Ma’ruza №: 1945-2015 yillarda Arab davlatlari


Turkiya — 0‘zbekiston munosabatlari


Download 298.1 Kb.
bet8/67
Sana21.04.2023
Hajmi298.1 Kb.
#1373937
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   67
Bog'liq
Ma’ruza № 1. 1945-2015 yillarda Arab davlatlari

Turkiya — 0‘zbekiston munosabatlari

  1. yilda bo‘lib o‘tan saylovlarda N. Erbaqon («Farovonlik» partiya­si) Bosh vazirlikka ko‘tarildi.

Turkiya O‘rta Sharqda iqtisodiy rivojlangan davlatlardan biri. Ayni paytda, qudratli zamonaviy armiyaga ham ega.
Biroq Turkiya mamlakat hayotini G‘arbiy Yevropacha model asosida to‘la qayta qurishga muvaffaq bo‘lmadi. Bunga, birinchidan, uning texnik- iqtisodiy jihatdan orqada qolganligi sabab bo‘ldi. Mamlakat aholisining 50 foizi hamon qishloq xo‘jaligida band.
Ikkinchidan, davlat iqtisodiyotni qattiq markazlashtirgan va uning ustidan Turgut O'zal to‘la nazorat o‘matgan. Chunonchi, sanoatning katta qismi hamon davlat mulki hisoblanadi. Korxonalarning 70 foizga yaqini davlat dotatsiyasi hisobiga ishlaydi. Tashqi savdoda import eksportdan ustun turadi. Bu esa, o‘z navbatida, tashqi qarzning ko‘pa- yishiga olib kelmoqda. 1995-yilda Turkiyaning tashqi qarzi 50 mlrd. dollarni tashkil etganligi asosan shu omil bilan izohlanadi. 2000-yilda mamlakat prezidentligiga A. Sezer saylandi. Tayyip Erdog'an Bosh vazir lavozimini egalladi.

  1. Tashqi siyosat

Turkiya tashqi siyosatda birinchi navbatda AQSH bilan munosabatlarni yaxshilashga intildi. Chu­nonchi, AQSH hukumati 1947-yil 12-iyulda Turkiyaga moliyaviy va harbiy yordam ko'rsatish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Turkiya «Trumen doktrinasi» bo‘yicha harbiy yordam oldi.
1948-yil iyulda Turkiya hukumati AQSH bilan «Marshall rejasi» asosi­da hamkorlik qilish to‘g‘risida bitim imzoladi. BU ikkala bitim bo‘yicha Turkiya AQSHdan 800 mln. dollar oldi va mablag'lar asosan harbiy ishga sarflandi. Budjetning 60 foizi bu davrda harbiy maqsadlarga ketmoqda edi. AQSH ning Koreyada olib borgan urushida ishtirok etdi. 1951-yil oxirida Turkiya NATO a’zoligiga qabul qilindi. 1954-yilda SEATO harbiy-siyosiy ittifoqi a’zosi bo‘ldi.
Shu yildan boshlab Turkiya tashqi siyosatida Kipr masalasi alohida o‘rin tuta boshladi. 1955-yilda esa Bag‘dod paktini imzoladi. 1959-yilda Turkiya hududida AQSH harbiy bazasi barpo etish to‘g‘risida ikki tomonlama shartnoma imzolandi. Shuningdek Eron va Pokiston bilan shartnoma tuzib, SENTOni tashkil etdi. (1958-yilda Iroq bu blokdan chiqib ketgan edi). 60- yillardan boshlab Turkiyaning AQSH bilan bir tomonlama ittifoqchilikka asoslangan tashqi siyosatida o‘zgarish yuz bera boshladi.
Endi Turkiya «Umumiy bozor» a’zosi bo'lgan davlatlar, birinchi navbatda, GFR bilan iqtisodiy aloqalami rivojlantira boshladi. 1974-yilda Kipr muammosi yanada keskinlashdi. Kiprni Gretsiyaga qo‘shib olishga intiluvchi kuchlar qonuniy hukumatga qarshi bosh ko‘tardilar. Bunga javoban Turkiya harbiy kuchlarini Kiprga kiritdi. Shu tariqa Kipr amalda kiprlik turklar va kiprlik greklar jamoalariga bo'linib ketdi.
Turkiya O‘zbekiston davlat mustaqilligini birinchi bo‘lib tan olgan davlatdir. Turkiya bilan O‘zbekiston o'rtasida abadiy do'stlik to‘g‘risida shartnoma imzolangan. O‘zbekistonda ko'plab o‘zbek-turk qo'shma korxonalari faoliyat ko'rsatmoqda. Ularning ichida Samarqanddagi «Otayo‘1» avtobus ishlab chiqaruvchi korxona alohida ahamiyatga ega.
Sovet davlati parchalanib ketgach, Turkiya O‘rta Osiyo respublikalari bilan yaqin munosabat o'rnatdi. Yaponiya va AQSH firmalari Turkiyada sovutgich va televizor ishlab chiqaruvchi korxonalar qura boshladilar. Shuningdek, Turkiya ko‘pgina xorij firmalariga vositachi rolini o‘ynamoqda.
Turkiya O‘zbekiston mustaqilligini birinchi bo‘lib tan olgan mamlakatdir. 1991-yil dekabrda O‘zbekiston Prezidenti I. A. Karimov Turkiyaga rasmiy tashrif bilan bordi. Mamlakat Prezidenti Turgut O‘zal, Bosh vazir Sulaymon Demirel va ishbilarmonlar bilan uchrashib, O‘zbekiston Respublikasi va Turkiya jumhuriyati o‘rtasidagi aloqalarning asos va maqsadlari to‘g‘risida shartnoma imzolandi. Bu shartnomada mamlakatlarimiz o'rtasidagi ma’naviy, ruhiy yaqinlik ta’kidlandi. Iqtisodiy va savdo sohasida hamkorlik, madaniyat, fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, sport, turizm va boshqa bitimlar imzolandi.
Ikki mamlakat o‘rtasidagi aloqalarni yangi bosqichga ko‘tarishda 1992- yil aprelida Turkiya Bosh voziri Sulaymon Demirelning respublikamizga tashrifi katta rol o‘ynadi. Turklarning «Interner», «O‘zturk», «O‘zyuksal», «Dogu ilag», «Yazeks», «Bursel» va boshqa firmalari O‘zbekistonda keng faoliyat ko‘rsatdi.
1993-yil aprelida Turkiya Prezidenti T. O‘zalning O‘zbekistonga tashrifi, ayniqsa, samarali bo‘ldi. «Daromad va mol-mulkka ikki tomonlama soliq solmaslik to‘g‘risida», «Terrorizm, g‘ayriqonuniy qurol va giyohvand moddalar tarqatishga qarshi kurash to‘g‘risida» bitimlar va boshqa hujjatlar imzolandi.

  1. yilda O‘zbekistonga 240 mln. dollar miqdorida turli tovarlar keltirildi.

Turkiyaning yordami bilan Qoraqalpog‘istonda «Kateks», «Elteks», Buxoroda «Vardonze» (erkaklar ko‘ylagi tikishga moslashgan) va boshqa ko‘plab korxonalar qurildi. Ularning ichida Samarqandagi «Otayo‘l» avtobus ishlab chiqaruvchi korxona alohida ahamiyatga ega. Turklar O‘zbekiston- dagi ko‘plab mehmonxonalarni qayta ta’mirlashda yordam ko'rsatdilar. Ikki mamlakat o‘rtasida madaniyat, fan sohasida ham aloqalar kuchayib bormoqda.
Turkiya bilan O‘zbekiston o‘rtasida abadiy do‘stlik to‘g‘risida shartno­ma imzolangan.



  1. Download 298.1 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling