Maruz a davlatning davriylikka qarshi siyosati Reja


Download 18.47 Kb.
bet1/2
Sana08.05.2023
Hajmi18.47 Kb.
#1443024
  1   2
Bog'liq
Humoyiddin 1.3mt


Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Tadbirkorlik va boshqaruv fakulteti 2-kurs, 2i-21- guruh talabasi Shokirov Humoyiddinning Makroiqtisodiyot fanidan yuklagan mustaqil ishi
M A R U Z A

Davlatning davriylikka qarshi siyosati

Reja
1. Davriy tebranish haqida umumiy malumot
2. Fiskal siyosat instrumentlar
3. Nomonetar nazariya
Iqtisodiy siyosat vositalaridan iqtisodiy 
kon’yunkturaning tebranishlariga qarshi harakati, iqtisodiy davrning keskin 
burilishining yuqori va quyi nuqtalarini yumshatish uchun uchun foydalanish. 
Davriy tebranishlarni davlat tomonidan tartibga solish usullari qanday 
bo’lmasin, ularning barchasi o’zaro qarama qarshilikka olib keladi. Barcha chora-
tadbirlar har bir holatda tebranish borishiga qarshi yo’naltirilishi lozim. Inqiroz va tanazzul davrida — bozor kon’yunkturasi past va davlat barcha vositalar 
yordamida xo’jalik faoliyatini faollashtirishga, jonlanish, ayniqsa ko’tarilish 
davrida u ishchan faollikni ushlab turishga intiladi. Shunday qilib, masalan, 
ishsizlik, ishchan faollik pasayish davrida davlat xarajatlarini oshirish va soliqlarni 
pasaytirish hamda cho’qqiga erishgan davrda bu xarajatlarni qisqartirish bilan 
soliqlarni oshirish orqali tartibga solinadi. Bundan tashqari davlat ortiqcha ishlab 
chiqarilgan mahsulotlarni xaridini amalga oshirib o’z byudjetini keng qo’llaydi va 
boshqalar. Davriylikka qarshi tartibga solish shunchalik muvaffaqiyatli amalga 
oshiriladiki, u davrni hamda uning yuzaga kelishini zamonaviy sharoitlarga 
moslaydi. 
Davlatlarning iqtisodiy siyosati asosan inqirozga qarshi, davriylikka qarshi 
sifatida rivojlandi. Davrni tartibga solish bo’yicha keng qamrovli yo’nalish va 
chora-tadbirlari ishlandi. Bunda bugungi kunda fiskal siyosat instrumentlari
monetar siyosat vositalari va nihoyat takror ishlab chiqarish nisbatlariga bevosita 
ta’sir chora-tadbirlari – milliy iqtisodiyotlarni dasturlash va rejalashtirish. 
Fiskal siyosatdavlat xarajatlari ko’lamlari, tovarlar va xizmatlar xaridi davrga 
barqarorlashtiruvchi ta’sir ko’rsatadi. Tovar va xizmatlarni davlat xaridi — 
kon’yunktura tebranishlariga chidamliSIMga yalpi talabning bir qismi. Biroq fiskal 
siyosat davrga faqat ko’lamiga emas, balki tarkibiga ham ta’sir ko’rsatadi. Darvga 
ta’sir ko’rsatish nuqtai nazaridan u yo rag’batlantiruvchi, ekspansiya, yoki 
to’xtatuvchi, restriktiv bo’lishi mumkin. 
Monetar siyosat hozirgi ahamiyatiga oltin standartdan oltinga bo’linmaydigan 
kredit va qog’oz pullargao’tishi bilan bog’liq asosda paydo bo’ldi. Oltin standart 
sharoitida muomaladagi pul miqdori davrlarga unchalik sezilarli ta’sir 
ko’rsatmagan: katta miqdor xazinaga ketgan va u erda pullarga bo’lgan 
qo’shimcha ehtiyojlar to’ldirilgan. Boshqa ish bu oltinga bo’linmagan pullar 
bo’lib,ular inflyatsiyaga uchraydi, bu ularni xazinaga o’tishiga to’sqinlik qiladi. 
Shu sababdan pul miqdori davrga ta’sir ko’rsatuvchi omilga aylanadi. 
Bozor iqtisodiyotida markaziy o’rinni pul va kredit egallaydi. Iqtisodiyotning 
tsiklli o’zgarishi eng avvalo pul massasi oqimini o’zgartirishga bog’liq. 
Iqtisodiy faollikning o’sishi, iqtisodiyotning ravnaq topishi, uning turg’unlik 
bilan almashinib turishiga yagona sabab pul oqimining o’zgarishidir. Tovarlarga 
talabning ortishi natijasida savdo, chakana narx o’sib, ishlab chiqarishning 
kengayishiga olib keladi. 
Pul oqimi (iste’mol xarajatlari summasi) pul miqdorining o’zgarishi natijasida 
o’zgaradi. Pul miqdorining kamayishi iqtisodiy faoliyat faolligini pasaytiradi. 
Pul va kredit tizimi beqaror tavsifga ega ekanligi sababli pul oqimini 
barqarorlashtirish murakkab hisoblanadi. Hozirgi paytda kredit pullari to’lov va 
muomala vositasi sifatida asosiy rolni o’ynaydi. Aynan bank tizimi kredit pullarni yaratadi, shunga ko’ra, pul oqimining o’zgarishida banklarning hisob stavkalari 
katta ahamiyat kasb etadi. Bu nazariyaning ayrim namoyandalari pulni harakatga 
keltiruvchi kuch sifatida qarab, muvozanatning buzilishiga asosiy sabab deb 
ko’rsatadilar.
Ikkinchi guruhi esa pul tizimi mutanosiblikni buzmaydi, faqat mutanosiblikni 
buzilishiga olib keluvchi boshqa omillar uchun sharoit yaratadi, degan fikrni ilgari 
suradilar. Muvofiq ravishda monetar va nomonetar yo’nalish vujudga keldi. 
Monetar nazariyaning e’tiborli tomonlari sifatida quyidagilarni keltirish mumkin: 
1) yuksalish fazasi davrida kreditni kengaytirish tufayli kelib chiqqan ishlab 
chiqarish tuzilmasi nomutanosibliklari tahlil qilinadi; 
2) mazkur nomutanosibliklarning salbiy oqibati sifatida kelib chiquvchi 
inqirozlar tahlil qilinadi. 
Shunday qilib, bu nazariya tarafdorlari jamg’arishning davriy ravishda oshib 
ketishi va mutanosiblik buzilishining asosiy sababi sifatida pulni ko’rsatadilar. 

Download 18.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling