Ma’ruza №: 1945-2015 yillarda Arab davlatlari
Download 298.1 Kb.
|
Ma’ruza № 1. 1945-2015 yillarda Arab davlatlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ma’ruza №: 2.
Keyingi o‘zgarishlar
Mamlakatda davlat organlarini qayta tashkil etish boshlandi. Umumiy Xalq Kongressi Oliy hokimiyat organi deb e’lon qilindi. 1977-yil 3-mart kunidan boshlab Liviya Arab Respublikasi Liviya Xalq Arab Jamaxiriyasi nomi bilan ataladigan bo'ldi. M. Kaddafiy esa 1-sentabr inqilobining rahbari deb e’lon qilindi. Shu tariqa u davlatning yagona rahbariga aylandi. Liviya milliy boyligining asosini neft tashkil etadi. Hukumat Liviyada neft qazib chiqarish bilan shug'ullanuvchi barcha kompaniyalarni to'la yoki qisman milliylashtirdi. Mamlakat ichkarisida neft mahsulotlarini sotish va taqsimlashni davlat o‘z qo‘liga oldi. Milliy neft-kimyo sanoati hamda neft tashuvchi flot yaratildi. Liviya iqtisodiyotida davlat sektori katta salmoqqa ega. Neft sanoatidan tashqari, banklar, sug‘urta kompaniyalari, yirik qishloq xo'jalik birlashmalari, transport, qurilish kompaniyalari hamda tashqi savdo davlat ixtiyoridadir. Liviya qonunlari kishining mehnat natijasini o‘zlashtirib olmaydigan tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanishga ruxsat etadi. Mamlakat rahbariyati aholining ijtimoiy himoyasi masalasiga alohida e’tibor berdi. Ish haqi to'lashni davlat tartibga solib turadi. Turar joy uchun kam haq olinadi. Aholiga bepul tibbiy xizmat ko‘rsatiladi. Umumiy va oliy ta’lim ham bepul. Obyektiv sabablarga ko‘ra, mamlakat qishloq xo'jaligi kam taraqqiy etgan. Shuning uchun oziq-ovqat mahsulotlari chetdan sotib olinadi. Shunday bo‘lsa-da, bugungi Liviya — dunyoning eng boy davlatlaridan biri. Liviya yiliga 110 mln. tonna neft qazib oladi. Neft savdosi mamlakat g'aznasiga 10 mlrd. dollar daromad keltiradi. Liviya faol tashqi siyosat yuritadi. U Arab Davlatlari Ligasi, Afrika hamkorligi tashkiloti, Qo'shilmaslik harakati, Arab mag‘ribi Ittifoqi kabi regional tashkilotlar a’zosidir. Falastin Ozodlik Tashkilotini qo'llab- quwatlaydi. Unga katta miqdorda moliyaviy yordam ham ko'rsatadi. Biroq Liviya xalqaro terrorizmni qo‘llab-quwatlashda ham ayblanib kelmoqda. Bu esa uning AQSH tomonidan jazolanishiga sabab bo'lgan. AQSH M. Kaddafiyni jismonan yo‘q qilish maqsadida 1986-yilning 15- aprelida Liviya poytaxti Tripoli shahrini bombardimon qildi. Lekin M. Kaddafiy omon qoldi. Ayni paytda 2000-yilda Liviya xalqaro terrorizmda gumon qilingan ikki fuqarosini xalqaro sud hukmiga topshirishga majbur bo'ldi. Xalqaro sud (Gaaga shahrida) ularning birini aybdor deb topdi va qamoq jazosiga hukm qildi. 2005-yilga kelib M. Kaddafiy G‘arb davlatlarining barcha talablarini bajardi. Qurollanish dasturini to‘xtatdi. G‘arb xalqaro cheklovni bekor qildi. Ma’ruza №: 2. 1945-2015 yillarda Turkiya, Eron, Afg’oniston Download 298.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling