Ma’ruza №: 1945-2015 yillarda Arab davlatlari


Afg‘oniston Respublikasining tashkil etilishi


Download 298.1 Kb.
bet13/67
Sana21.04.2023
Hajmi298.1 Kb.
#1373937
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   67
Bog'liq
Ma’ruza № 1. 1945-2015 yillarda Arab davlatlari

Afg‘oniston Respublikasining tashkil etilishi

Mamlakatda Afg‘onistonni zamon ruhiga monand davlatga aylantirishni istovchi davlat arboblari ham yo‘q emas edi. Bu arboblardan biri — qirolning qarindoshi Muhammad Dovud edi (1908—1978). U 1953-yildan 1963-yilgacha Bosh vazir lavozimida ishladi. Dovud iqtisodning davlat yo‘li bilan boshqarilishi, mamlakat ichki hayoti- ni erkinlashtirish tarafdori edi. 1956-yilda hukumat 5 yillik reja qabul qildi. Unda asosiy e’tibor sanoat, transport, qishloq xo‘jaligiga, qaratildi. 1959- yilda ayollarning chodra yopinib yurishi bekor qilindi.
Dovud hukumati boshlagan o'zgarishlar islohotga qarshi kuchlarning qattiq qarshiligiga duch keldi. Bu kuchlar mamlakat hayotida chuqur o'zgarishlarga tayyor bo‘lmagan aholi katta qismiga tayanar edi. Natijada, Dovud 1963-yilda iste’fo berishga majbur bo'ldi.
Dovud hukumatidan keyingi hukumatlar ham (Muhammad Yusuf 1963— 1967, Nur Ahmad Etimodi 1967—1971, M. Shafiq 1972—1973) mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotida biror jiddiy o‘zgarish qila olmadilar. Aksincha, iqtisodiy qiyinchilik kuchaydi. Aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash qiyinlashdi. Mamlakatda kuchaygan ijtimoiy-iqtisodiy muammo- lar oxir-oqibatda hukmron doiralarda bo‘linish yuz berishiga olib keldi.
Shunday sharoitda, 1973-yilning 17-iyulida harbiylar davlat to‘ntarishi o‘tkazdilar. Hokimiyat Afg‘oniston markaziy qo‘mitasi qo‘liga o‘tdi. Uning tarkibi, harbiylardan tashqari: fuqaro arboblaridan ham iborat edi. Ularga sobiq bosh vazir Dovud rahbarlik qildi. Markaziy qo‘mita Dovudni davlat boshlig‘i va bosh vazir etib tayinladi. Shu tariqa monarxiya quladi. Afg‘oniston Respublika deb e’lon qilindi.
To‘ntarish ro‘y bergan vaqtda Zokirshoh chet el (Italiya) safarida edi. U avgust oyida o‘zining taxtdan voz kechganligini e’lon qildi. Dovud 5 yil davlatni boshqardi. Biroq u mamlakat hayotida tub o‘zgarishlar qila olmadi. Uning siyosati eski tartib manfaatlariga to‘la javob beradigan qatlamlar — ruhoniylar, katta yer egalari, davlat amaldorlarining qattiq qarshiligiga duch keldi. Ikkinchidan esa, Dovud mamlakatda o‘z rejimini o‘rnatishga intildi.
Chunonchi, u 1964-yilgi Konstitutsiyani bekor qildi. Parlamentni tarqatdi va yakka partiyaviy tizimni joriy etdi. Bu rasmiy partiyaga uning o‘zi rahbarlik qildi. 1976—1978-yillarda hukumat mavjud tartibga qarshi kuchlami qata- g‘on qilishni kuchaytirdi. Terror va qatag‘ondan mamlakat harbiylari orasida ham ta’sirga ega bo‘lgan Afg‘oniston xalq-demokratik partiyasi ham chetda qolmadi (AXDP 1965-yilda tuzilgan edi).
Dovud rejimi diniy-ekstremistik kuchlar bilan yaqinlashdi. Rejim bu kuchlardan o‘z raqiblariga qarshi kurashda foydalandi. Bu yo‘l Dovud re- jimiga qarshi ikki guruh muxolifatini vujudga keltirdi. Ularning biri diniy muxolifat, ikkinchisi harbiy muxolifat bo'ldi. Harbiy muxolifat AXDP bilan yaqin aloqani o‘rnatishga erishdi.


  1. Download 298.1 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling