Ma’rufjom yo'ldoshev, zokirjon isaqov, shohqadam haydarov
Download 194.94 Kb.
|
Badiiy matnning lisoniy tahlili 2010 M Yo\'ldoshev 2
Siz ko ‘kning qopqasin qoqqan soatda Quyosh ko‘z uqalab uyg'onar ecf/.(G'.G'ulom)
Ulug‘ shaharlarning bo ‘ysirasida Abadiy o'rinni topa olgan Shosh. (A.Oripov) Ne-ne zilziladan chiqolgan omon Manglayi yarqiroq makonsan buyuk. (A.Oripov) Hozirgi kunda uchramaydigan, faqat tarixiy narsa yoki voqea- hodisalarning nomini bildiruvchi so'zlar istorizm (tarixiy so'zlar) deyiladi. Istorizmning arxaizmdan farqi shundaki, bugungi kunda o‘sha tarixiy voqelikning o‘zi ham uni anglatuvchi boshqa leksik birlik ham bo‘lmaydi, demak istorizm o'zi ifodalayotgan hodisaning yagona nomidir. Masalan: amin, pristav, mingboshi, noyib, ellikboshi, ponsad kabilar badiiy matnda ishlatilganda kitobxon ijtimoiy boshqaruv tizimi bilan bog'liq tarixiy voqelikni ko'z oldiga keltiradi. Tarixiy so'zlar ham badiiy matnda o'tmish voqeligini real tasvirlash maqsadida ishlatiladi. Badiiy asar tilidagi eskirgan so'zlarni tahlil qilishda asar yozilgan davrni e’tibordan chetda qoldirmaslik lozim. Chunki, «so‘zlar yozuvchi yashagan, ijod etgan davrdayoq eskirgan bo'lishi mumkin bo'lganidek, asar yozilgan davrda faol iste’molda bo'lib, keyinchalik iste’moldan tushgan»38 bo'lishi mumkin. Yaogs $o‘z!lar Yangilik bo'yog'iga ega bo'lgan, yangi narsa-hodisa va tushunchalarni ifodalash uchun hosi! qilingan leksemalar neologizm yoki yangi so'zlar deyiladi. «Neologizm tilga umuman mansub bo'lishi yoki yakka shaxs nutqiga xos bo'lishi mumkin. Birinchisi umumtil neologizmi deb, ikkinchisi individual nutq neologizmi deb yuritiladi»39. Badiiy asarda asosan individual nutq neologizmlari badiiy-estetik qimmat kasb etadi. Mahoratli yozuvchilar voqelikni o'zigaxos, betakrorva yangicha ifodalashga harakat qiladilar. Shuning uchun hali ko'nikilmagan yoki umuman qo'llanilmagan, yangi, ohorli so'zlardan foydalanadilar. Buni quyidagi misollarda ham ko'rish mumkin: I.Shu ikki kechaning ixtiyori menda! Men -pnlanganman, men - o'tman, olovman! Miryoqub Akbarali mingboshini haqir ko'radi, xo 'rlaydi, uning itlanishidan kuladi. 3.Bahorlashib bir borib kelaman, deb yurib edim. (Cho'lpon) 4. Bajarajak yumushlarimni bot - bot bayonlaydli. 6.Ta’tillanih podayotoqqa bordim. (T.Murod). Direktorimiz kabinadan tashqarilaydi. (T.Murod) Slieva so'zlari Yozuvchilar o‘z qahramonlarini o'zlari yashaydigan hudud va muhitdan ayirmagan holda, hayotdagidek ishonarli va jonli tasvirlash ehtiyojidan kelib chiqib shevagaxos so'zlarni ishlatadilar. Sheva so‘zlari mahalliy kolorit, hududiy mansublikni o'zida aniq aks ettirish bilan birga «badiiy nutqda muayyan estetik funksiyani bajaradi. Biroq dialektizmlarning estetik qimmat kasb etishi ularning badiiy nutqdagi me’yori, qanday ishlatilishi va ayni paytda qanday dialektizmlarning q o111 a n i s h i bilan b o g ‘ I i q d i r» 46. Tilshunoslikka oid adabiyotlarda shevagaxos birliklarning fonetik, leksik va grammatik dialektizmlar sifatida tasnif qilinganligini kuzatish mumkin. Fonetik dialektizmlar asosan, tovushlarni o'zgartirib qo'llash, tovush orttirilishi, tovush tushishi va tovushlarni qavatlab qo'llash ko‘rinishlarida namoyon bo'ladi. Masalan: Zebining qish ichi siqilib, zanglab chiqqan ko‘ngli bahorning iliq hovuri bilan ochila tushgan; endi, ustiga poxol to ‘shaigan aravada bo‘lsa ham, allaqaylarga taia-qirlarga chiqib yayrashni tusay boshlagan ed/.(Cho'lpon) 2.Enaxonlarning butun oilasi yoyilgan qopning tegrasida jugari uqalab o‘tirardilar. (Cho'lpon) 3 Toshkanniyam olibdimi-a? 4. Televizorning ichida-da, ulim. 5.Obro‘y bor-da, obro‘y\ Leksik dialektizmlar ham o'z navbatida ichki guruhlarga bo‘lib o'rganiladi: sof leksik dialektizmlar, etnografik dialektizmlar va semantik dialektizmlar. Masalan: 1. Kampir shotining yon yog‘ochinisilab o'ynar, Enaxon og'zidan olgan saqichini ezib «soqqa» yasar...(Cho'lpon) 2. Jiyaningiz qishloqdan zig'ir moy olib keldi. Shuni chuchityapman. (T. Murod). 3. U yozlik kiyimini kiyib, to‘ppa-to‘g‘ri birinchi klass nomerga bordi va o'zi uchun ajratilgan kichkinagina chigiling (bejirim) va soz uyiga o'rnashdi. (Cho'lpon). Download 194.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling