Ma’ruza №: 1945-2015 yillarda
YAID iqtisodiy taraqqiy ot modeli
Download 26.92 Kb.
|
Ma’ruza № 3. 1945-2015 yillarda Janubiy sharqiy Osiyo davlatlari ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Janubiy Koreya Respublikasi
YAID iqtisodiy taraqqiy ot modeli
YAID o‘z iqtisodiyotini rivojlantirishda quyidagi ikki modeldan birini tanlaganlar: — milliy iqtisodiyotni tashqi bozor — eksportga yo‘naltirgan holda rivojlantirish; — milliy iqtisodiyotni import o‘rnini o‘zi qoplashi yo'nalishida rivojlantirish. Birinchi yo‘l samarasi AQSH, G'arbiy Yevropa va Yaponiya tajribasida isbotlangan edi. Osiyoning YAID ham asosan shu modelni qo'lladilar. Lotin Amerikasining YAID esa asosan ikkinchi modelni qo'lladilar. Tabiiyki, bu ikki modeldan birini tanlashning o‘zigina muvaffaqiyatni ta'minlamaydi. U yoki bu model uni tanlagan davlat hukumatining oqilona iqtisodiy siyosati bilan to'ldirilgan. Buningsiz hech qanday muvaffaqiyatga erishib bo‘lmaydi. Barcha omillarning uyg'unligini ta’minlay olgan Osiyoning YAID juda qisqa tarixiy muddat oralig‘ida yuksak rivojlanish darajasiga erishdilar (masalan, Yaponiya 100 yilda bosib o'tgan yo‘lni ular 25 yilda bosib o‘tdilar). Janubiy Koreya Respublikasi Koreya 1910-yilda Yaponiya mustamlakasiga aylangan edi. Bu hol 1943-yilgacha davom etdi. 1943-yilda Koreya mustaqillikka erishgan bo‘lsada, keyinchalik u ikki davlatga bo‘linib ketdi. Bu — 1945-yilda Koreyaning shimolini SSSR armiyasi, janubini esa AQSH armiyasi egallaganligining oqibati bo‘ldi. Potsdam konferensiyasi 1945-yilda 38-parallel kenglikni SSSR va AQSH armiyasi o‘rtasidagi chegara chizig'i, deb belgiladi. Bu ikki o‘ta buyuk davlatning siyosiy xaritani o‘z xohishlariga ko‘ra tuzishga urinishlari oxir-oqibatda Koreyaning ham ikkiga bo'linib ketishiga olib keldi. 1948-yilning 15-avgustida Koreyaningjanubida Li Sin Man boshchiligida Koreya Respublikasi, tashkil topdi. 9-sentabrda esa shimolda Kim Ir Sen boshchiligida Koreya Xalq Demokratik Respublikasi tuzilganligi e’lon qilindi. 1950-yilda bu ikki koreys davlati o‘rtasida urush harakatlari boshlandi. Bu urushga AQSH, SSSR va XXR ham aralashdi. Ikki yillik muzokaralardan so‘ng, nihoyat, 1953-yilning 27-iyulida yarash bitimi imzolandi. Ikkinchi jahon umshidan keyingi yillarda bu ikki koreys davlati taraqqiyoti turlicha yo‘ldan bordi. Shimoliy Koreya sovet nusxasidagi «sotsializm» qurishga kirishdi. Buning oqibatida u Osiyoning eng kam taraqqiy etgan davlatlaridan biriga aylandi. 1994-yilda Kim Ir Sen vafot etgach, uning o‘g‘li Kim Chen Ir prezidentlik lavozimini egalladi 1994-yilda aholi jon boshiga 920 dollarlik yalpi ijtimoiy mahsulot ishlab chiqarildi. Shunday bo‘lsa-da, Shimoliy Koreya zo‘r berib qurollanmoqda. Hatto, o‘z atom bombasi va uni mo‘ljalga eltib qo‘yuvchi vositalarga ega boiish imkoniyati reallikka aylanishi mumkinligi jahon hamjamiyatini tashvishga solmoqda. Janubiy Koreyada Li Sin Man 1960-yilda oidirilgach, hokimiyat Pak Chjon Xi qoiiga o‘tdi. U ham 1979-yilda oidirildi va 1980—1987-yillarda prezidentlik lavozimini Chon Du Xvan boshqardi. 1987-yilgi saylovlarda general Ro De Vu g‘alaba qildi. 1993-yilgi saylovlarda esa Kim Yan Sam hokimiyatni egalladi. Koreya 60—70-yillarda juda tez taraqqiy qildi. Hukumat markazlashdi. DEU, Samsung, Xyundoy, Lak-Goldstar kabi kompaniyalar juda katta foyda oldilar. Kemasozlik, avtomobilsozlik, elektronika va boshqa sohalar o‘ta tez rivojlandi. Keyingi 20 yil ichida har yili 10 foizdan rivojlandi. Lekin inqirozlar ham yuz berdi. 1997-yilda inqiroz tufayli yuzlab korxonalar sindi. Xalqaro valuta fondidan 47 mlrd. dollar qarz oldi. Bu davrda koreya xalqi haqiqiy vatanparvarligini ko‘rsatdi. Fuqarolar milliardlab pul yig‘dilar, ayollar oxirgi taqinchoqlarigacha davlatga topshirdilar. Janubiy Koreya bugungi kunda dunyoning eng taraqqiy etgan davlatlaridan biriga aylandi. Chunonchi, 1994-yilda aholi jon boshiga ishlab chiqarilgan jami ijtimoiy mahsulot 11270 dollarni tashkil etdi. No Mu Xyon — mamlakat prezidentidir. Janubiy Koreya — O‘zbekiston munosabatlari yildan-yilga rivojlanib bormoqda. Janubiy Koreyaning O‘zbekistonda qo‘ygan kapitali 1 mlrd. dollardan oshdi. 128 ta qo'shma korxona ishlamoqda. O‘zbekistonda chiqarilayotgan «Neksiya», «Damas», «Matiz», «Tiko» avtomobillari, qator to'qimachilik korxonalarining qurilishi ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikning kelajagi yanada porloqligini ko‘rsatmoqda. Download 26.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling