishlangan kameralar bo’lib, pastki tomoidan kanallar 9 va 10 bilan tutashgan. Kanal 9 dan regenerator 7 ga havo, kanal 10 dan esa regenerator 8 ga yonuvchi gaz kiradi: regeneratorlardan o’tgan yonish mahsulotlari ham ana shu kanallar orqali tutun truba-siga chiqib ketadi. Shuni ta’kidlab o’tish kerakki, ish bo’shliFida yoqilg’ining yonishidan hosil bo’lgan yuqori temperaturali gazlar (yonish mahsulotlari) pechning bir tomonidagi, masalan, chap tomonidagi regeneratorlardan o’tib, ularning nasadkalarini qizdiradida, tutun trubasiga chiqib ketadi, bu vaqtda yonuvchk gaz bilan havo pechning o’ng tomonidagi regeneratorlar orqali o’tib, ma’lum temperaturagacha qiziydida, ish bo’shlig’iga kiradi. SHundan keyin, klapanlar 11 ning vaziyati o’zgartiriladi, bunda ish bo’shlig’iga yonuvchi gaz bilan havo pechning chap tomonidagi qizigan regeneratorlar orqali kiradi va regeneratorlarning nasadkalari issiqligi hisobiga ma’lum temperaturagacha qiziydi; bu vaqtda ish bo’shlig’ida hosil bo’lgan yonish mahsulotlari pechning o’ng tomonidagi regeneratorlar orqali o’tib, ularning nasadkalarini qizdiradi va tutun trubasiga chiqib ketadi. Shunday qi-lib, pechning regeneratorlari yonuvchi gaz bilan havoni galma-gal qizdiradi va o’zi ham galma-gal qiziydi, yonuvchi gaz, havo va yonish mahsulotlarining harakat yo’nalishi esa klapanlar 11 yordamida o’zgartirib turiladi.
Marten pechining to’xtovsiz ishlashini ta’minlash uchun unda kamida ikki jut (ikkala tomonida bkr jutdan) regenerator bo’lishi kerak. Suyuq yoqilg’i bilan ishlaydigan marten pechlarida bir jut (ikkala tomonida bittadan) regenerator bo’lishining o’zi kioya, chunki ularda suyuq yoqilg’i orsunkalar vositasida to’Fridan-to’Fri ish bo’shlig’iga purkaladi, regeneratorlar esa havoni qizdirish uchungina xizmat qiladi.
Marten pechlari ham, xuddi konvertorlar kabi, asosiy va kislotaviy bo’lishi mumkin. Ammo asosiy pechlar kislotaviy pechlarga qaraganda ko’p tarqalgan. Asosiy pechlarning tubi va devorlari asos xarakteridagi o’tga chidamli Fishtdan — magnezit g’ishtidan, kislotaviy pechlarniki esa kislota xarakteridagi o’tga chidamli material — dinas Fishtidan teriladi. Asosiy pechlarning ham, kislotaviy pechlarning ham shipi, ko’pchilik hollarda, kislotaviy materialdan — dinas Fishtidan terilib, devorlaridan neytral g’isht bilan ajratiladi. Hozirgi yirik pechlarning tubi va devori ham, gumbazi ham asosiy g’ishtdan — xrom-magnezit Fishtidan teriladi, ya’ni ular asosiy pechlardir.
Hozirgi vaqtda ishlab chiqariladigan xamma po’latning 80%' dan ortig’i marten usulida olinadi. Marten pechlarida po’lat olish uchun xom ashyo siatida temir-tersak (skrap), M1 va M2 markali qattiq va suyuq cho’yan (qayta ishlanuvchi cho’yan), temir rudasi ishlatiladi, lyus siatida esa, asosan, ohaktoshdan (ohakdan) oydalaniladi. Bularning hammasi shixtani tashkil etadi. SHixta tarkibidagi cho’yanning miqdoriga qarab, marten protsessi skrap-rudaviy protsess, skrap protsess, cho’yan-rudaviy protsess va karbyuratoriy protsessga bo’linadi.



Download 15.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling