Ma’ruza №: 1945-2015 yillarda Arab davlatlari
Islohotlar va Yaponiyaning iqtisodiy taraqqiyoti
Download 298.1 Kb.
|
Ma’ruza № 1. 1945-2015 yillarda Arab davlatlari
Islohotlar va Yaponiyaning iqtisodiy taraqqiyoti
Sanoatni tiklash uchun ham barcha zarur choralar ko'rildi. Ayni paytda AQSH reparatsiya olishni to‘xtatdi. Yapon xalqi yuksak vatanparvarlik, mehnatsevarlik, nihoyatda intizomlilik, toqatlilik va sabr-bardoshlilik namunalarini ko‘rsatib mehnat qildi. Ayni paytda yapon xalqi o‘ta tejamkor xalq hamdir. Bundan tashqari, ish beruvchilar bilan xodimlar o‘rtasida yaponlargagina xos bo‘lgan hamkorlik vujudga keldi. Unga ko‘ra, ish beruvchi bilan xodim o‘rtasida shartnoma tuzilar edi. Shartnomada korxona xodim to pensiyaga chiqquncha ish bilan ta’minlash, xodim esa shu yillar mobaynida sidqidildan mehnat qilish majburiyatini olardi. Bundan tashqari, Yaponiyaning harbiy xarajatlari nihoyatda kam bo‘lib, yillik ijtimoiy mahsulot qiymatining atigi 1 foizini tashkil etardi. Bu hoi butun kapital mablag‘ ning juda katta qismini ishlab chiqarishga yo'naltirishga imkon berar edi. Yaponlarga xos yana bir xususiyat o‘zgalar yutug‘ini erinmay o‘rganish va ulardan unumli foydalana olishdir. Yuqoridagi omillar Yaponiyaning gurkirab rivojlanishini ta’minladi. Chunonchi, 1951-yildayoq sanoat ishlab chiqarishi urushdan oldingi darajaga yetdi. 1951—70-yillarda mamlakat iqtisodiyotining yillik o'sishi o‘rtacha 14,6 foizni tashkil etdi. yil yozida AQSHning Koreyadagi urushi munosabati bilan Yaponiyaga juda ko'plab harbiy buyurtmalar berildi. Natijada Yaponiya valuta zaxirasi 1952-yilda 1 mlrd. dollarni tashkil etdi. 1960-yilga kelib Yaponiyada sanoatning yillik o‘sishi 20 foizni tashkil qildi. Bunday o‘sish hech bir mamlakatda bo'lgan emas. «Yapon mo‘jizasi» dunyoni lol qoldirdi. Olimlarning kuzatishiga qaraganda, bu mo'jizaning siri quyidagi sabablarga bog‘liqdir: Asosiy kapitalning yangilanishi. Sanoat korxonalarida barcha eskirgan jihozlar 50-yillarda almashtirildi. Bu narsa 1960-yilda o‘rta va mayda korxonalarga ham joriy etildi. Chunki 30 foiz ishchilar shunday korxonalarda ishlaydi. Harbiy buyurtmalar. Koreya va Vetnam urushlari munosabati bilan berilgan buyurtmalar sanoatchilarga juda katta foyda keltirdi. Keyinchalik mamlakatning o‘zida buyurtma ko‘paydi. Urushdan keyin harbiy xarajatlarning yo‘qligi. Chunki AQSH 80% harbiy xarajatni moliyalashtirdi. Harbiy xarajatlar 1970-yilga kelganda budjetning 1,2 foizini tashkil etdi. 236 Konsernlarning ko'ptarmoqliligi kapitalni aylantirishda qo‘l keldi. Masalan, kemasozlik korxonalari qiyin paytlarda mashinasozlik, ximiya jihozlari, turbinalar va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarishga moslashgan. Davlat monopolizmining xususiy korxonalar bilan yaqinligi. Yazirlar Mahkamasida tashkil etilgan Iqtisodiy rejalashtirish qo'mitasi ichki va tashqi bozor muhitini o‘rganadi hamda ilmiy-texnikaviy axborotni barcha korxonalarga tarqatadi. Davlat eng muhim sanoat tarmoqlari bo‘lgan atom sanoati, raketasoz- lik va boshqalarni hamda ilmiy-tadqiqot ishlarini moliyalashtirayadi va kapital qo'yishini muvofiqlashtiradi. Yaponiyada rejalashtirishdan ustalik bilan foydalaniladi. Yana muhim tomoni ma’lum bir tumanda uy-joy, kommunikatsiya, vodoprovod va boshqa infra tuzilmani yuzaga keltirish bilan davlat ishlab chiqarish kuchlarini jamlaydi. Davlat hisobidan ko‘plab sanoat korxonalari yangi joylarga ko‘chiriladi. Boshqa mamlakatlar tajribasidan texnik yordam to‘g‘risida bitimlar tuzish, litsenziyalar sotib olish yo‘li juda keng foydalaniladi. Lekin bu narsa mamlakat ichkarisida ilmiy-tadqiqot bazasiga salbiy ta’sir etishini hisobga olib, ilmiy-texnik izlanishlarga har 10-yilda 6 baravardan ko‘p mablag' sarflamoqda. Ilmiy-texnika inqilobini bevosita ishlab chiqarishda nihoyatda tez qo'llab samaradorlikka erishmoqda. Bir soha chiqindilarini boshqa siklga yo'naltiriladi. Jumladan, neftni qayta ishlash — sintetik materiallarga, kimyo qurilish materiallariga va h.k. Xodimlarga «psixologik yondashuv». Yaponiya korxonalari ishchilar- ni ishga layoqatsiz bo'lib qolgunicha yoki umrbod ish bilan ta’minlash to‘g‘risida shartnoma tuzadi. Ishchi esa intizomli, har qanday qiyinchilikka chidaydigan, korxonani o‘ziniki deb biladigan, unga xiyonat qilmaydigan bo'lishi zarur. Yaponiya iqtisodiyoti rivojlanishida tashqi savdo muhim rol o'ynaydi. Yapon iqtisodi jahon bozoriga boglangan va 100 foiz paxta, jun, kauchuk, nikel, boksitni, 99 foiz neftni, 90 foiz temir rudasi, ya’ni 80 foiz xomashyo va 20 foiz oziq-ovqatni chetdan sotib oladi. 1965-yilgacha Yaponiya importi darajasi eksportga nisbatan yuqori edi. Undan keyin balans faollashdi, eksport ko'paydi. 1968-yilga kelib Yaponiya jami milliy mahsuloti hajmi jihatidan Fransiya, Buyuk Britaniya va GFR ni ortda qoldirdi. Bu borada dunyoda AQSH dan keyin ikkinchi o'ringa chiqib oldi. 1981 -yilda yana bir mo'jiza ro‘y berdi. Shu yili Yaponiya yengil avtomobil ishlab chiqarish bo'yicha AQSH ni ortda qoldirdi. Mamlakatda videotexnika, rangli televizor va boshqa maishiy xizmat texnikasi misli ko'rilmagan darajada o‘sdi. Raqamli axborot texnologiyasi, robotlar ishlab chiqarishda dunyoda oldingi o'rinda turibdi. Mitsui, Mitsubisi, Sumitomo, Toyota, Kavasaki 237 kabi gigant korporatsiyalar milliardlarcha foyda ko‘rmoqda. Mamlakatda temir va ko'mir konlari bo‘lmasa-da, elektron sanoatning tayyor mahsulotlari, avtomobillar, kimyo sanoati mahsulotlari, optika, sintetik tola va boshqa muhim tovarlami eksport qiladi. Yaponiya avtomobillar, kemalar, ro‘zg‘or elektr texnika asboblari, sanoat robotlari ishlab chiqarish, stanoksozlik jihatidan dunyoda birinchi o‘rinni egallaydi. Baliq ovlash bo'yicha dunyoda 1-o‘rinda turadi. Dunyoning 15 foizdan ortiq balig'ini ovlaydi va uni qayta ishlaydi. Dunyoning 2 foiz (127 mln) aholisiga ega bo'lgan Yaponiya jahonning 13,3 foiz mahsulotini ishlab chiqaradi. Download 298.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling