Ma’ruza №: 1945-2015 yillarda Arab davlatlari
Download 298.1 Kb.
|
Ma’ruza № 1. 1945-2015 yillarda Arab davlatlari
Eron Islom Respublikasi
1945 – yil voqe’alari Ikkinchi jahon urushi oxirida Eron shoh Muham- 3 ' mad Rizo Pahlaviy (1919—1980) tomonidan boshqarilar, hukumat boshlig‘i Qavam as Sulton edi. 1947-yil uning o‘rniga I. Hakimiy va undan so‘ng Razmari tayinlandi. 1945-yili Eronda yashovchi ozarbayjon va kurd xalqlarining milliy muxtoriyat uchun kurashi boshlandi. Eron Ozarbayjonida faoliyat ko‘rsata boshlagan Ozarbayjon demokratik partiyasi quyidagi talablami ilgari surdi: yaxlit mamlakat doirasida Eron Ozarbayjoniga madaniy hayot va mahalliy boshqaruv sohasida muxtoriyat berish; ozarbayjon tilini muxtoriyat hududida rasmiy til deb tan olish; o‘z parlamentiga ega bo‘lish. Bu talablar shoh hukumatining boshqa millat vakillariga nisbatan o'tkazayotgan shovinistik siyosati oqibati edi. 1945-yilning oxirida Eron Ozarbayjoni parlamentiga (majlis) saylov o'tkazildi. Parlament 9-dekabrda Ozarbayjon Muxtor Respublikasi tuzilganligini e’lon qildi. Saylovdan so‘ng tuzilgan hukumat markaziy hokimiyatni tan olishini hamda uning muxtoriyat manfaatlariga zid bo'lmagan barcha ko‘rsatmalarini bajarishini ma’lum qildi. Maktablarda ta’lim ozarbayjon tilida olib borila boshlandi. Ozarbayjon davlat universiteti ochildi. 1945-yilning oxirida Shimoliy Kurdistonda (Eron Kurdistonida) ham muxtoriyat uchun kurash boshlandi. Tez orada muxtor Kurd Xalq Respublikasi tuzildi. Bu kurashga Kurdiston demokratik partiyasi rahbarlik qildi. Biroq bu harakatlar aslida SSSR tomonidan rag'batlan- tirilgan va qo‘llab-quvvatlangan edi. Bu esa o‘zga davlatlar ichki ishlariga bevosita aralashish edi. Ayni paytda SSSR Tude (Eron kommunistik partiyasi)ni qo‘llab-quvvatladi. Eron hukumati, tabiiyki, Eron Ozarbayjoni va Shimoliy Kurdistondagi voqealarni separatchilik harakati, deb baholadi. Buyuk Britaniya hukumati esa SSSR ning Eron ichki ishlariga aralashuviga qattiq qarshilik ko'rsatdi. Chunonchi, Eronga qo‘shimcha harbiy kuchlar jo‘natdi. SSSR manevr qilishga majbur bo'ldi. 1946-yil 4-aprelda Eron bilan aralash sovet-eron neft kompaniyasi tuzish haqidagi shartnoma evaziga o‘z qo'shinini Shimoliy Erondan olib chiqib ketishga majbur bo'ldi. yilning oxiriga kelib Eron hukumati bu shartnomani bekor qildi va mamlakat shimolini to‘la o'z nazoratiga bo'ysundirdi. Ozarbayjon va Kurd muxtor respublikalarini tugatdi. SSSR bu voqealarga aralashmadi. Chunki bunday aralashuv Buyuk Britaniya va AQSH ning birgalikdagi aks aralashuviga duch kelishi mumkin edi. Ayni paytda Eronda ingliz-amerika ta’siri kuchayib bordi. 1947-yilda Eron armiyasida AQSH mutaxassislarining rahbarlik lavozimini egallashlari mumkinligini ham ko'zda tutuvchi Erondagi amerika harbiy missiyasining faoliyati haqida eron-amerika shartnomasining imzolanishi Eronda AQSH mavqeini yanada mustahkamladi. 1950-yilda bu masala yangi shartnoma bilan mustahkamlandi. Ayni paytda ingliz-amerika qarama-qarshiligi kuchaydi. Download 298.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling