Ma’rufjom yo'ldoshev, zokirjon isaqov, shohqadam haydarov


Download 194.94 Kb.
bet4/41
Sana22.04.2023
Hajmi194.94 Kb.
#1379953
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41
Bog'liq
Badiiy matnning lisoniy tahlili 2010 M Yo\'ldoshev 2

Qizg‘aldog‘im, qirdan bo‘lak koshonang yo‘q,
Kokil yoysang, yerdan bo‘lak toshoynang yo‘q. (M.Yusuf) Yoki:
Erka kiyik, maylimi bir erkalasam,
Majnun bo‘lib, sahrolarga yetalasam,
Bu dunyoda birday g‘arib men ham, sen ham,
Erka kiyik, maylimi bir erkalasam?.. (M.Yusuf)
Tahlilda bu kabi holatlarning sababi aniqlanishi talab qilinadi. Yozuvchi yoki shoirning murojaat qilishdan maqsadi va badiiy niyati nimadan iborat ekanligi, murojaat birliklaridagi denotativ va konnotativ ma’nolar haqida mulohaza yuritiladi. Zamonaviy adabiyotshtinoslikda mazkur usul ritorik murojaat atamasi ostida o'rganiladi. Ritorik murojaatda ritorik so'roqda bo‘lgani kabi javob talab qilinmaydi, balki, «obyektga e’tiborni kuchaytiradi va kitobxonda biror munosabatni uyg‘otadi»26. Asosan, «shoirning poetik nutqda o'zi xohlagan intonatsiyani - tantanavorlik, ko‘tarinkilik, g‘azab, kesatish kabilarni ifodalashda»27 keng foydalaniladi.
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR:

  1. Mazmuniy yaqinlik va mazmuniy izchillik deganda nimani tushunasiz?

  2. Til birliklarining takroriy q o ‘ 11 a n is h i va xiazmatik konstruksiyalar haqida ma’lumot bering.

  3. Parsellyatli tuzilmaiar deb nimaga aytiladi?

  4. Atov va infinitiv gaplarning lingvopoetik imkoniyatlari haqida nimalarni o‘rgandingiz?

  5. Murojaat birliklari va ularning lingvopoetik imkoniyatlari haqida nimalarni bilasiz?

  6. Zamon va makon ifodalovchi birliklar badiiy matnda qanday maqsadlarda qo‘llaniladi?

BADSfY fVSATNNING FONO-GRAFIK XUSU3SYATLARI


Reja:
1 .Fono-grafik vositalar.

  1. Alliteratsiya, assonans.

S.Geminatsiya.
Tayanch tushunchalar:
Fono-grafik vositalar, unlilarni birdan ortiq yozish, undoshlarni birdan ortiq yozish, grafon, alliteratsiya, assonans, geminatsiya.
Badiiy matnni tahlil qilish jarayonida fonetik birliklarning estetik xususiyatlariga ham alohida e’tiborni qaratish zarur. She’riy matnda nutq tovushlarining estetik imkoniyatlari tez va qulay idrok etiladi. Chunki she’rda o‘ziga xos jozibador ohang boMadi. Bu ohangdorlikka tovushlarni uslubiy qo'llash natijasida erishiladi.
She’riyatda asosan, alliteratsiya (undoshlar takrori), assonans (unlilar takrori), geminatsiya (undoshlarni qavatlash) kabi fonetik usullardan foydalaniladi. Nasrda unlilarni cho'zish, undoshlarni qavatlash, tovushlarni takrorlash, so‘zlarning fonetik qobig'ini o'zgartirib yozish, tovush orttirish yoki tovush tushirish kabi fonetik usullar yordamida ekspressivlik ta’minlanadi. Tovushlarni uslubiy qo'llash bilan bog'liq qonuniyatlarni yozuvda «aynan» ifodalash imkoniyati cheklangan. Biroq, talaffuz va bayon muvofiqligiga fono- grafik vositalar yordamida erishish mumkin. Badiiy asarlarda ruhiy holatni yozuvda ifodalash o'ziga xos murakkablikni yuzaga chiqaradi. Qahramonlar ruhiyatidagi ichki hayajon, xursand bo'lish, xafa bo‘lish, rozilik, taajjub, yalinish, hayratlanish, kinoya, piching, kesatiq, olqish, so‘roq, ta’kid, qoniqmaslik, norizolik, tilak-istak, qo‘llab-quwatlash kabi holatlarni aynan berishda yozuvchilar unli yoki undoshlarni birdan ortiq yozish usulidan foydalanadilar. Masalan:

  1. Unlilarni birdan ortiq yozish. Bunda unlini cho'zib talaffuz qiliriganligi tushuniladi. Unlini cho'zib talaffuz qilish orqali qahramonning voqelikka munosabati oydinlashtiriladi. Ilmiy adabiyotlarda mazkur usul orqali belgining me’yordan kuchsiz yoki ortiq ekanligini ifodalashda foydalanilishi ta’kidlanadi30. Masalan, belgining kushsizligi: Ortiq jizzaki ko'rinmaslik uchun bos-i-iq tovush bilan dedi... (P.Qodirov). Belgining ortiqligi: Uzo- oqyo'l, ahyo-onda bir keladi, qato-or imoratlar, o‘yla-ab tursam, o‘g‘lim, dunyoni ishi qiziq.(A.Muxtor) «Sharq» sahnasi bilan «Turon»ning to'rtta karnayi: g‘o-o-o-o-ot, g‘o-o-otu-u-u g‘o-o- o-ot! G‘ot-g‘ot-g‘ot! Ha, tovushing o'chkur, ha, egasiz qolg'ur!! (A.Qodiriy)

Shuningdek, badiiy matnda unlilarni birdan ortiq yozish usulidan qahramonning biror nimadan hayratlanishi, taajjubgatushishi kabi holatlarini ifodalashda foydalaniladi. Masalan: - Marhamat... 0‘- o‘, kaklikning sayrashini dedingizmi? - Uning manglayi tirishib va g ‘ijinib davom etdi: - Biz ham sizga qo‘shilib eshitar ekanmiz- da?0‘-o‘o‘, okaxon, tuda-suda to‘laysiz-da. (Sh. Xolmirzayev)

  • A-a-a, o‘sha sizmidingiz, buni qarang-a, tanimapman. Uyimizga yana bir kelgan ekansiz, Yo‘qligimni qarang-a.(S.Ahmad) Men o'zimning odmi plashimni ham devordan daromad qilib yasalgan shifonerga ildim. - O-o! - deb yana o‘zi ichkariga yo‘l tortdi


Download 194.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling