Ma’ruza №: 1945-2015 yillarda Arab davlatlari


Arab — Isroil munosabatlarining keyingi ahvoli


Download 298.1 Kb.
bet3/67
Sana21.04.2023
Hajmi298.1 Kb.
#1373937
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   67
Bog'liq
Ma’ruza № 1. 1945-2015 yillarda Arab davlatlari

Arab — Isroil munosabatlarining keyingi ahvoli

Yaqin Sharq muammosi Buyuk Britaniya va Fransiyani ham befarq qoldirmadi. Bu ikki davlat ham Yaqin Sharqdagi manfaatlaridan voz ke- chishni aslo istamas edi. Ular arab davlatlarida hokimiyat tepasida o‘zlariga sodiq hukumatlarning turishi uchun barcha choralarni ko‘rdi.
Manfaatlariga katta xavf tug‘ilgan paytda ular agressiya uyushtirish- dan ham tap tortmadilar. Chunonchi, 1956-yilda shunday bo'ldi. Shu yil oktabr oyida Buyuk Britaniya, Fransiya va Isroil Misrga qarshi agres­siya uyushtirdilar. Faqatgina SSSRning Yaqin Sharqda tinchlikni tiklash uchun zarur bo‘lsa kuch ishlatishga tayyor ekanligi haqidagi qattiq bayonoti agressiyani to‘xtatishga majbur etdi. Falastin arab xalqi kurashini to‘xtatgani yo‘q. 1964-yilda Livan hududida Falastin ozodlik Tashkiloti (FOT) tuzildi.
Bu tashkilot o‘z oldiga mustaqil Falastin davlatini tuzish vazifasini qo‘ydi. Tez orada u 15 minglik yaxshi tayyorgarlik ko‘rgan armiyaga ega bo‘ldi.
1967-yilning 5-iyunida Isroil Misrga yana hujum qildi. Bu urushda Misr armiyasiga juda katta talafot yetkazildi. Urush 6 kun davom etdi. Shu davr ichida Isroil o‘z hududidan 2 baravar katta bo'lgan arab davlatlari hududlarini bosib oldi. Bu hududlar keyinchalik anneksiya ham qilina boshlandi.
Misr Sinay yarim orolini, Suriya Jo'lan tepaligini, Iordaniya esa Iordan daryosining g‘arbiy qirg‘og‘ini boy berdi. SSSR 10 yil davomida Misr va Suriyaga yetkazib bergan harbiy texnikaning deyarli barchasi Isroil qo‘liga o‘tdi. G‘azo sektori va Falastin davlati poytaxti bo‘lishi kerak bo'lgan Quddus shahrini ham (arablar yashaydigan qismi) Isroil egalladi. Bu mag'lubiyat boshqa arab davlatlarini tashvishga solib qo'ydi.
1967-yil Sudanda arab davlatlari rahbarlarining oliy darajadagi uchrashuvi o'tkazildi. Uchrashuvda Isroil bilan muzokara o'tkazmaslik; Isroilni tan olmaslik va u bilan separat tinchlik shartnomasini imzolamaslik haqida qaror qabul qilindi. Ayni paytda, agar Isroil davlati Falastin arab xalqiga o'z davlatini tuzish imkonini bersa hamda bosib olingan yerlarni qaytarsa, bu qarorni bekor qilish mumkinligini qayd etdi.
Isroil ittifoqchilari ham qo'l qovushtirib o'tirmadi, albatta. Ular Isroilga katta miqdorda yordam ko'rsatishni davom ettirdilar. 1969—1979-yillar oralig'idagi 10 yil ichida Isroil 20 mlrd. dollarlik yordam oldi. Hukumat bosib olingan hududlarga yahudiylarni joylashtirish siyosatini yuritdi.
Arab davlatlari ham o'zlarining harbiy salohiyatlarini mustahkamlash choralarini ko'rdilar. SSSR ularga zarur harbiy texnika yetkazib berdi.
1973-yil 6-oktabrda yana arab-isroil urushi boshlandi. Shu kuni Misr- Suriya armiyasi Isroilga hujum qildi. Arab qurolli kuchlari birinchi bor Isroilni og'ir ahvolga solib qo'ydi. Ayni paytda FOTning xalqaro obro'si oshib bordi. 1974-yilda arab davlatlari uni falastin arab xalqining yagona vakili, deb tan oldilar. FOTga BMTda kuzatuvchi maqomi berildi.



  1. Kemp-Devid bitimi va uning oqibatlari

Isroilning og’ir ahvolga solib qo'yilishi uning ittifoqchilarini befarq qoldirmadi. AQSH isroil-arab munosabatlariga jiddiy aralasha boshladi. Uning maqsadi Isroilning xalqaro obro'sini saqlab qolish edi. Ikkinchidan, arab davlatlarini SSSRdan uzoqlashtirish hamda arablar orasiga nizo solish edi. AQSH o'z maqsadiga erishdi ham.

  1. yilning 26-martida AQSH Isroil va Misr o'rtasida separat Kemp- Devid (AQSH) bitimi imzolanishiga erishdi. Unga ko'ra, Isroil o'z qo'shinlarini 1982-yil aprelgacha Sinaydan olib chiqib ketishga rozilik berdi. AQSH har ikki davlatga iqtisodiy-harbiy yordam ko'rsatish majburiyatini oldi. AQSH Suvaysh kanalini minalardan tozalab, kemalar qatnovini yo'lga qo'yishda Misrga yordam ko'rsatdi. Arab ekstremistlari Misr Prezidenti A. Sadatning bu siyosatini sotqinlik deb baholadilar va 1981-yilning 6- oktabrida uni o'ldirishga muvaffaq bo'ldilar.

  1. 1990-yillarda arab davlatlari o'rtasida Yaqin Sharq masalasida bo'linish yuz berdi. Boy arab davlatlari — Saudiya Arabistoni, Quvayt, Birlashgan arab amirliklari (BAA) va Ummon davlatlari muammoni Isroil bilan kelishuv orqali hal etish kerakligini yoqlab chiqdilar. Iordaniya va Livan ham keyinchalik shunday qildi. Suriya va Iroq esa tinch kelishuv yo‘lini inkor etdilar.

  1. yildan boshlab Yaqin Sharq muammosini hal etish yangi bos­qichga kirdi. Isroil Falastin milliy avtonomiyasini tuzishga ijozat berdi. Biroq bir qancha muzokaralar o‘tkazilsa-da, Falastin davlatini tuzish muammosi hamon ochiqligicha qolmoqda.

2005-yilda Yo. Arofat vafot etgach, uning o‘miga kelgan Mahmud Abbos bu ishni davom ettirmoqda. 2005-yil avgustidan Isroil G‘azo sektoridan

  1. mingdan ortiq yahudiylami ko'chirib olib chiqib ketdi. Bu narsa Isroilda munosabatni ancha keskinlashtirdi, falastinliklar esa bayram qildi.




  1. Iroq

Iroqda Ikkinchi jahon urushidan keyin ham amalda Buyuk Britaniya nazorati davom etdi.

  1. yilning 15-yanvarida Buyuk Britaniyaning Portsmut shahrida imzolangan shartnoma bu holatni yanada mustahkamladi. Shartnomaga ko‘ra, urush xavfi paydo bo'lgan chog'da Buyuk Britaniya Iroqni ishg‘ol etish huquqini oldi.

Amalda Buyuk Britaniya irodasiga bo'ysungan qirol hukumati Iroqni harbiy-siyosiy ittifoqqa tortdi. Shu ittifoq 1955-yilning 12-oktabrida rasmiylashdi va bu Bag‘dod pakti nomi bilan ataldi.
Qirol hokimiyatining amalda G‘arb davlatlari irodasini bajaruvchiga aylanishi mamlakat harbiylari orasida norozilik tug'dirdi. 1956-yilda harbiy qismlar orasida «Erkin zobitlar» tashkiloti tuzildi. 195 8-yilning 14-iyulida harbiy to'ntarish amalga oshirildi. Mamlakat qiroli Feysal II o‘ldirildi. Iroq Respublika deb e’lon qilindi. Polkovnik Abdul Karim Qosim boshchiligida hukumat tuzildi. Iroq Bag‘dod paktidan chiqdi. Chet el harbiy bazalari tugatildi. Sentabr oyida agrar islohot to‘g‘risida qonun qabul qilindi.
Ayni paytda Abdul Karim Qosim mamlakatda shaxsiy diktatura o'rnatishga intildi. Muxolifatchi kuchlarni qatag‘on qilish siyosatini yuritdi. Tashqi siyosatda esa Quvaytga nisbatan hududiy da’vo bilan chiqdi. Bu hoi uning arab dunyosida yakkalanib qolishiga olib keldi. Mamlakatda hokimiyat uchun kurash kuchaydi.
Buning natijasida 1963-yilning 8-fevralida navbatdagi harbiy to'ntarish o‘tkazildi. Abdul Qosim va uning yaqin tarafdorlari o'ldirildi. Hokimiyat tepasiga Baas partiyasi (Arab sotsialistik uyg‘onish partiyasi) va Abd as- Salom Arafa boshchiligidagi harbiy guruh keldi.
Arafa prezident deb e’lon qilindi. Ammo u ham mamlakat ijtimoiy- iqtisodiy taraqqiyoti xususida turli siyosiy guruhlar birligini ta’minlay olmadi. Mamlakatda siyosiy beqarorlik davom etdi. Kurd muammosi ichki vaziyatni yanada murakkablashtirdi.
Shunday sharoitda Arafa 18-noyabr kuni yangi davlat to‘ntarishi o'tkazdi va butun hokimiyatni o‘z qoiiga oldi. U mamlakatda «arab sotsializmi» qurishini e’lon qildi. Yagona siyosiy partiya — Iroq arab sotsialistik ittifoqi tuzildi. Boshqa partiyalar faoliyati taqiqlandi. Ichki siyosatdagi chet el kapitaliga qaram kompaniyalar milliylashtirildi. Kurd separatchilari bilan harbiy harakatlarni to'xtatish haqida bitimga erishildi. Biroq muxolifat kuchlarga qarshi qatag'on kuchaytirildi.
Tashqi siyosatda qo'shni arab davlatlari bilan munosabatlar normal- lashtirildi. Lekin Arafa hukumati davlatning iqtisodiy ahvolini yaxshilay olmadi. Buning asosiy sababi harbiy xarajatning ko'paytirilganligi bo'ldi. 1967-yilgi Isroil agressiyasi mamlakat iqtisodiy ahvolini yanada murakkablashtirdi.
Bu hoi armiyadagi turli xil guruhlar o'rtasida hokimiyat uchun kurashni yanada kuchaytirdi. Va, nihoyat, 1968-yil 17-iyul kuni harbiylar yana navbatdagi davlat to'ntarishini amalga oshirdilar. Taqiqlangan Baas partiyasi yana hokimiyat tepasiga keldi. Bu voqea siyosiy adabiyotlarga «Iyun inqilobi» nomi bilan kirgan. General Ahmad Hasan al-Bakr prezidentlik lavozimini egalladi.
Yangi hukumat iqtisodiyotda davlat sektorini yaratish yoMini tutdi. Radikal agrar islohot o'tkazishni, kurd muammosini tinch yo'l bilan hal etishni e’lon qildi. 1972-yilda katta yer egalaridan ortiqcha yerlami olish vazifasi nihoyasiga yetkazildi. Shu yil 1-iyunda «Iroq petroleum» neft kom­paniyasi milliylashtirildi. Keyingi yillarda barcha neft sanoati milliylashtirildi.
1973-yilda chuqur ijtimoiy-iqtisodiy o'zgarishlarni amalga oshirish uchun turli siyosiy kuchlarni birlashtirgan Taraqqiyparvar milliy vatanparvarlik fronti tuzildi. 1974-yilda kurd xalqi muxtoriyatni amalga oshirish haqida qonun qabul qildi. Muxtoriyat hududida kurd tili rasmiy til deb tan olindi.
Tashqi siyosatda arablar birligiga ko'maklashish oldingi o'ringa chiqdi. Xususan, Iroq 1973-yilda Suriyaga Isroil agressiyasini qaytarishda yordam berdi. Uning armiyasi Damashqning Isroil qo'shinlarini mag'lubiyatga uchratishida muhim rol o'ynadi. Ayni paytda SSSR bilan yaqinlashish yo'lini tutdi.
Bu yaqinlashuv 1972-yilda ikki davlat o'rtasida do'stlik va hamkorlik to'g'risidagi shartnoma bilan mustahkamlandi. SSSRning yordami bilan Iroqda 80 ta iqtisodiy obyekt qurildi.

  1. yil oxirida hokimiyatni general S. Husayn egalladi. U mamlakat­da diktatura o'rnatdi. Muxolifatchi kuchlar faoliyati taqiqlandi. Iroqni «qudratli» davlatga aylantirishga kirishdi. Harbiy xarajat har qachongidan ham oshirildi. Million kishilik armiya barpo etildi.

Iroqning qudrati qo'shni davlatlami tashvishga solib qo'ydi. Chunki avantyurist S. Husayndan hamma narsani kutish mumkin edi. Chunonchi, yilda u Eronga hududiy da’vo bilan chiqdi. Bu hoi Iroq — Eron urushini keltirib chiqardi. Urush 8 yil davom etdi. Har ikki tomon minglab qurbon berdilar. Katta iqtisodiy talafot ko'rdilar. Iroq maqsadiga erisha olmadi. Eron o'z hududi daxlsizligini himoya qila oldi.

  1. yil avgustida S. Husayn yana bir avantyuraga qo'l urdi. U Quvaytni bosib olish maqsadida armiyasini bu mamlakatga kiritdi. Biroq xalqaro hamjamiyat bunga befarq qarab turmadi. BMT Xavfsizlik Kengashi Iroq rahbariyatidan qo‘shinini Quvaytdan olib chiqib ketishni talab qildi. Ammo bu talab bajarilmadi. Bu esa Iroqqa qarshi davlatlar ittifoqining tuzilishiga olib keldi.

1991-yilning 17-yanvarida bu ittifoq harbiy kuchlari (asosan AQSH armiyasidan iborat ) Iroq armiyasiga hujum boshladi va uni tor-mor etdi. Quvaytning davlat mustaqilligi tiklandi.
Ammo S. Husayn Iroqdagi o‘z hokimiyatini va yakka hukmronligini mustahkamlab bordi. Qurollanishni kuchaytirdi. Jahon hamjamiyati Iroqdan ommaviy qirg‘in qurollari ishlab chiqarishga imkon beruvchi manbalarni tugatishni talab etdi.
Qaysar S. Husayn bu haqli talabni inkor etdi. Bunga javoban Iroqqa nisbatan iqtisodiy sanksiya chorasi ko‘rildi. Unga ko‘ra, Iroq neftini sotish minimum darajada cheklab qo'yildi. Xalqning ahvoli og'irlashdi.
AQSH Iroqni harbiy kuch yordamidagina xalqaro huquq normalarini hurmat qildirish mumkin, deb hisobladi va 2003-yil iyun oyida Angliya ko‘magida Iroqqa hujum boshlab, S. Husaynni tor-mor qildi. Koalitsiyachilar hamon o‘z qo‘shinlarini Iroqda saqlab turibdilar. AQSH Iroqning butun boyligiga, ayniqsa, katta miqdordagi neftga ega bo‘ldi. Iroqda vaziyat keskin bo‘lib, kelgindilarga qarshilik ko‘rsatish to‘xtamayotir. Xalq esa urush jarohatlarini tiklamoqda. Bosh vazir Ayyad Alaviy amerikaparast siyosat yuritmoqda.



  1. Saudiya Arabistoni

1925-yilda Arabiston amiri Abdul Aziz ibn Abdul Rahmon ibn Saud qo shmi deyarli butun Arabistonni egalladi. 1932-yilda esa Ibn Saud Saudiya podsholigi tuzilganligini e’lon qildi. Shu tariqa Saudiya Arabistoni davlati vujudga keldi.
Saudiya Arabistoni hududi Islom dinining markazidir. Musulmonlar uchun muqaddas hisoblangan Makka va Madina shaharlari shu davlat hududida joylashgan. Saudiya Arabistoni mutlaq monarxiya davlatidir.
Ayni paytda Saudiya Arabistoni dunyoning neftga boy davlatlaridan biri. Bu omil uning iqtisodiyoti gurkirab rivojlanishiga yordam berdi. 1935- yildan boshlab AQSH neft kompaniyalari neft qazib chiqarish bilan shug‘ullana boshladi: Shu yili neft qazib chiqarish bo‘yicha arab-amerika kompaniyasi tuzildi. 1939-yildan boshlab esa neftni sanoat asosida qayta ishlash boshlandi.

  1. yilda podsholik taxtiga Faysal ibn Saud o‘tirdi. U mamlakatni zamonaviylashtirish va liberallashtirish siyosatini yurita boshladi. Zamonaviylashtirish deyilganda zamonaviy iqtisodiyotni vujudga keltirish tushunilar edi. U milliy neft sanoatini yaratishga kirishdi. Arab-amerika neft kompaniyasi (ARAMKO) qarorgohi Saudiya Arabistoniga ko‘chirildi. 1973- yilda Arab-amerika neft kompaniyasi milliylashtirildi. 1982-yildan boshlab kompaniya daromadida Saudiya Arabistoni hissasi 51 foizni tashkil etishiga erishildi. 1999-yilda esa kompaniya to‘la Saudiya mulki bo‘lib qoldi.

Podsho hukumati aholi turmush darajasini yaxshilashga qaratilgan qator tadbirlarni amalga oshirdi. Chunonchi, mehnat qilish huquqi kafolatlandi. Zamon ruhiga mos mehnat qonuni joriy etildi. Oddiy kishilar uchun arzon turar joylar qurildi. Yuqori ish haqi to'lanishi kafolatlandi.
Tekin tibbiy xizmat joriy etildi. Chet elda davolanish zaruriyati tug‘ilganda davlat uning xarajatini o‘z bo'yniga oladigan tartib joriy qildi. Bepul umumiy o'rta ta’lim amalga oshirildi. o‘g‘il o'quvchi bola uchun uning oilasiga kompensatsiya to'lovi joriy etildi. Qirol Faxd bin Abdulaziz as-Saud (1982- yilda taxtga o‘tirgan) ham Faysal siyosatini davom ettirdi. Bugungi kunda davlat daromadining 92 foizi neftdan kelmoqda. Xususan, 1995-yilda 50 mlrd. dollarlik neft sotilgan bo‘Isa, mamlakatga 30 mlrd. dollarlik xalq iste’mol tovarlari olib kelindi.
Saudiya Arabistoni iqtisodiyoti neftdan topgan daromadning hammasi- ni o‘zlashtirishga qodir emas. Shuning uchun topilgan daromadning bir qismi chet el banklarida saqlanadi hamda qarzga beriladi. Bu hoi Saudiyaning dunyo iqtisodiy taraqqiyotida sezilarli rol o'ynashini ta’minlab kelmoqda.
2005-yil 1-avgustda qirol Faxd vafot etdi. Uning o'rnini 79 yoshli ukasi Abdulloh bin Abdulaziz as Saud egalladi.




  1. Download 298.1 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling