Ma’ruza №: 1945-2015 yillarda Arab davlatlari


Download 298.1 Kb.
bet12/67
Sana21.04.2023
Hajmi298.1 Kb.
#1373937
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   67
Bog'liq
Ma’ruza № 1. 1945-2015 yillarda Arab davlatlari

Eron inqilobdan so‘ng

Oyatullo Xumayniy o‘z hokimiyatini mustah­kamlash uchun uning rejimiga qarshi chiqqanlami qatag‘on qilishni uyushtirdi. Natijada 1982—1984- yillar davomida 70 mingdan ortiq kishi o‘ldirildi. Biroq jahon jamoatchiligi talabi Eron rahbariyatini o‘z ichki siyosatini yumshatishga majbur etdi.

  1. yilda (Xumayniy vafotidan so‘ng) mamlakat prezidentligiga saylan- gan Ali Akbar Xoshimiy Rafsanjoniy (1934-yilda tug‘ilgan) iqtisodiy islo­hot o‘tkaza boshladi. Ayni paytda ijtimoiy hayotni liberallashtirish yo‘lini tutdi.

Biroq bu yo‘l katta qiyinchiliklarga duch keldi. Bu, bir tomondan, 1980—

  1. yillarda davom etgan EronIroq urushi oqibatida korilgan katta iqtisodiy yoqotish (350 mlrd. dollar zarar ko'rildi, 700 ming eronlik oldi) bilan bogliq bo'lsa, ikkinchi tomondan, AQSH ning Eronni xalqaro terro­rizm markazlaridan biri deb elon qilishi bilan bogliq edi. AQSH Eron bilan savdo aloqalarini toxtatib qoydi. Boshqa Garb davlatlari esa Eronga ilgor texnologiya kiritishni taqiqlab qoyishdi.

Aholining ishlab chiqarish suratiga nisbatan tez kopayishi, jahon bozorida neft narxining pasayishi, ayni paytda, Eronda neft ishlab chiqarishning 2 baravar kamayishi vaziyatni yanada murakkablashtirdi. Shunday sharoitda, 1997-yil avgustida Muhammad Xotamiy mamlakat prezidentligiga saylandi. U shia ruhoniylarining yangi avlodiga mansub edi. U tashqi siyosatda AQSH va G‘arbning boshqa davlatlari bilan munosabatlarni yumshatishga intildi.
Rossiya bilan munosabatlarni yanada rivojlantira boshladi. Rossiya Eronga kimyo sanoatini rivojlantirishda, atom elektr stansiyasi qurishda hamda armiyani zamonaviy qurollar bilan qayta qurollantirishda yordam bermoqda. Ayni paytda O‘rta Osiyo Respublikalari bilan ham savdo-iqtisodiy aloqalar rivojlanmoqda. 1996-yilda Mashhad (Eron) — Saraxs (Turkma- niston) temir yo‘li qurilishini tugallashga muvaffaq bo‘lindi. Buning natijasida O‘rta Osiyo respublikalari Fors ko‘rfaziga chiqish imkoniga ega bo'ldilar.
Eron rahbariyati Afg'onistondagi voqealarga faol aralashib keldi. Uning bu aralashuvi Afg'onistondagi muxolifatchi kuchlardan biri — Shimoliy Alyans (Ittifoqi)ni qo'llab-quwatlashdan iborat bo'ldi. 2001-yilda bo'lib o'tgan prezidentlik saylovida yana Muhammad Xotamiy g'alaba qozondi. Eronda jamiyat hayotini liberallashtirish siyosati davom etdi.



  1. Eron — O'zbekiston munosabatlari

2005-yilgi saylovlarda Mahmud Ahmadiy Najot qozonib, mamlakat prezidenti lavozimiga keldi.
Eron Islom Respublikasi 1992-yil 10-mayda O'zbekiston bilan diplomatik munosabatlarni o'rnatdi. O'zbekiston Prezidenti I. A. Karimov- ning 1992-yil noyabr oyidagi Eronga rasmiy safaridan so'ng mamlakatlarimiz o'rtasida hamkorlik miqyosi yanada kengaydi. 1993-yil yanvar — avgust oylarida, ya’ni faqat 8 oy davomida O'zbekiston va Eron o'rtasida 186,1 ming dollarlik tovar ayirboshlandi. Eronning «Pors grupp», «Sepand grupp» va boshqa firmalari respublikamizda faoliyat ko'rsatmoqda. Bir qancha qo'shma korxonalar tashkil etilgan. 1993-yil aprelida bo'lib o'tgan Eron tasviriy san’at va avgustda o'tkazilgan savdo-sanoat ko'rgazmasi ko'pchi- likda yaxshi taassurot qoldirdi.
Eron Islom Respublikasining O'zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Said Gulpoyagoniy 1993-yil oktabrda O'zbekiston Fanlar Akade- miyasining Sharqshunoslik institutiga fors tilining ko'p jildli mukammal lug'atini, Alisher Navoiyning dastxati nusxalarini taqdim etdi. Respublika madaniy-ma’rifly aloqalar milliy uyushmasi huzurida O'zbekiston — Eron aloqalari rivojlanishidan minnatdorligini bildirdi.

  1. yil 18-oktabrda Eron Prezidenti Ali Akbar Xoshimiy Rafsanjoniy- ning O‘zbekistonga rasmiy tashrifi mamlakatlar o'rtasida hamkorlikning yanada samarali bo'lishiga ko'maklashdi. Safar davomida tranzit aloqalarni tartibga solish, xalqaro avtomobil qatnovi haqida va boshqa bitimlar imzolandi.

  1. 1996-yillarda uzunligi 295 km bo'lgan Mashhad — Seraxs — Tajan temir yo'li qurildi. Bu temir yo'l O‘zbekistonning Fors qo‘ltig‘iga chiqishiga imkon yaratdi.

Shunday qilib, Eron hozirgi kunda dunyo diqqat markazida turgan mamlakatdir. Uning yadro energiyasidan tinch maqsadlarda foydalanish dasturi AQSH boshliq G‘arb davlatlariga yoqmayapti. Ular Eronni turli tarafdan siquvga olishga harakat qilmoqdalar. Lekin Eron o‘z yo‘lidan qaytmayapti.


  1. Afg'oniston

  1. Urushdan keyingi ahvol

Afg‘oniston konstitutsiyaviy-monarxiya davlati edi. Davlat boshlig‘i qirol hisoblangan.
Urushdan keyingi yillarda ham M. Zokirshoh (1933-yilda taxtga o‘tirgan) qirol edi. Uning hukmronligi davrida mamla­kat ichki hayotida jiddiy ijtimoiy-iqtisodiy o'zgarishlar yuz bermadi. Mam­lakat hayotida o‘rta asrchilik munosabatlari hukmronligicha qolaverdi.
Urush yillarida ichki siyosiy hayot keskinlashdi. 1946-yilda kabinet almashuvi bo‘lib, hukumatga qirolning tog‘asi Shoh Mahmud boshchilik qilaboshladi. Tashqi siyosatda dastlab AQSH bilan yaqinlashish boshlandi.
Ammo AQSH janubdagi irrigatsiya inshootlarini vaqtida (1949) tugallamay qo‘shimcha mablag‘ talab qildi Afg‘onistonni noqulay vaziyatda 39,5 mln. dollarlik asoratli zayom olishga majbur qildi.
Shu sababli ko‘p o‘tmay bu siyosat o‘zgara boshladi. Buning ustiga AQSH va Buyuk Britaniya betaraf Afg'onistonni harbiy-siyosiy ittifoqlar- ga jalb etishga urinishlari, ikkinchi tomondan esa, afg‘on-pokiston munosabatlaridagi keskinlikning vujudga kelishi ahvolning chigallashuviga sabab bo'ldi.
Ma’lumki, Pokistonning Afg‘oniston bilan chegara hududlarida pushtun xalqi yashaydi. Buyuk Britaniya bu hududlarni ham Pokiston hududiga qo‘shib yuborgan edi. Afg‘oniston pushtunlarga (Afg‘oniston aholisining katta qismini pushtunlar tashkil etadi) taqdirini o‘zi belgilashi huquqi berilishi tarafdori edi.
1955-yilda Pokiston Afg'oniston tovarlarining Pokiston hududi orqali o‘tkazilishini taqiqlab qo‘ydi. Bunday sharoitda SSSR o‘z hududi Afg‘oniston tashqi savdosida tranzit vazifasini o'tashi mumkinligini ma'lum qildi. 1955- yilda bu masala xususida sovet-afg‘on bitimi imzolandi. M. Zokirshohning 40-yillik hukmronligi davrida mamlakat taraqqiyoti o‘ta sekin rivojlandi. Mamlakatda atigi 300 ta katta-kichik sanoat korxonasi qurildi, xolos. (Uning 140 tasi SSSR yordami bilan qurilgan) Buning oqibatida mamlakat qoloqligicha, aholi turmush darajasi esa pastligicha qola berdi.




  1. Download 298.1 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling