Ma’ruza №: 1945-2015 yillarda Arab davlatlari


Tolibonlarning hokimiyatni egallashi


Download 298.1 Kb.
bet16/67
Sana21.04.2023
Hajmi298.1 Kb.
#1373937
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   67
Bog'liq
Ma’ruza № 1. 1945-2015 yillarda Arab davlatlari

Tolibonlarning hokimiyatni egallashi

Mana shunday sharoitda Afg‘oniston siyosiy hayotida hech kutilmagan yangi siyosiy kuch — tolibonlar (Alloh o‘quvchilari) paydo bo‘ldi. Ular 1994-yilning noyabr oyida kurash maydoniga chiqdilar. Xo‘sh, tolibonlar kimlar edi o'zi?
Ular Afg‘onistonda jamiyat hayotini sof islom asosida qayta qurish uchun kurashga bel bog‘lagan diniy-siyosiy guruh vakillaridir. Ularning katta qismini fuqarolar urushi davrida yetim qolgan bolalar tashkil etardi. Sovet armiyasi Afg‘onistonga kiritilgach, ular Pokiston hududida boshpana topgan edilar. Urush davrida Pokistonga qochib o‘tgan 5 mln. afg'on qochoqlar farzandlarining ham ma’lum qismi tolibon guruhiga jalb etilgan. Tolibonlar Pokiston harbiy mashq maktablarida puxta tayyorgarlikdan o‘tganlar. Zamonaviy qurollarning deyarli barchasi bilan mukammal muomala qila olishga o‘rgatilgan. Tolibonlar rahnamosi diniy fanat (vahhobiy) Mulla Umar edi. U ismoiliylik va vahhobiylik vakili edi. Tolibonlar Pokiston va Saudiya Arabistoni tomonidan qo'llab-quv- vatlandi. Xalqaro terrorist Usama ben Laden bilan mustahkam aloqa bog‘ladilar. To‘xtovsiz qonli urushdan charchagan aholining katta qis­mi ularni qo'llab-quwatladi. Tolibon qurolli kuchlari 1995-yilning yanvar oyida hujumga o‘tdilar. Tolibonlarga qarshi kuchlar orasidagi o'zaro kelishmovchilik ularga qo‘l keldi. 1996-yilning oktabr oyida tolibonlar Kobul shahrini egalladi. So‘ng ular jamiyatni to'la islomlashtirish siyosatini yurita boshladilar.
Dunyoviy maktablar yopildi. Ayollar paranji yopinishga, erkaklar soqol qo'yishga majbur etildi, qarshilik ko'rsatganlar ayovsiz jazolandi. 1997- yilning iyunida ular muxolifat kuchlarni (asosan tojik Ahmad Shoh Mas’ud va o'zbek Abdurashid Do'stum harbiy kuchlarini) tor-mor etish yo‘lida urushni davom ettirdi.
Mamlakat hududining 90 foizi tolibonlar nazoratiga o‘tdi. Tolibonlarga qarshi kuchlar mamlakat shimoliga siqib qo'yildi. Ular endi birlashishga majbur bo'ldilar. Shu tariqa Shimoliy Alyans deb atalgan ittifoq vujudga keldi.



  1. O’zbekistonning Afg’oniston muammosiga munosabati

To'xtovsiz fuqarolar urushi Afg‘onistonni narkotik moddalar yetishtirish va xalqaro terrorchilik bo'yi- cha jahonning asosiy markaziga aylantirib qo'ydi. Ayni paytda Afg'oniston muammosi O‘rta Osiyo davlatlarida siyosiy barqarorlikni xavf ostiga qo'ydi. Terrorizm qanchalik yovuz kuchga aylanganligini 2001-yilning 11- sentabrida AQSHda amalga oshirilgan vahshiyona voqealar yana bir bor tasdiqladi.
O'zbekiston hukumati mustaqillikning dastlabki yillaridanoq jahon jamoatchiligi e’tiborini Afg'onistondagi fuqarolar urushini to‘xtatish muammosiga qaratib keldi. Prezident I. Karimov 1993-yildayoq BMT min- baridan turib, bu muammoni hal etishning dastlabki qadami sifatida ayrim davlatlarning muxolifat tomonlarga qurol-yarog‘ yetkazib berishini taqiqlash haqida qaror qabul qilishga, muxolifat tomonlami esa Afg‘oniston muam­mosini tinch yo'l bilan hal etishga chaqirdi.
Shu maqsadda Tolibon hukumati hamda Shimoliy Alyans vakillarini muzokaralar stoliga o‘tqazishga harakat qildi. Bunday uchrashuvni Toshkentda o'tkazishni taklif etdi. Va, nihoyat, 1998-yil Toshkentda «6+2» deb shartli nom bilan ataluvchi davlatlar (Eron, Pokiston, Turkmaniston, O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Tojikiston, shuningdek AQSH va Rossiya) va- killarining uchrashuvini o‘tkazishga muvaffaq bo‘lindi. Unda tolibon va Shimoliy Alyans vakillari ham qatnashdi. Uchrashuv so‘ngida «Toshkent Deklaratsiyasi» deb nomlangan hujjat qabul qilindi. Uzoq yillardan beri davom etayotgan Afg‘onistonda tinchlik o‘matish muammosini bir uchrashuv bilan hal etib bo‘lmasdi. Shunday bo‘lsa-da, Toshkent uchrashuvi o'tkazi- lishining o‘zi jahon hamjamiyati e’tiborini yana bir bor bu muammoga qaratishda o‘ziga xos ahamiyatga ega bo'ldi.
Ayni paytda I. Karimov xalqaro terrorizmga qarshi kurash jahon jamoat- chiligining asosiy vazifalaridan biri ekanligini qayta-qayta ta’kidlamoqda. Chunonchi, 1999-yilning 18—19-noyabr kunlari Istambul shahrida bo'lib o‘tgan Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotining yig'ilishida xalqaro terrorizmga qarshi kurash vazifasini yana bir bor ko'tardi. I. Karimov yig'ilishda so'zlagan nutqida Xalqaro terrorizmga qarshi kurash uchun BMT doirasida xalqaro markaz tuzishni taklif etdi. Terrorizmga qarshi kurash xalqaro markazi mazmuniga yanada aniqlik kiritib, bu haqda, jumladan, quyidagilarni ta’kidladi: «Xalqaro terrorizmga qarshi kurash markazini tashkil etish masalasini keskin qo'yishni maqsadga muvofiq, deb hisoblaymiz. Markazning asosiy vazifasi terrorizm ko'rinishlari bilangina emas, eng avvalo, xalqaro terrorizmni mablag' bilan ta’min- layotgan, qo'llab-quwatlayotgan, qurol-yarog' bilan ta’minlab, joylarga io'natayotgan manbalarga qarshi kurash bo'yicha qabul qilingan qarorlarning so'zsiz bajarilishi bo'yicha faoliyatlarni muvofiqlashtirish- dan iborat bo'lishi lozim».
Afsuski, I. Karimov takliflariga o‘z vaqtida quloq solinmadi. Oqibatda xalqaro terrorizm 2001 -yil 11 -sentabrda AQSHda vahshiyona jinoyat sodir etdi. AQSHdagi fojiadan keyingina buyuk davlatlar harakatga tushib qoldi­lar. AQSH hukumati Afg‘oniston hududiga joylashib olgan xalqaro terrorchilami yo‘qotish hamda ulami tayyorlovchi markazlarni yo‘q qilishga qaratilgan harbiy operatsiyalar o‘tkazish haqida qaror qabul qildi. Ayni paytda xalqaro terrorizmga qarshi kurashda xalqaro hamjamiyat yordamiga umid bog‘lashini bildirdi.
O‘zbekiston ham xalqaro terrorizmga qarshi kurashda qatnashuvchi davlatlar bilan hamkorlik qilishga tayyor ekanligini bildirdi. Shundan so‘ng AQSH mudofaa vaziri Ramsfeld 2001-yilning oktabrida O‘zbekistonga tashrif buyurdi. O‘zbekiston AQSH yuk samolyotlari hamda vertolyotlari uchun bitta harbiy aerodrom ajratishi haqida kelishuvga erishdi. Bu samolyotlar faqat gumanitar hamda qidiruv-qutqaruv ishlaridagina qatnashishi qat’iy belgilandi. Shuningdek, O‘zbekiston hukumati O‘zbekiston hududidan Afg'onistonga havodan yoki yerdan hujum uyushtirilishiga yo‘l qo‘ymasligini ochiq-oydin ma’lum qildi.
Ha, xalqaro terrorizmga qarshi kurashga har bir davlat baholi qudrat hissa qo‘shmog‘i zarur. Zero, terrorchilar qo‘liga ommaviy qirg‘in qurollari tushib qolishi xavfi borgan sari kengayib bormoqda. Agar xalqaro terrorizm bunday qurolni qo‘lga kiritsa, u yanada dahshatli kuchga aylanishi muqarrar.
AQSH hukumati 2001-yil 8-noyabr kuni Afg‘onistondagi terrorga tayyorlovchi markazlarni yo‘qotishga qaratilgan harbiy operatsiyalarni amalga oshirishga kirishdi. Bu operatsiyalar xalqaro koalitsiya yordami- da muvaffaqiyatli nihoyasiga yetkazildi. Mamlakatni H. Karzay boshchiligida vaqtli hukumat boshqardi va 2004-yil 9-oktabrda u Prezident qilib saylandi.
Bugungi kunda Afg‘onistonda nisbatan tinch bunyodkorlik ishlari olib borilmoqda. Lekin ahvol murakkabligicha qolmoqa. Xalqaro hamjamiyat bu borada Afg‘onistonga zarur yordamni berayotir. To‘g‘ri, 20 yillik fuqarolar urushidan so‘ng Afg‘oniston iqtisodiyotini qayta tiklash, mustahkamlash, siyosiy barqarorlikni qaror toptirish ishi oson kechmaydi.



Download 298.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling