Ma’ruza №: 1945-2015 yillarda Arab davlatlari


Yaponiyaning yangi Konstitutsiyasi


Download 298.1 Kb.
bet31/67
Sana21.04.2023
Hajmi298.1 Kb.
#1373937
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   67
Bog'liq
Ma’ruza № 1. 1945-2015 yillarda Arab davlatlari

Yaponiyaning yangi Konstitutsiyasi
Yaponiya parlamenti 1947-yilda mamlakatning yangi Konstitutsiyasini qabul qildi. Bu Konstitut- siyaga ko‘ra, Yaponiyada Konstitutsion monarxiya tuzumi amal qiladi. Yangi Konstitutsiyaga ko'ra, imperator hokimiyati saqlanib qolgan bo‘lsa-da, Yaponiya demokratik davlat, deb e’lon qilindi. Imperator amalda real hokimiyatdan mahrum etildi. U millat birligi ramzi sifatida saqlab qolindi.
Garchand bosh vazirni imperator tayinlasa-da, uni parlament tasdiqlashi zarur edi. Konstitutsiyaga Yaponiyaning kelgusi taraqqiyoti uchun juda katta ijobiy rol o‘ynagan bir modda kiritildi. Bu — Yaponiyaning urushdan millatning suveren huquqi sifatida voz kechganligi va mamlakatning armiyaga ega bo‘lishi huquqini taqiqlaganligi to'g'risidagi modda edi.

Tinchlik
shartnomasining
imzolanishi
Yaponiya bilan tinchlik shartnomasini imzolash maqsadida 1951-yilda AQSH ning San-Fransisko shahrida xalqaro konferensiya chaqirildi. Konferensiya yakunlariga ko'ra, 1951-yil 2- sentabrda bir tomonlama tinchlik shartnomasi imzolandi va 1952-yil 28- apreldan kuchga kirdi. Unga ko‘ra, Yaponiya Koreya mustaqilligini tan oldi. Tayvan, Peskador, Kurill orollari va Saxalinning janubiga daxl qil- maydigan bo'ldi. Ittifoqchi davlatlardan SSSRbu shartnomani imzolamadi. Buning sababi nimadan iborat edi? «Sovuq urush» boshlangach, AQSH Yaponiyaga nisbatan munosabatini o‘zgartirdi. Chunki AQSH Uzoq Sharqda SSSR ta’sirining kuchayishini xohlamas edi.
AQSH — Yaponiya harbiy ittifoqi buning kafolati bo'lishi kerak edi. Ayni paytda Yaponiya o'zining shimoliy yerlaridan bir qismi (Yalta konferensiyasi qaroriga ko'ra) SSSRga berilganligiga toqat qila olmas edi. Shunday sharoitda Yaponiya uchun ham AQSHdek qudratli tayanch zarur edi. Ikki davlat manfaatlarining mushtarakligi amerika-yapon harbiy itti- foqini tuzish masalasini ko'ndalang qo'ydi. San-Fransisko konferensiyasida Yaponiya bilan tuziladigan tinchlik shartnomasi AQSH — Yaponiya harbiy ittifoqi to'g'risidagi shartnoma bilan birgalikda imzolanadigan bo'ldi.
SSSR bunga qarshi chiqdi va norozilik belgisi sifatida konferensiya ishida qatnashishni to'xtatdi. AQSH va Yaponiya o'rtasida imzolangan shartnoma «xavfsizlik to'g'risidagi shartnoma» deb ataldi. Unga ko'ra, Yaponiyada AQSH ning harbiy bazalari saqlab qolindi. Ayni paytda AQSH ning okkupatsiya tartibi bekor qilindi.

  1. yilda Yaponiya parlamenti agrar islohot to‘g‘risida qonun qabul qildi. Uning maqsadi pomeshchik yer egaligini tugatish edi. Davlat yer egalari yerini sotib oldi va ularni dehqonlarga sotdi. Shu tariqa pomeshchik yer egaligi tugatildi. Endilikda mamlakat qishloq xo‘jaligida katta bo‘lmagan fermer xo‘jaliklari asosiy rol o‘ynay boshladi.



Download 298.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling